Otaboyev Farrux Topshiriq javoblari. Fan metodologiyasi tabiat va jamiyatning ichki rivojlanish qonuniyatlari va uning o‘zaro bog‘liqligi. Javob-1



Download 55,28 Kb.
bet1/8
Sana17.07.2022
Hajmi55,28 Kb.
#812159
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Otaboyev Farrux javoblari fan metodologiyasi bo\'yicha


Otaboyev Farrux Topshiriq javoblari.
1.Fan metodologiyasi tabiat va jamiyatning ichki rivojlanish qonuniyatlari va uning o‘zaro bog‘liqligi.
Javob-1
Odatda, tarix, birinchi navbatda, xalq tarixi birlamchi manbalarga asoslanadi. Xalq tarixining manbalari - moddiy madaniyat va yozma manbalar bo„lib, ulardan olingan ilmiy ma’lumotlar asosida xalq tarixi yaratiladi. XX asrning 40 - yillari arafasida ob’ektiv tarixiy jarayonlar taqoza etgan va zamon talabiga xos va mos ilmiy konsepsiya ishlab chiqildi. O’rta Osiyo xalqlarining kelib chiqishi muammolari yechimiga nazariy va ilmiy metodologik asos bergan bu ilmiy ishlanmani “milliy avtoxtonizm konsepsiyasi”, deb atash mumkin. Bu yangi ilmiy nazariyaning konseptual asosini “O’rta Osiyoning har bir xalqi hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog„liqdir1”. “Hozirgi zamon O’rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruxlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli tub joyli xalqlar va tevarakatrofdan ko’chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o’z aksini topgan ”, degan goyalar tashkil etadi. Demak, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo„lgan o’zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til-turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo’lgan. Ular uzoq asrlar davomida bir hududda, aralashib, qo„niqo„shni va quda-anda bo’lib yashaganlar va ularning qorishuvi jarayonida o’zbek xalqi shakllangan. O’zbek xalqi ikki xil tillarda so„zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni ikki til sohiblari-etnik birliklardan tarkib topgan. Ma’lumki, etnologiya fanidagi mana shu ilmiy konsepsiyaga ko’ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi uch bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda qo’shni, hududiy jihatdan yaqin, turli til va lahjalarda so’zlashuvchi qabila va elatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari asosida etnomadaniy yaqinlashish, aralashish va etnik qorishuv, ya’ni etnogenetik jarayonlar kechadi. Bu etnogenetik protses har bir xalq tarixida juda uzoq davom etadigan ob’ektiv tarixiy jarayon bo’lib, uning yakuni aynan olingan xalqning shakllanishiga olib keladi, ya’ni etnogenetik jarayon yaqunida xalq shakllanadi. Demak, xalq bu biologik hosila emas, balki uzoq davom etadigan etnogenetik jarayonlar mahsuli va etnik birliklar yig„indisidir. Xalq tarixining etnogenez qismi, uning elat, xalq bo’lib shakllanguniga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Etnogenezning boshlangich nuqtasi, uning ibtidosi qabiladan boshlanadi. Agar biz O’rta Osiyoning eng qadimgi o’troq, tub joyli aholisi – o’zbek va tojik xalqlari misolida oladigan bo’lsak, u holda o’zbek va tojik etnogenezi kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ibtidoiy jamoa tuzimi so’ngidan (so’ngi bronzadan) boshlanib, to rivojlangan feodal jamiyatining XI asrigacha davom etadi. Etnogenez yakunida etnosga xos barcha etnik belgilar, etnik alomatlar birin-ketin yuz berib, mujassamlashgan bo’ladi. Etnik alomatlarni esa hududiy birlik, iqtisodiy-xo„jalik birligi, etnomadaniy birlik, antropologik tip birligi, etnik nom, o„zlikni onglash, til birligi va nihoyat siyosiy uyushma (politicheskaya konsolidatsiya) birligi tashkil etadi. Ikkinchi bosqich, bu elat-xalq tarixi, ya’ni qachonkim, xalq etnogenezi yakunlangach, uning shakllangan xalq tarixi boshlanadi. O’zbeklarning xalq tarixi to„laligicha feodal jamiyatining ijtimoiy mahsulidir. O’zbek xalqi misolida bu etnogenetik jarayon XI asrgacha davom etdi va nihoyat u G’arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida XI-XII asrlar davomida o’z nihoyasiga yetdi. Shundan so„ng o’zbek xalqining etnik tarixi boshlandi. O’zbeklarning etnik tarixi uning etnogenezi kabi uzoq davom etadigan etnomadaniy jarayon bo’lib, bu jarayon to XIX asrning o„rtalarigacha davom etadi. Xalq tarixi o’z iqtisodiy-xo„jalik va etnomadaniy rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo’lib shakllanish jarayoni boshlanadi, ya’ni uning uchunchi-millat tarixi bosqichi boshlanadi. Bu nuqtaning ijtimoiy hayotda namoyon bo’lishi jamiyatda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining boshlanishi bilan yuz beraboshlaydi. Shuning uchun millat kapitalizmning ijtimoiy maxsuli hisoblanadi. Agar mana shu metodologik prinsipga asoslanadigan bo’lsak o’zbek xalqining millat tarixi XIX asr oxiri - XX asrning boshlaridan boshlanadi. Millatning shakllanishi xalqning tarkib topishi kabi uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo„lib, millat etnik tarixning eng yuksak yuqori cho’qqisi, kamolat bosqichiki, bu bosqichga ko’tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida o’zining ichki va tashki siyosatini mustaqil yuritadi, umum millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, dahlsiz bo’lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o’zlikni onglash darajasi yuksak, milliy gurur, vatanga fidoiylik, ona zamin va xalqiga sodiqlik millat fuqoralarining hayot mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos milliy mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan boshqariladi, ya’ni davlat millatning hoxish-irodasini bajaruvchi jonli mexanizmga aylanadi. Millatni til, territoriya va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo’jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar paydo bo’ladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq ogzaki tilining (lahjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bo’lishiga olib keladi. Lahjalar o’rnini milliy adabiy til egallaydi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko’tarilishi esa millat nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. Millat mustaqil davlat belgisi. Davlat pul birligining jahon bozoridagi mavkei, uning iqtisodiy qudratidan nishona. Uning mustahkam zamini davlat iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barqarorligiga bog’lik. Fuqoralarning o’zlikni onglash darajasi istiqbolli iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog’likdir. Bundan o’zbek millati va davlati ham istisno emas.

Download 55,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish