DVIGATELLARNING UCHQUN BILAN O'T OLDIRISH TIZIMI
Elektr uchquni yordamida dvigatelning yondirib yuborish tizimining vazifasi (keyinchalik "yondirish" tizimi, deb ataymiz) silindrning ichidagi ishchi aralashmani ishonchli va belgilangan vaqtda yondirib yuborish bilan dvigatellarni yurgizib yuborish va boshqa rejimlarda ishlashini ta'minlashdir. Bu uslub faqat uchqun yordamida alangalanadigan dvigatellarda qo'llaniladi. Uchqun silindr ichidagi katta bosim ostida silindrlar kallagiga oʻrnatilgan chaqmoqlarni ikkita, bir-biri bilan izolyatsiya qilingan elektrodlari orasida katta miqdordagi kuchlanish ostida paydo bo'ladi. Bu kuchlanish 16...20 kV atrofida bo'ladi.
Avtotraktor dvigatellarida energiya manbayi bo'lib, gene-ratorlar, akkumulyator batareyasi hisoblanadi. Akkumulyator batareyasi yurayotgan va tinch turgan paytida ham elektr energiyasi bilan iste'molchilarni ta'minlab turadi. Uchqun energiyasi quvvatining ko'p bo'lishligiga elektrodlar orasidagi masofa, elektrodlarning shakli va silindrning ichidagi harorat va bosimga, aralashmaning tarkibiga ko'p jihatdan bog'liq. Uchqunning kuchi (quvvati) silindrning ichidagi muhitni teshib o'ta olish darajasida bo'lishi kerak. Silindrning ichidagi bosimga, uchqunning kuchi to'g'ri bog'langan. Shularni hisobga olib elektrodlar orasidagi masofa 0,6...0,9 mm, tranzistorli tizimda esa 1...1,2 mm atrofida bo'ladi. Dvigatelning quvvat va yonilg'i samaradorligi, shuningdek buzilmasdan va uzoq muddat ishlashiga, ishchi aralashmaning ishonchli va o'z vaqtida yondirilishi muhim hisoblanadi. Ishchi aralashmaning ishonchli yondirilishi esa yondirish tizimining tez ishlashiga va chaqmoqning kirlanishga sezgirligi bilan ham belgilanadi. Tez va kirlanishga sezgirligini nisbatan pastligi bo'yicha kontaktsiz tranzistorli o't oldirish usuli afzalroq. Batareyali yondirish tizimida esa tezlik pastroq va kirlanishga sezgirlik yuqoriroq. Dvigatel quvvatining ko'p bo'lishi, yonilg'i sarfining kam bo'lishi, uchqun berilishini ilgarilanish burchagini to'g'ri belgi- lanishiga bogliq. Bu parametrni doimiy me'yoriy qiymatini ushlab turishda zamonaviy avtomobillarda moslashuvchi dasturli valning elektron boshqarish tizimini qo'llanilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib qolgan. Bu dasturda tirsakli valning aylanish chastotasi va karbyuratordagi aralashma hosil qilish kamerasidagi siyraklanish doimiy hisobga olinib boriladi. Uning boshqa afzalliklari ko'p boʻlgani uchun ham hozirda bu tizim keng qoʻllanilmoqda. Yaqin yillargacha ham batareyali o't oldirish tizimi keng qo'l- lanilib kelinayotgan edi. Bu tizim sodda, oʻrganish va ta'mirlashga qulay hisoblanadi. Bu tizimga kiruvchi qurilmalar ularning vazifalari, o't oldirishni yangi tizimlarida ham mavjud, lekin ishlash prinsiplarida farq qiluvchi qurilmalar bilan almashtirilgan. O't oldirish tizimlarini quyidagi xillari bor:
- batareyali o't oldirish tizimi; - o't oldirishning tiristorli tizimi; - o't oldirishning kontakt-tranzistorli tizimi; - o't oldirishning kontaktsiz tranzistorli tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |