Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin:
Mavhum otlar yasama bo`lishi ham mumkin:
lik shodlik, yaxshilik, go`zallik
ch quvonch, o`kinch, sog`inch, yupanch
inch qo`rqinch,
gi sevgi, kulgi
at, -ot samimiyat, hissiyot
Yakka va to`da otlar. Donalab sanaladigan predmetlar yakka otlardir: daftar, ruchka, qalam. Bir turdagi predmetlarning jamini bildiruvchi,
o`zi alohida predmetga xos atash ma`nosini anglatmaydigan otlar to`da otlardir: xalq, el, yurt, sabzavot, meva.
OTLARNING LUG`AVIY SHAKLLARI
Otlarning lug`aviy shakllari
Hurmat shakli
(-xon,-oy,-jon)
Kichraytirish
(-cha,-choq,-chak)
Otlarning son shakli uning lug`aviy shakli sanaladi.Son shakli birlik va ko`plik shaklga ega.Otlarning –lar qo`shimchasini olgan shakli ko`plik shakli, -lar qo`shimchasini olmagan shakli esa birlik shakli hisoblanadi.Masalan: kitob(birlik), kitoblar(ko`plik).
Otlarning son shakli uning lug`aviy shakli sanaladi.Son shakli birlik va ko`plik shaklga ega.Otlarning –lar qo`shimchasini olgan shakli ko`plik shakli, -lar qo`shimchasini olmagan shakli esa birlik shakli hisoblanadi.Masalan: kitob(birlik), kitoblar(ko`plik).
-lar qo`shimchasi grammatik va uslubiy ma`nolarni ifodalash xususiyatiga ega:
-lar qo`shimchasi ismlarga qo`shilib, ko`plik ma`nosini ifodalashi uning grammatik ma`nosidir: uylar, bolalar.
-lar qo`shimchasining faqat birlikda qo`llanuvchi otlarga qo`shilib,ko`plikdan tashqari anglatgan ma`nolari uning uslubiy ma`nosi bo`lib hisoblanadi.
-lar qo`shimchasini uslubiy ma`nolari:
-lar qo`shimchasini uslubiy ma`nolari:
Mavhum otlarga – lar qo`shimchasi qo`shilsa, ma`no kuchaytiriladi: sevinchlarim, qayg`ularim.
Donalab sanalmaydigan otlarga – qo`shilganda xil,nav,tur ma`nolarini anglatadi: unlar, suvlar, yog`lar.
Tabiyatdagi yakka jismlarga qo`shilganda ma`no kuchaytiriladi: Oylar yuziga parda tortadi.
ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI
Ism asoslarga qo`shilib, ularni boshqa so`zlarga bog`lab keladi va gap bo`laklarini shakllantirishga xizmat qiladi.Ismlarning munosabat shakllariga egalik,kelishik qo`shimchalari va ismlarni kesimlikka xoslovchi shakllar – man, - san, -dir qo`shimchalari, bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq kesimlik bog`lamalari kiradi.
Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xususiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalardir.
Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xususiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalardir.
birlik ko`plik
I onam borishim onamiz borishimiz
II onang borishing onangiz borishingiz
III onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i
Kelishik shakllari. Ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doim tobe so`zga qo`shiladi. O`zbek tilida oltita kelishik shakli mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Barkamol-avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. (Prezident I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi II sessiyasida so`zlagan nutqi, 1997 y 29 avgust) T, 1998 y, 63-b.
2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ta`limini tashkil etish to`g`risida”gi 203-qarori, “Ma`rifat” ro`znomasi, 1998, 13 may
3. Ta’lim taraqqiyoti.Umumiy o‘rta ta’lim.Davlat ta’lim standarti.Sharq.1999 yil.
4. Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. Toshkent.2005 yil.
5. Оna tili ta’limi muammоlari. Jurnal. Til va adabiyot ta’limi. 1992 yil.
6. Rоziqоv о. O’zbеk tilidan dars tiplari. T., “O’qituvchi”, 1975 y.
7. Sayfullaеva R. Ta’lim jarayonida matn ustida ishlash оmillari. To’plam. “O’zbеk tili” IV dоimiy anjumani matеriallari T., 1997 yil.
8. Umumiy o’rta ta’limning DTS. O’Z.RЕS.Хalq ta’limi vazirligining aхbоrоtnоmasi, 1-maхsus sоn. «Sharq», 1999.
9. Umumiy o’rta ta’limning оna tili dasturi. Mualliflar: H.G’.Ne’matоv, A.Q.G’ulоmоv, N.M.Mahmudоv, M.Abduraimоv. DTS.1-maхsus sоn. 1999.53- 104-b.
10. G‘ulomova X. va boshqalar.V-sinfda ona tili darslari. Toshkent.“O‘qituvchi”2003 yil. 11. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. “Nashr”
Do'stlaringiz bilan baham: |