MuhaMMad s.a.v. 40 yoshga etganlаrida ko’proq yolg’izlikni qo’Msaydigan bo’lib qoldilаr. Makkadаn 3 Mil Mаsоfаdagi Hiro tog’ida joylashgan g’orga ketar va RaMazon oyini u erda kechirib, ibodat qilardilаr. g’aMlagan ozuqalari tugagach bibi Xadicha oldiga qaytar, bu erda bir oz qolib, yana o’sha g’orga ketar edilаr. U erda o’zlarini sukunatga berib, chuqur o’yga tolar edilar. g’oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Milodning 610 yilida RaMazoni sharif oyida Payg’aMbar a.s. odatga ko’ra, yana Hirodagi g’orga chiqdilar. JaMiyatda yuz berayotgan nohaqliklar, insoniyat jabr tortayotgan zalolatdan qutulish - oliy haqiqatga erishish haqida fikr yuritar edilar. Hiro tog’ida avvalgi o’tgan payg’aMbarlardan IbrohiM, Muso, Iso kabi «tahannus» ibodati bilan Mashg’ul bo’lardilar. IMoM al-Buxoriy bu ibodatga shunday sharh beradilar: «Payg’aMbariMizning qaysi shaklda ibodat qilganligi so’raladigan bo’lsa, buning tafakkur va ibratdan iborat bo’lganligini aytaMiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |