O'spirinlar shaxslararo munosabatlariga ta'sir etuvchi omillar
MUNDAREJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I.BOB O'spirinlar shaxslararo munosabatlariga ta'sir etuvchi omillar...................6
1.1 Shaxsning o’smirlik davri.....................................................................................6
1.2 O‘smirlarda qiziqishning shakllanishi………………………………………….12
II.BOB O‘smirlarda kasbiy qiziqishlarning shakllanishini o’rganish usullari……15
2.1 O’smirlik yoshining oziga xos xususiyatlari…………………………………...15
2.2 O’smirlik davrida shaxsning shakllanishi……………………………………...23
XULOSA………………………………………………………………………………..35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI………………………………...37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Barkamol kunda Respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash istiqlolimizning ilk yillaridan davlat darajasidagi vazifa etib belgilangan.Yosh avlodning axloqiy tarbiyasida axloqiy ong va axloqiy tuyg‘ularni shakllantirish, barcha pedagog va psixologlar tomonidan shu yurt taraqqiyoti uchun qo’yilgan ulkan qadam hisoblanadi.Bolaning ilk bolalik davridagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda kichik maktab yosh davridagi axloqiy ongi o’zi yashab turgan muhit, dini, ta’lim-tarbiyasi va irsiyat xususiyatlari bilan chambarchas bog’loiq bo’ladi. O’g’il va qiz bolalarni faqat bog’cha va maktabdagi ta’limi bilan cheklanib qolmasdan, ota-onalar ham bu borada harakat qilishi kerak. Bola bosqichma-bosqich bog’cha, maktab muassasalariga boradi.Lekin uning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish,nazorat qilish va albatta, uni qo’llab-quvvatlash pedagog va psixologlarning zimmasida turadi. Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviyat keng quloch yoygan, ilm taraqqiy etgan mamlakatlardagina adolatli jamiyat qurish va unda bir biriga mehr- oqibatli komil insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga ezgulikka intilishi kuchli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda.O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq. Shu maqsadda, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi.
Respublikamizda ta`lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz.
Vaholanki, bolaning dunyoqarashi va salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk , eng tajribali murabbiylar biriktirib qo`yilishini oddiy mantiqini o`zi talab etadi. ”
Baxtga qarshi har bir sinfda 3-4 ta bo`lsada, o`zlashtirmoqchi o`quvchilar mavjud. Bunday o`quvchilarning bilish jarayonlari orqaga qolibgina qolmay, bevosita sinfdoshlarining ham o`zlashtirishlariga, bilim asoslarini egallashlariga ma`lum darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xuddi shu sababli, boshlang`ich sinflardagi o`zlashtiruvchi o`quvchilarning psixologik xususiyatlarini o`rganishi va uni korreksiya qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |