Ko‗p yadroli mikroprotsessorlar
Ko‗pchilik mutaxassislarning fikricha, mikroprotsessorlarning takt
chastotasini oshirish yo‗li orqali tezligini oshirish o‗z imkoniyatlarini tugatib
bo‗lgan. Takt chastotasi 3,8 GGs Pentium 4E mikroprotsessori iste‘mol quvvati
160 Vt atrofida (tok kuchi 100 A ko‗proq) va bu kristallning maydoni 1,2 sm
2
bo‗lganda. Shuning uchun Intel kompaniyasi MP takt chastotasini 20 GGs gacha
oshirish rejasidan to‗xtatgan, MP unumdorligini hisoblashlarni parallel bajarish
yo‗li bilan oshirishga qaror qilgan. Shu kabi g‗oyalar yuqori parallelli ko‗p
protsessorli tizimlarda va serverli MP Xeon (Intel) va Opteron (AMD) larda joriy
72
etilgan edi. 2005-yillar o‗rtasida shaxsiy kompyuterlarda bitta jismoniy
mikroprotsessorda faqat ikkita parallel ishlovchi virtual protsessor (masalan, NT
texnologiya) bilan ish chegaralangan edi. Lekin virtual mikroprotsessor real
unumdorlikni 10–30% oshirgan, ammo faqat hisoblashlarni parallellashtirishi
mumkun bo‗lgan dasturlar uchun va muhimi ularda parallel oqimlar buyruqlari bir
vaqtda mikroprotsessorning bir xil apparat resurslarini ishlatmaydilar, masalan,
mikroprotsessor xotirasi, L1 kesh-xotira, AMQ va boshqalar. Bu esa juda ham kam
ro‗y beradi.
Ikki yadroli Xeon va Opteron mikroprotsessorlari sezilarli darajada kuchli
taassurotni ta‘minlaydi. Birinchi ikki yadroli protsessorlar AMD kompaniyasi
tomonidan 2004-yili avgustda havola qilingan va 2005-yili ishlab chiqarilgan
(yuqori unumdorli 64-razryadli Opteron). Intel kompaniyasi o‗zining ikki yadroli
64-razryadli Xeon mikroprotsessorini ishlab chiqarishda biroz kech qolgan (2005-
yili sentabr). 2,8 GGs takt chastotali ikki yadroli Xeon mikroprotsessori
(kodlangan nomi Paxville) L2 kesh-xotira sig‗imi 2 Mbayt va DDR 2 operativ
xotira bilan ishlaydi. Bu mikroprotsessorning ikki yadrosi uchun bitta shina xizmat
qiladi. Paxville server protsessori hisoblanadi, uning ishlashi uchun yangi Intel
YE8500 chipseti talab etiladi. Mikroprotsessorning Smithfield yadrosi bitta
monokristallda ikkita Prescott yadrosini mujassamlashtirgan, umumiy sxemali
komponentlarga ega emas (AMD kompaniyasining Athlon 64X2 ikki yadroli MP
yadro uchun umumiy komponentlarga ega: shina arbitri va DDR xotira
kontrolleri).
Ikki yadroli MP parallel virtual protsessorga qaraganda yuqori unumdorlikni
ta‘minlaydi, chunki ularda birga ishlatiladigan resurslar deyarli yo‗q (AMQ, MPX,
L1 kesh-xotira har birining o‗ziniki bor). Ularning iste‘mol quvvati yuqori
chastotali bir yadroli mikroprotsessorlarga qaraganda ancha kam. Qayd qilingan
afzalliklarni hisobga olgan holda, ikki va ko‗p yadroli protsessorlar shaxsiy
kompyuterlarda keng miqyosda qo‗llanib boriladi. 2007-yilda ishlab chiqarilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |