O’zbekistоn Respublikasi
Xalq ta`limi vazirligi
Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi
Yangiqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli
30-sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi bоshlang’ich sinf o’qituvchisi
OTAJANOVA GULMIRANING
O’qish fanidan bir sоatlik
Ushbu dars ishlanma Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 30- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi bosh’ang’ich sinf o’qituvchisi Otajanova Gulmira tomonidan tayyorlangan bo’lib, barcha boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Muallif: Otajanova Gulmira- 30- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Muharrir: M. Payziboyeva - Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi , boshlang’ich ta’lim uslubchisi
Taqrizchilar: D. Saidvaliyev- Yangiqo’rg’on tuman XTB boshlang’ich ta’lim uslubchisi
F.Qayumova -30 sonli maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ushbu dars ishlanmasi Yangiqo’rg’on tuman XTB kengashining 2020- yil “____” “____________”dagi №____ -sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
Annotasiya
4-sinf O’qish fani uchun yozilgan bir soatlik dars ishlanmasi “ Dars muqaddas ” tavsiyasi asosida yozilgan . Dars ishlanma o’quvchilarni o’qish faniga bo’lgan qiziqishlari asosida yaratilgan bo’lib , darsda zamonaviy , yangi pedagogik texnologiyalar “Aqliy hujum ” , “ O’yin –topishmoq ” metodi va “ Bumerang ” texnologiyalaridan samarali foydalanilgan . Dars o’quvchilarda o’z fikrini mustaqil bayon qilish ko’nikmalarini shakllantiradi , didaktik o’yinlar orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlanadi , o’qish faniga qiziqishni ortiradi . Dars jarayonida tayanch kompetensiyalaridan va fanga oid kompetensiyalardan atroflicha foydalanilgan.Ijodiy tafakkur va nutqini rivojlantirib , egallangan bilimlarni hayotga tatbiq eta olishni o’rganadilar . Shu bilan birga topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Guruhlarda ishlash orqali o’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat hamda o’zaro hurmat , vaqtdan unumli foydalanish , dars jarayonida muammolarni ahillik , birodarlik , hamjihatlik, hozijavoblik bilan hal etish fazilatlarini tarbiyalaydi . Dars ishlanmada ayniqsa o’quvchilarning sevimli multfilm qahramonlarini ishtiroki , ularga o’quvchilar yordam berishlarini o’zi o’quvchilarni darsni mukammal va esda qolarli bo’lishini ko’rsatadi . Dars ishlanma mavzuga mos keladigan taqdimotlar ,multimediyalar , didaktik materiallar, multfilm qahramonlarining rasmlari va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilgan. “ Sonlar va so’zlar ” o’yini orqali o’quvchilarni o’ylashda , xotirani mustahkamlashga katta yordam beradi O’yin orqali o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari har tomonlama o’sadi , tevarak – atrof haqidagi tasavvurlari kengayadi va mantiqiy fikrlashlari rivojlanadi .
Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo’lda hech narsani ayamaymiz, . “
Do'stlaringiz bilan baham: |