Elektrouyqu - elektr toki bilan davolash usuU boiib, markaziy nerv
sistemasining funksional holatini nonnallashtirish maqsadida unga bevosita va teri
orqali ta’sir etish b o iib hisoblanadi.
Ya’ni markaziy nerv sistemasiga past chastotali va kichik impulsli tok kuchi
bilan ta’sir qilish usulidir. Bu usul 1948-yilda N. M. Liventsev, V. A. Gilyarov, Z.
A. Kirilov va Yu. E. Segal tomonidan taklif qilingan. 1-150 Gts chastotali 0,4-2
ms davomiylikga ega boigan impulsli tok ta’sirida bosh miyada tarqalgan
tormozlanish, uyquchanlik va uyqu yuzaga kaladi. Tok impulslari bosh miyapo‘stlog‘i va po‘stloq osti hosilalariga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladi.
elektrouyqu ta’sinning asosiy 2 ta yo‘nalishi mavjud. Bular; sadativirankvilizatsiyalovchi va stimullovchi
Elektoruyqu usuli tabiiy va fiziologik uyquga yaqin uyqu chaqiradi. Oxirgi
yillardagi takshiruvlari shuni ko‘rsatadiki, fiziologik uyquga qaraganda
elaktrouyqu antispastik va antigipoksik ta ’sirga ega. Psixoemotsional holatga
ijobiy ta’sir qiladi, organizm funksional tizimlarini normallashtiradi. Buzilgan
gomeostazni tiklaydi, og‘riq qoldiruvchi, qichishga qarshi va trofik ta’sir
ko'rsatadi. To‘g‘ri burchakli impulsli tok bosh miyaga ta’sir qilishi natijasida
MNTning funksional o‘zgarishlari yuzaga keladi, vegetativ, nerv, endokrin
sistemasi yaxshilanadi, qon bosimi normallashadi.
Ko'rsatma: nevroz, astenik holat, uyqusizlik, emotsional turg‘unsizlik, gipo
va gipertoniya, tomir buzilishlari, oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi,
paradontoz, paradontit, yuzdagi og‘riqlar, glossalgiya, glossadiniya, yuz travmasini
davolashda bu usuldan foydalaniladi.
Qarshi ko'rsatma: o'sma kasalliklari, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari
dekompensatsiya bosqichida, teri kasalliklari, tokni individual ko'tara olmaslik.
Tibbiyot amaliyotida ≪Elektroson-1≫, ≪Elektroson-2≫, ≪Elektroson-3≫,
≪Elektroson-4≫, ≪Elektroson-5≫ (ES-10-5) (3.9 - rasm), va boshqa apparatlardan
foydalaniladi.
1-rasm. Elektroson-5≫ apparatining tashqi ko'rinishi
≪Elektroson-5≫ (ES-10-5) apparati oldingi paneli quyidagi qismlardan iborat;
I - manba kuchlanishini ulash klavishi, 2- manba kuchlanishini ajratish (o'chirish)
klavishi, 3- apparatni manbaga ulanishini bildiruvchi yoritgich lampochkasi, 4-
apparatni buzilganligini bildiruvchi qizil lampochka, 5- milliampermetr, 6- nol
holatni o‘matuvchi dastak, 7- qo'shimcha daraja tashkil etuvchisini o'matish
dastagi, 8- qo'shimcha tashkil etuvchisini tekshirish ≪nazorat≫ tugmachasi, 9- tok
kuchini boshqarish dastagi, 10- kerakli tok impulsini ulash uchun yettita klavish,
I I - alohida elektrouyqu muolajasini o'tkazish uchun elektrodlar mahkamlangan
manjetka.
Amaliyotda ≪Elektroson-2≫ va ≪Elektroson-4≫ apparatlari ko'proq ishlatiladi.
≪Elektroson-3≫ apparati bir vaqtning o'zida to'rt bemorga ishlatilishi mumkin
(3-rasm). Ishlashida to'g'ri burchakli fonna amplitudasi 10 mA, chastotasi 3, 5
- 155 Gts, impuls davomiyligidagi tok kuchi 0,5 niA va doimiy ta’sir etishdavomiyligida О, 5 mA. Chastotani boshqarish 3 ta holatda (qadam) amalga
oshiriladi: 3,5-15 Gts, 11-45 Gts va 38-150 Gts.
Apparat oldingi panelida:
1. IJDT boshqaravchi dastak.
2. ≪Qo‘pol≫ chastota dastagi.
3. Tok kuchini o'zgartirish dastagi.
4. ≪Yumshoq≫ chastota dastagi.
2-rasm. ≪Elektrosoor3≫,elektrouyqu apparatining tashqi ko‘rinishi
5. Tok kuchini o'lchash uchun milliampemietr (shkalasi 0 - 1 0 mA)
6. Nazorat (kontrol) tugmachasi yoki almashtirish tugmachasi.
7. Milliampennetrni nolga keltirish dastagi
8. UDT ni yoqish tugmasi
9. Tokdan o‘chirish tugmachasi, yon tarafida tok uzatgich simlar uchun
uyachalar mavjud. Apparat ikki tomonida signal chiroqchalari (yashil-chap, qizilo'ng,)
joylashgan.
10. Kanallami o‘zgartiravchi dastagi.
Apparatni ishga tayyorlash.
I .Apparatni kuchlanishini 127 yoki 220 V ga o'matish.
2.Manbaga ulashdan oldin ≪0'chirish≫ tugmachasini ≪Vikb> holatiga qo'yush.
3.Impulslar chastotasi muolajaga moslab ≪qo'pol≫ yoki ≪yumshoq≫ holatga
qo'yish.
4.Apparat buzilmaganligini tekshirib ko'rish: -o'chirish tugmasini ≪yoqish≫
(Vkl) holatiga keltiriladi. Bunda yashil chiroqcha yonadi, 2-3 daqiqa kutiladi.
Keyin. to k , kuchi dastagini . soat millari bo'yicha sekin buraladi va ≪nazorat≫
tugmachasi bosiladi. Apparat buzilmagan bo'lsa, milliampermetr ko'rsatkichi
ko'tariladi,(tok kuchi oshadi). Tekshirish tugagach ≪nazorat≫ tugmachasi qo'yib
yuboriladi va tok kuchi dastagini chap tarafga oxirigacha buraladi.
5.Zaruriyat tug'ilganda impulsli tokka UDT (DPS) ulanadi, uni 0-0,5 mA
gacha o'zgartirish munikin. Buning uchun UDT (DPS) tugmachasi bosiladi, uning
kattaligi UDT dastagi bilan boshqariladi.
6.Elektrodlami tayyorlab, apparatga ulanadi.
7.Tok kuchi dastagini sekinlik bilan soat millari bo‘yicha kerakli holatga
qo'yiladi.
8.Muolaja soati yoqiladi. 9.Muolaja tugagach tok kuchi dastagini sekinlik bilan soat millariga teskari
holatga keltiriladi (ya’ni tok kuchi iiolgacha kamaytiriladi)
10.≪0‘chirish≫ (≪Vikl≫) tugmachasi ≪ 0 ‘chgan≫ (Vikl) holatiga keltiriladi.
11 .Tok uzatuvchi simlarni apparatdan uzib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |