Raqamli logistika - bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli transformatsiyalar orqali amalga oshirilgan logistika funksiyalari va operatsiyalarining bir qismi sifatida belgilanishi mumkin.
Raqamli logistikaning mohiyati uning asosiy maqsadlari, vazifalarida va uning tashkiliy tuzilmasining obyekt-subyekt tarkibida ifodalanadi. Raqamli logistikani iqtisodiy logistikaning bir turi sifatida va to‘liq logistika tizimida mustaqil maydon sifatida ko‘rish mumkin.
Raqamli oqimda so‘nggi aloqa texnologiyalari, raqamli o‘zgarishlarni tartibga solish, tarmoqlar, tezkor xabarchilar, bulutli texnologiyalar, platformalar mavjud. Bu iqtisodiy oqimni tashkil qilishning virtual shakli.
Iqtisodiy oqim - bu iqtisodiy logistikaning asosiy toifasi hisoblanadi. Raqamli oqim esa subyekt maydoni va raqamli logistikaning asosiy toifasi hisoblanadi.
Logistika kategoriyasi sifatida vakolat, ma’lum bir sohada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va tajribaning mavjudligini anglatadi.
Raqamli logistika uchun quyidagi vakolatlar talab qilinadi:
katta ma’lumotlar va ilg’or tahlil;
egiluvchan loyihalashtirish va Agile ekspertiza;
raqamli tarkib;
mobil interfeyslar;
raqamli mijozlar tajribasi;
xavf va xavfsizlik;
raqamli to‘lovlar;
raqamli savdo va reklama;
an’anaviy dasturiy ta’minot va infratuzilma.
1.2. Raqamli logistikaning rivojlanish tendensiyalari
Hozirgi davrda logistika tutgan o‘rnining oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiy sabablarga bog‘liq. Sanoat ishlab chiqarish hajmining oshishi va milliy hamda jahon xo‘jaligi aloqalarining kengayishi bozor sohasidagi xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘proq e’tibor qaratihshini talab etmoqda.
G‘arb mamlakatlarida xomashyoning birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan mahsulot harakat vaqtining 93%i uning moddiy texnik ta’minotinitig turli kanallaridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Tovar ishlab chiqarilishi umumiy vaqtning atigi 2% ini oladi, transportirovka esa - 5%ini. Bu esa mamlakatlarda tovar harakatining mahsulotdagi ulushi milliy daromadning 20% dan ortig‘ini tashkil etadi. Tovar harakatining strukturasida xomashyo, materiallar, yarimtayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni saqlashga ketadigan xarajatlar 44%ni, omborga joylashtirish va dispetcherlash - 16% ni, magistral va texnologik tashish - 23 va 9% ni tashkil etadi. Qo‘lgan 8% ni tayyor mahsulotni sotishga ketadigan xarajatlar tashkil etadi.
Logistikaning rivojlanishi, birinchi navbatda, tovar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik va pul xarajatlarini kamaytirishga intilish bilan bogliq.
Shu bilan birga, logistikaga bolgan qiziqishning ortishi quyidagi omillarga bog‘liq:
savdo bozoridan iste’molchi bozoriga o‘tish, bunda
iste’molchilar ehtiyoji ishlab chiqarish dasturlarini ishliab chiqishda asos boladi va tovar harakati tizimining yaratilish zaruriyatini asoslab beradi;
ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etishning logistik asoslarini qo‘llayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
logistika tizimida texnik rivojlanish yutuqlarini ishlatish uchun obyektiv imkoniyatlar yaratish;
amallarni o‘rganishning yangi uslub va nazariyalarini ishlab chiqish, masalan, logistika jarayonlarini optimallashtirish uchun asos bo‘lgan tizimlar nazariyasi va kompromisslar nazariyasi.
Logistika paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib kelgan asosiy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |