Ot yasovchi qo`shimchilar



Download 1,63 Mb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi1,63 Mb.
#451392
1   2   3
Bog'liq
Ona tili ochiq dars ishlanmasi 3-sinf tayyor


Parta stellar soz-a.
Bugun 30 nafar o`quvchidan
Hamma to`liq kelgan darsga.
-O`quvchilar yilda nechta fasl bor?
-Yilda 4 ta fasl bor
-Hozir qaysi fasl?
- Hozir qish fasli .

-Hozir qaysi oy ?


-Hozir fevral oyi .
-Fevral oyida biz q aysi buyuk allomalar tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz ?
-Biz fevral oyida g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz .

-Aziz bolajonlar bugun darsga hamma tayyormi ?


(Hamma o`quvchilar o`quv qurollari borligini ya`ni daftar , darslik , kundalik , ruchka , qora qalamlarini tekshirib oladi ).

  • Demak, hamma darsga tayyor . Bolajonlar biz dars davomida nimalarga , qaysi qoidalarga rioya qilishimiz kerak ?

  • Biz ona tili darsida asosan husnixat bilan yozish va mashqlarni bajarishda faol ishtirok etishimiz kerak .

  • Qani ona tili darsini shiorini aytamiz .

  • Ona tili darsimiz

Onam tili darsimiz
O`zbek tilini chuqurroq
O`rganishdir burchimiz .
II O`tilgan mavzuni so`rash.
Grafik test
1 So`rog`idir kim ?, nima ?
Kitob , daftar, gul, olma .
Shaxs va narsalar nomin,
Bu qaysi so`z turkumi?

2 Son- sanoqni bildirar


Hisob kitob qildirar .
So`rog`I nechta ? , qancha?
Sanayver xohlagancha .

3 Bildiradi belgini


Maza ta`m, rang –tus ,hidni
Mustahkamlar sezgini ,
Bu qaysi so`z turkumi?

4 Harakatni bildirar Tinmay mehnat qildirar


So`rog`I nima qildi ?
Buni ayting
Kim bildi ?
5 Tuzli , tuzsiz , tuzla , tuzlar
Toping-chi qand ay so`zlar?
-Qani endi o`quvchilar “Kichik ustoz ” usulida bir – birimizni bajargan testlarimizni tekshiramiz.
III Yangi mavzu:
-Bolajonlar yangi mavzuni boshlashdan oldin men sizlarni uch guruhga bo`lib olaman .
1-guruh : Amir Temur guruhi .
2-guruh: Alisher Navoiy guruhi
3-guruh Zahiriddin Muhammad Bobur guruhi
(Har bir guruh a`zosi o`z guruhiga ta`rif beradi).

-Barakalla aziz bolajonlar !
-Shaxs va narsani bildirib , kim ? yoki nima? So`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi.
Shaxslarni bildirgan otlar kim so`rog`iga javob bo`ladi. Narsalarni , hayvonlarni, turli hodisalarni bildirgan otlar nima so`rog`iga javob bo`ladi.
O tlar quyidagilarga bo`linadi :
-Shaxs otlari

O `simliklar ,

Hayvonlar ,

Qushlar,



I sh qurollari ,
Tabiat hodisalari
O `quv qurollari ,
Transport vositalari
Kiyimlar
Idishlar
Oziq –ovqatlar.
-Otlar birlik va ko`plik shaklda qo`llanadi . –lar qo`shimchasi birlikdagi otdan ko`plikdagi otni hosil qiladi.
-chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qo`shimchalari so`z asosi o`zaklariga qo`shilib ot yasaydi.
-chi, -kor, -dosh qo`shimchalari shaxs ma`nosini , -zor, -loq qo`shimchalari o`rin –joy ma`nosini bildirgan otlar yasaydi .
Gulchi-gul o`zagiga –chi qo`shimchasi qo`shilib gul ekish va sotish bilan shug`ullanuvchi shaxs ma`nosini bildiruvchi ot yasalgan .
Paxtakor –paxta o`zagiga –kor qo`shimchasi qo`shilib, paxta eksih bilan shug`ullanuvchi shaxs ma`nosini bildiruvchi ot yasalgan .
Suhbatdosh –suhbat o`zagiga –dosh qo`shilib , suhbat jarayonida birgalikda ishtirok etuvchi shaxs ma`nosini bildiruvchi ot yasalgan.
Olmazor-olma o`zagiga –zor qo`shimchasi qo`shilib olma o`sadigan joy ma`nosini bildiruvchi ot yasalgan.
Toshloq –tosh o`zagiga – loq qo`shimchasi qo`shilib , toshi ko`p bo`lgan joy ma`nosini bildiruvchi ot yasalgan .
Yangi mavzu ko`rgazmalar orqali tushuntiriladi.
Darslik bilan ishlash.
235-mashq.
Mashqning sharti o`qitilib har bir guruhdan o`quvchilar chiqib ajratilgan so`zlarni asos va qo`shimchalarini aniqlaydilar.
havas havaskor
qo`shiq qo`shiqchi
temir temirchining
gul gulzor .
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
236-mashq . Ot yasovchi qo`shimchalarni belgilang .
Mashq mustaqil bajartiriladi, har bir o`quvchi tekshirilib baholanadi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
1 Klaster usulidan foydalanib guruhlar doskada ishlaydilar.
2 Tarqatmalar bilan ishlanadi.
3 Aqliy hujum.(tezkor saol-javob ).
V Uyga vazifani tushuntirish.
237-mashq Matnda so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil bo`lgan otlarni aniqlash . Ot yasovchi qo`shimchalarni namunadagidek belgilash.
VI Baholab , rag`batlantirish.
Har bir guruh ishtirokchilari dars davomida olgan rag`bat kartoshkalari sanaladi. G`oib jamoa e`lon qilinadi , darsda faol ishtirok etga o`quvchilar rag`batlantiriladi.
V II Darsni yakunlash .
Mana bolajonlarim
Darsimiz bo`ldi tamom.
Ammo mening sabog`im
Etadi hali davom.
Sizga hali juda ko`p
Bilim tuhfa etaman .
Sizlarni dono qilgach
Maqsadimga yetaman.
Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish