OSON ARAB TILI
1-DARS
ميحرلا نمحرلا الله مسب
SAVOL: Dunyoning qaysi tili eng oson til hisoblanadi?
Savolning javobi oddiy- ARAB TILI
Buning isboti uchun sizga aqliy hamda naqliy dalil berish mumkin. Dalillar
Qur’ondan ham bo’ladi (naqliy dalil). Tajribalardan ham bo’ladi (aqliy dalil).
Naqliy dalillar
Alloh taolo Qur’oni Karimning bir necha yerida shunday marhamat qiladi:
ِرْكِ ذلِل َنآ ْرُقْلا اَن ْرَّسَي ْدَقَل َو
Darhaqiqat, biz Qur’onni zikr uchun oson qildik.
Ya’ni “zikr uchun oson qildik” degani yodlash uchun oson qildik, tilovat
qilish uchun oson qildik, tushunish uchun oson qildik, tadabbur qilish uchun oson
qildik deganidir.
Shu yerda Alloh taolo Qur’oni Karimni oson qilganligini ifoda qilish uchun,
qayta-qayta ta’kidlaydi.
Qanday? “LAQOD” kalimasidagi “LA” – "albatta" ta’kid uchun, “QOD”-
"albatta", bu ham bir ta’kid uchun. "
اَن ْرَّسَي " – "oson qilib qo'ydik" o’tgan zamonda bu
ham bir ta’kid, ya’ni Qur’oni Karim zikr uchun, yodlash uchun, tilovat uchun,
tadabbur qilish uchun oson. Oson ekani uch marta ta’kid bilan kelgan. Alloh taolo
Qur’oni Karimni oson qilib qo’ydik deganidan keyin, kim ham Qur’oni Karimni
qiyin deya oladi.
Boshqa bir oyatda Alloh taolo marhamat qiladi:
َنوُلِقْعَت ْمُكَّلَعَّل اًّيِب َرَع اًنآ ْرُق ُهاَنْل َزنَأ اَّنِإ
Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik, shoyadki aql ishlatsangiz.
Alloh taolo yuqoridagi oyatda "Qur’onni oson qildik", dedi va o’sha oson
bo’lgan Qur’onni arabchada nozil qildik dedi. Mantiq ilmidan, logikadan oz bo’lsa
ham xabari bo’lgan do’stlarimiz bilishadiki, ikki jumladagi takrorni tushirib
qoldirsak, natija kelib chiqadi. Shunga binoan ikki oyatdagi takrorlangan qismni
tushurib qoldiramiz. Ya'ni Alloh taolo Qur’onni oson qildi, ana o’sha oson Qur’on
arab tilida nozil bo’ldi. Demak, arab tili oson tildir.
Aqliy dalillar
Endi tajribaga to’xtaladigan bo’lsak. Avvalo yozuv haqida gaplashaylik:
Masalan, hozirda o’zbek tilida, ham kirill, ham lotin alifbosida yozuvlar davom
etyabdi. Misol uchun “A” harfini olaylik. Kirillda “A” harfining kattasi ham bor,
kichkinasi ham. Boshida, o’rtada va oxirida yozilishi har xil. Bosmasi va yozmasi
ham har xil. Boshqa tillarni oladigan bo’lsak, masalan, hind tilidagi “A” judayam
qiyin. Lekin arab tilidagi “A” qanday ifodalanadi, judayam oddiy {alif-ا} deyiladi,
va yozilishi juda ham oson. Katta-kichigi yo'q. Har qanday holati deyarli bir xil.
O'zingiz yozib ko'ring. Qani? Qaysi biri oson ekan? Kirill, lotin yoki boshqa
tillardagi “A” mi yoki arab tilidagi “A”mi? Qaysi birining yozilishi oson? Albatta, ”
ا” ning yozilishi oson.
Yana bir dalil: birgina "Alif" bilan “A”,”I”,”U” unlilarning hammasi ifoda
qilinadi. Lekin, o’zimizning o’zbek tilida “A” alohida, “I” “U” “O“ “E” alohida
ifoda qilinadi. Boshqa tillarda esa masalan, turk tilida birgina unlilar uchun ularning
“İ” ham bor “I” si ham bor. Yumshoq va qattiq unli alohida-alohida ifoda qilinadi.
Lekin arab tilida juda ham oson.
Arab tili alifbosi
Arab tilinig alifbosiga keladigan bo’lsak, alifboda 28 ta harf bor:
ظ ط ض ص ش س ز ر ذ د خ ح ج ث ت ب ا
ى ه و ن م ل ك ق ف غ ع
Bu 28 ta harfni men sizlarga juday ham oson tushuntirishga harakat qilaman.
28 ta harfning nuqtalarini olib tashlaylik. Nuqtalarni olib tashlasak 28 ta harf 18 taga
tushib qoladi. Bor yo’g’i 18 ta qoladi. Qanday? ا- bir, ث ت ب- uchalasi ham bir
shaklda ifoda qilinadi, خ ح ج bir shakl bilan ifoda qilinadi ذ د bir shakl bilan ifoda
qilinadi ز ر bu ham bitta,ش س bu ham bitta, ض ص bu ham bitta, ظ ط bu ham bitta,
غ ع bu ham bitta shakl bilan ifodalanadي ه و ن م ل ك ق ف bular bilan 18 ta harf.
Alifbodagi harflarning nuqtalari keyinchalik qo’yilgan.
Grammatikaga keladigan bo’lsak, darsimizning davomida grammatikani
qanchalik osonligini inshaalloh bilib boramiz.
Keyingi darsimizning savoli?- Qur’oni Karimda nechta so’z kelgan?