6 – laboratoriya ishi. WAN tarmoqlarida dinamik marshrutlash. OSPF
protokolini sozlash
Ishdan maqsad
OSPF marshrutizatsiya protokolini marshrutizatorlarda
sozlash va ishlash
tamoyillarini o‘rganish
Mashrutizatsiya protokolini kanal holatiga ko’ra ishlashi.
OSPF protokoli IP-trafiklarni qo’llab quvatlash maqsadida Internetni
rivojlantirish muxandislik guruxi (IETF) tomonidan ishlab chiqilgan. OSPF
protokoli ochiq standartli mashrutizatsiya protokoli hisoblanadi. Kanal holatiga
ko’ra mashrutizatsiya protokoli OSPF eng optimal qisqa yo’lni tanlashga
asoslangan.
Buning uchun dastlab kanal xolati bo’yicha axborotlarni almashiladi bunda
OSPF protokoli qo’shni mashrutizatorlar bilan aloqa o’rnatadi,
bu maqsada ospf
protokollari Hello paketlarini uzatadi.
Masofaviy - vektorli protokoli bilan kanal holati bo’yicha mashrutizatsiya
protokolini solishtirganda u quydagilarni talab qiladi^
-
Tarmoq konfigurasiyasi va rejalashtirishning ancha murakabligi
-
Mashrutizator resurslarini ko’paytirish
-
Xotirada katta hajmli jadvallarni saqlash uchun kata joy bo’lishi
-
Murakab mashrutizatsiyalarni hisoblash uchun yuqori aniqlikga ishlay
oladigan prosesorlar bo’lishi kerak
OSPF protokoli bosh tarmoq chegerasida summani avtomatik hisoblay olmaydi.
Bundan tashqari OSPF muamolarni echimi sifatida
Cisco kompaniyasi kanal
o’tkazish qobilyatini aniqlashni taklif qiladi. OSPF protokoli kanal o’tkazish
qobilyatini aniqlash orqali eng optimal mashrutni tanlaydi. Yani RIP protokolida
qisqa yo’l tanlansa OSPF protokolida o’tkazish tezligi yuqoriroq kanal tanlaniladi.
RIP asosan o’tishlar soniga qarab eng optimal mashrutni aniqlashga harakat
qiladi.
OSPF protokoli metrikasi alohida kanalning o’tkazish qobilyati va tezligiga
asoslanadi.
OSPF mashrutizatorlari o’ziga bo’glangan mashrutizatorlar
bilan axborot
almashadi. Yani kanal holati bo’yicha bildirish axbotori ma’lumotlaridan
foydalanadi, uni LSA yoki kanal ho’lati bo’yicha bildirish deb nomlangan.
Barcha kanallar tavsifi to’g’risida LSA bildirishini olgandan so’ng mavjud
OSPF mashrutizatorlari SPF algoritmidan foydalanadi. Bunda daraxtsimon shaklli
topologiya yoki tarmoq xaritasi tuziladi. Daraxtsimon SPF har bir yo’lni o’tkazish
qobilyatiga qarab eng optimal qisqa yo’l qidirib topiladi.
OSPF tarmog’ida hudud 0 raqamidan boshlanadi,
bundan tashqari hudud
magistral hudud deb ham ataladi. Bu qiymat 0 dan 65535 gacha bo’lishi mumkin.
Bitta hududda 50 tagacha mashrutizator bo’lishi mumkin. Magistarl bolmagan
hududlar to’gridan to’gri hudud 0 bog’lanadi.
Mashrutizator biror hudud orqali magistral hudud bilan bo’glansa chegarada
turuvchi mashrutizator (ABR) deyiladi. Mashrutizator biror hudud orqali boshqa
mashrutizatsiya protokoli bilan bo’g’lansa avtonom
tizimli chegarada turuvchi
mashrutizator (ASBR) deyiladi.
Shunigdek o’tkazish qobilyatini oshirish bir nechta OSPF parametrlaridam
foydalaniladi
1.
Interfeys muximligi
OSPF mashrutizatorda sozlashlarni amalga oshirilgandan so’ng mashrutizator
to’gri ishlayapganligini bir nechta buyruqlardan foydalanib aniqlashimiz mumkin.
Router#show ip ospf neighbor
show ip protocols- marshrutizator identifikatorini,
tarmoqni, OSPF mashrutizator
bildirishlarini, eng yaqin qo’shni mashrutizator IP-manzili axborotlarini aks etiradi.
show ip ospf – OSPF dagi jarayonlarni va mashrutozator identifikatorini, hudud
to’g’risida
axborot va vaqtni, shunugdek so’ngi bajarilgan OSPF algoritmini aks
etiradi.
Show ip route yazsak quydagiga o’xshash malumotga ega bo’lamiz
Router#show ip route
Codes: C - connected, S - static, I - IGRP, R - RIP, M - mobile, B - BGP
D - EIGRP, EX - EIGRP external, O - OSPF, IA - OSPF
inter area
N1 - OSPF NSSA external type 1, N2 - OSPF NSSA external type 2
E1 - OSPF external type 1, E2 - OSPF external type 2, E - EGP
i - IS-IS, L1 - IS-IS level-1, L2 - IS-IS level-2, ia - IS-IS inter area
* - candidate default, U - per-user static route, o - ODR
P - periodic downloaded static route
Gateway of last resort is not set
C 192.168.10.0/24 is directly connected, FastEthernet0/0
C 192.168.20.0/24 is directly connected, FastEthernet1/0
C 192.168.30.0/24 is directly connected, FastEthernet0/1
O 192.168.40.0/24
[110/2]
via 192.168.20.2, 00:08:24, FastEthernet1/0
O 192.168.50.0/24 [110/2] via 192.168.20.2, 00:08:24, FastEthernet1/0
O 192.168.60.0/24 [110/3] via 192.168.20.2, 00:08:24, FastEthernet1/0
[110/3] via 192.168.30.2, 00:08:24, FastEthernet0/1
O 192.168.70.0/24 [110/2] via 192.168.30.2, 00:09:26, FastEthernet0/1
O 192.168.80.0/24 [110/2] via 192.168.30.2, 00:10:05, FastEthernet0/1
[110/2] -
OSPF mashrutining uzoqligi, 2 tarmoqga yo’llar soni