5
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 1-fevral
2019-yilda “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
ˮgi PF-5647-sonli farmonni
imzoladi. Bu farmon logistika sohasini
yanada rivojlantirish uchun
qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda
transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish,
tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport
sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli
chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va
amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini
inobatga
olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va
ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini
shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy
texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish: transport sohasidagi davlat boshqaruvi
tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy
jozibadorligi va
eksport salohiyatini oshirish, transport
kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlashga katta imkoniyatlar beradi.
Transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va
temir yo‘llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu
maqsadda respublikamizda transport kommunikatsiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida
raqamli
logistikada zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan
holda boshqarish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Shunday
ekan, tashish hajmlarini oshirish, iste’molchilarning yuk va yo‘lovchi
6
oqimlarini tashib yetkazishga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli
qondirish, logistik kanallar faoliyati iqtisodiy samaradorligini
ta’minlash, bugungi kundagi eng dolzarb vazifalar hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
iste’molchilarning tovar, mahsulot va xomashyoga bo‘lgan
ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi jadal o‘zgarishlarni faqat yuk
oqimlarini samarali yetkazish jarayonlarini
tashkil etish va
boshqarishning yangi texnologiyalarini, xususan, logistika
tamoyillarini keng qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra logistika bu yuk oqimlari harakatini samarali
tashkil etish va boshqarishga hamda bu jarayondagi samarasiz
yo‘qotishlar va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bunday
sharoitda transport vositalari, omborxona va terminallar o‘zlarining
tashish faoliyatlarini iste’molchilar va transport xizmati bozorining
tobora oshib borayotgan talablariga moslashtirishi lozim bo‘ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi logistik
tarmoq faoliyati
endigina shakllanib, o‘zining rivojlanish bosqichiga
o‘tmoqda. Bu holat logistikaning nafaqat ilmiy-amaliy, balki o‘quv
qo‘llanma sohalariga ham tegishli. Logistikani o‘qitish hamda
tushuntirishda logistika bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sohalar hali
ham katta o‘rin egallaydi. Logistikaning o‘zagini ajratib ko‘rsatishni
hali o‘rganishimiz zarur.
Jarayonlarni logistik boshqarish konsepsiyasi faqatgina logistika
sohasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilishi shart emas.
Jarayonlarni tizimli boshqarish falsafasi biznesning asosiy falsafasiga
aylanishi kerak. Turli yo‘nalishda faoliyat
olib boruvchi tadbirkorlar,
iqtisodchilar, menejerlar logistika konsepsiyalari va jarayonlarni
logistik boshqaruv usullari va ularning samarasini tushunishlari va
qabul qilishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika
sohasida oliy ta’limning ahamiyati juda katta.
Fanning dolzarbligi hamda unga nisbatan tobora ortib
borayotgan qiziqish moddiy oqimlar bilan shug‘ullanuvchi
tizimlar
faoliyatiga logistik nuqtai nazardan yondashishning samaradorligi
bilan belgilanadi.