Tashkillashtiruvchi funksiya. Tovar harakati jarayonida yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o‘rtasida xo‘jalik aloqalari tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining obyektiv asosi bo‘lib mehnatning tovar harakati bosqichlari bo‘yicha bo‘linishi xizmat qiladi, bu esa jarayonlarning alohidalashuviga olib keladi va turli aloqa tizimlari birlashtiruvchilarini sozlash talabini vujudga keltiradi. Bu masalaning yechimi bir butun oqimli jarayon ichida materiallar va axborotning “ishlab chiqaruvchi-iste’molchi” zanjiri bo‘yicha harakatini tashkil etish, alohida bosqichlari o‘zaro ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi funksiya.Ko‘rib chiqilayotgan jarayonning hamma qismlarini bir-biriga moslashtirish va ratsional o‘zaro harakatiga erishish uchun ularni boshqarish zarur. Logistik boshqaruv hamma turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli va buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati jarayoniga boshqaruv ta’siri material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini berilgan chegarada saqlashdan iborat.
Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakllanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari o‘rtasida zarur xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li bilan uning samarali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini ta’minlab beradi.
Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi - ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik funksiyalar va maqsadlarning yig‘indisini logistikaning asosi tasniflaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan, tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o‘zaro hamjihatligini ta’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida boshqarishdan iborat.
Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tasnivlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat turi sifatida ochib beradi.