O'sma va boshqa kasalliklarni nur terapiyasi



Download 18,03 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi18,03 Kb.
#896681
Bog'liq
O\'sma va boshqa kasalliklarni nur terapiyasi


O'sma va boshqa kasalliklarni nur terapiyasi.

Afsuski, butun dunyoda onkologik kasalliklarga duchor bo‘layotgan odamlar soni yil sayin oshib bormoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, faqat o‘tgan yilning o‘zida 18 milliondan ortiq kishida xavfli shishlarning u yoki bu turi tashxislandi. Lekin shu bilan bir vaqtda rakni muvaffaqiyatli davolash usullari ham yil sayin takomillashib borayotganligini unutmaslik kerak:


- yangi dorilar paydo bo‘lmoqda,
- ekspertiza va vrachlarning salohiyati va bilimdonligi o‘smoqda,
- onkologik kasalliklar terapiyasining samaradorlik darajasi oshmoqda,
- isbotlovchi klinik tadqiqotlar bazasi kengaymoqda.
Nur terapiyasi onkologiyaning eng dinamik rivojlanib borayotgan sohalari qatoriga kiradi. Odatda biz bu usulning hozirgi vaqtda keng tarqalganligini yetarlicha baholamaymiz va rakni davolashning eng keng tarqalgan usuli kimyo terapiya deb o‘ylaymiz. Lekin aslo bunday emas. Amalda har 100 bemordan taxminan 20 tasida faqat jarrohlik operatsiyasi, 15 tasida esa – nur terapiyasi o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, va 100 tadan faqat 2-3 kishi uchun asosiy davolash usuli sifatida kimyo terapiya qo‘llaniladi.
Shishning qayerda joylashganligi va rivojlanish darajasiga bog‘liq holda nur terapiyasi o‘zining radikal shaklida nur jarrohligi sifatida qo‘llanilishi mumkin. O‘pka o‘simtasining birinchi bosqichida bo‘lgan bemorni olaylik – ablyativ radioterapiya 90% hollarda saraton hujayralarini funksional to‘qima va yon ta’sirsiz butunlay yo‘q qiladi.
Bunda, masalan, o‘pka rakini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash holatida bemorlar operatsiyadan keyingi og‘riqlardan yarim yilgacha aziyat chekishlari mumkin! Bundan tashqari, bunday davolash kursining narxi ham ancha past bo‘ladi.
Nur terapiyasining samaradorligi, shak-shubhasiz, zamonaviy texnik imkoniyatlar bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli texnologiyalar rivojlanishi bilan bunday davolashning muvaffaqiyat koeffitsiyenti texnologik yaxshilanishlar rivojlanishining har bir 10% ga 15-16.5 % nisbatda oshadi.
Bundan tashqari, biz ko‘plab bemorlar uchun davolash muddatlarini qisqartirish mumkinligini ham kuzatdik. Misol tariqasida, prostata bezi rakini olishimiz mumkin: bunda ilgari davolash kursi 2 oyga yaqinni tashkil qilar va 40 seansdan iborat bo‘lardi, bugungi kunda esa jahonning yetakchi klinikalari ba’zi bemorlar uchun qiyosiy natijalarga erishishlari mumkin – ya’ni jami bor-yo‘g‘i 5 seansda samarali natija!
Shuningdek shuni tushunish muhimki, nur terapiyasi va jarrohlikning kimyo terapiya yoki immunoterapiyadan asosiy farqi shundaki, nur shishga aniq nuqtaviy ta’sir ko‘rsatadi va butun organizmga tizimiy ta’sir qilmaydi. Ko‘pincha bu usul boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llaniladi va operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda nurlatishdan foydalanilganida rakni muvaffaqiyatli davolash imkoniyatlarini ancha oshiradi.
Texnologiyaning o‘zi qanchalik zamonaviy va samarali bo‘lmasin, bu texnologiyani qo‘llaydigan, shuningdek har bir aniq holatda nur terapiyasidan foydalanish maqbul yoki nomaqbulligini belgilaydigan vrachlarning malakasi hech bir so‘zsiz hal qiluvchi omilligicha qoladi. Nur terapiyasini samarali kompleks qo‘llanishning jahondagi eng yaxshi misollaridan biri ACIBADEM shifoxonalari xalqaro tarmog‘i amaliyoti hisoblanadi. ACIBADEM shifoxonasidan nur terapiyasi bo‘yicha jahondagi yetakchi mutaxassislardan biri, professor Ufuk Abadjio‘g‘lu shunday izoh beradi: “Biz har bir aniq holatni alohida baholaymiz va har bir bemor uchun o‘zimizning eng maqbul davolash rejamizni qabul qilamiz. Kim uchundir eng yaxshi variant operatsiya, boshqa bir bemor uchun esa nur terapiyasi bo‘lishi mumkin, qaysidir bir holatda esa bir nechta usulni birgalikda qo‘llanish zarur bo‘ladi”.
ACIBADEM’da radiologlar albatta har bir bemor bilan alohida ish olib boradigan turli profildagi onkologlar komandasining bir qismi hisoblanadi. Bunday komandalarda uchta asosiy yo‘nalish – jarrohlik, nur terapiyasi va tibbiy onkologiya mutaxassislari, shuningdek yana bir qator mutaxassislar – texniklar, tashxislovchilar va klinik xodimlar jalb qilingan.
Bugungi kunda nurterapiyasi xavfli shishlarning keng spektrini davolashda, shu jumladan kasallikning kechikilgan deb hisoblanadigan bosqichlaridagi terapiyada qo‘llanilmoqda.Aytishimiz joizki, nur terapiyasi bo‘limidagi bemorlar orasida ko‘pincha ko‘krak va o‘pka saratoni bilan kasallangan bemorlar bor. Lekin yana takrorlaymiz – nur terapiyasi rakning deyarli hamma turlarini davolashda qo‘llanilishi mumkin.
ACIBADEM shifoxonasi esa eng so‘nggi jahon texnologiyalari va rak ustidan g‘alaba qozonishga tayyor va u bilan kurasha oladigan yuqori malakali vrachlar komandasiga ega.
Nur bilan davolash, nurterapiyasi — ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar hamda rentgen va gamma nurlar)dan davo maqsadida foydala-nish; har xil oʻsmalar va baʼzi yalligʻlanish jarayonlarini davolashda keng qoʻllanadi.
N. bilan d. ionlovchi nurlarning biologik taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Bunda nurlar toʻqimalar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ularda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirib, nurlantirilgan toʻqimalarning hayot faoliya-tini izdan chiqaradi. Ionlovchi nurlar xavfli oʻsma toʻqimalariga sogʻ toʻqi-malarga qaraganda koʻproq taʼsir qila-di; oʻsmalarni N. bilan d.da uning ana shu xususiyati nazarda tutiladi. N. bilan d. mustaqil yoki davo usullari bilan birga olib boriladi. N. bilan d. xirurgik davo usullari bilan birga olib boriladigan boʻlsa, nur operatsiyadan oldin yoki keyin beriladi. Hozirgi koʻpchilik mamlakatlarda onkologik bemorlarning 70% i nur bilan davolanadi. Oʻsmalarga nur berilganda avval hujayralar boʻlinishi va koʻpayishi sekinlashadi, keyin toʻliq toʻxtaydi. Lekin oʻsma hujayralarining bir qismi doimo tirik qoladi. Bu juda xavfli, chunki ularning bir qismi — retsidiv (qaytalangan) oʻsmaga, boshqasi — metastaz (ikkilamchi) oʻsmaga aylanadi. Hujayralarning omon qolishi, atrof muhitning turli omillari taʼsirida paydo qilingan zararlarni bartaraf qiladigan (reparatsiyalovchi) fermentli sistema bilan taʼminlanganidadir. Bu sistema yaxshi ishlasa, shikastlangan hujayraning faoliyati toʻlik, tiklanadi. Har bir hujayraning umrida nurga nisba-tan yuqori va past sezgirlik davri boʻladi. Agar ionlovchi nur hujayraning yuqori sezgirlik paytida taʼsir etsa, u qattiq shikastlanadi, sezgirlik past vaqtida boʻlsa, faoliyati uncha oʻzgarmaydi. Koʻpgina tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, oʻsma hujayrasining nur bilan za-rarlanish darajasi undagi kislorod miqdoriga bogʻliq: kislorod koʻp boʻlsa, nur taʼsiri kuchli, kam boʻlsa, aksincha. Shuning uchun kislorodga boy oʻsma hujayralari nobud boʻladi, siyrak boʻlsa, omon qoladi.
Klinik amaliyotda N. bilan d. rejasi oʻsma paydo boʻlgan normal toʻqimaning nurga sezgirligiga va oʻsma hujayralarining morfologik yetukligi darajasiga asoslanadi: limfoid toʻqimadan oʻsib chiqqan sarkomalar biriktiruvchi toʻqima oʻsmalariga nisbatan nurga oʻta taʼsirchan, hazm yoʻli oʻsmalari — nurga chidamli.
Oʻsmalarni N. bilan d.da, asosan, ikki nur manbai: zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (rentgen asboblar, siklik va chizikli tezlatkichlar) va sunʼiy radioaktiv moddalar (gamma-moslamalar, radioaktiv moddalar)dan foydalaniladi. N. bilan d.ning organizmga tashqi (di-stansion va kontakt usullar) va ichidan nur taʼsir ettirish (nur chiqaruvchi manba bemor organizmiga kiritiladi) yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda koʻproq tashqi nurlash qoʻllaniladi.
Oʻsmalarni N. bilan d.da ularni toʻliq yemirish uchun ionlovchi nurlarning katta dozasini qoʻllashga toʻgʻri kela-di: bunda nur reaksiyalari (nurga nisbatan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyalari) kuzatiladi, bunda darhol vrachga murojaat qilish zarur. N. bilan d.ning samarali boʻlishi bemorning vrach koʻrsatmalariga rioya qilishiga bogʻliq.
Nur bilan davolashda ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar hamda rentgen va gamma nurlari) qoʼllaniladi.
Xastaliklarni nur bilan davolashda nur yuboriladigan toʼqimaning biologik xususiyatlari va ionlovchi nurlarning fizikaviy xususiyatlari hisobga olinadi. Bunda nur taʼsirida toʼqimalarda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltiradi, soʼng toʼqimalarning hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi.
Toʼlqin qanchalik uzun boʼlsa, nurlanish taʼsiri shunchalik kuchayadi. Ionlovchi nurlar xavfli oʼsma toʼqimalariga sogʼ toʼqimalarga qaraganda koʼproq taʼsir qiladi.
Har bir hujayraning nurga nisbatan yuqori va past sezgirlik davri mavjud. Аgar ionlovchi nur hujayraning oʼta sezgir paytida taʼsir etsa, u qattiq shikastlanadi va davolash samarasi yuqori boʼladi. Sezgirligi sust vaqtida taʼsir etganda esa faoliyati uncha oʼzgarmaydi, oqibatda natijasi samarasiz kechadi.
Koʼpgina tadqiqotlar natijalariga koʼra, oʼsma hujayrasining nur bilan zararlanish darajasi toʼqimadagi kislorod miqdoriga bogʼliq. yaʼni hujayrada kislorod koʼp boʼlsa, nur taʼsiri kuchli, kislorod kam boʼlsa aksincha holat roʼy beradi. Davolashda ana shu xususiyatlarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Oʼsmalarni nur bilan davolashda ularning toʼliq yemirilishi uchun ionlovchi nurlarning katta miqdori qoʼllaniladi. Bunda organizmning nurga nisbatan mahalliy va umumiy turli reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Reaktsiya kuchli boʼlsa darhol shifokor tomonidan koʼrsatmalar beriladi. Nur bilan davolash natijasining ijobiy boʼlishi asosan bemorning shifokor koʼrsatmalariga rioya etishiga bogʼliq kechadi.
Bilish muhimki, onkologik kasalliklar, masalan bachadon boʼynidagi, toʼgʼri ichak va oʼpkadagi, teri va koʼkrak bezlaridagi, shuningdek bosh miyadagi xavfli oʼsmalarni davolashda nur terapiyasi mustaqil davo chorasi sifatida tavsiya etiladi. Oʼsmalarni nur bilan davolashda asosan ikki xil nur manbalaridan foydalaniladi. Yaʼni:
1.Zaryadlangan zarralar tezlatgichlari (rentgen asboblar, siklik va chiziqli tezlatgichlar).
2.Sunʼiy radioaktiv moddalar (gamma moslamalar, radioaktiv moddalar).
Nur bilan davolashning ikki xil: tashqi (distantsion) va ichki (kontaktli) yoʼnalishi mavjud. Аmaliyotda tashqi nur berish koʼproq qoʼllaniladi.
Taʼkidlash joizki, nur terapiyasi davolashda samara bersa-da, nohush asoratlar ham qoldirishi mumkin. Masalan bachadon boʼyni saratoniga qarshi nur terapiyasidan foydalanilganda ayollarda sistit (siydik qopining yalligʼlanishi) kasalligi kelib chiqadi. Bosh miya oʼsmalariga qarshi nur yuborilganda esa miyada shish boʼlishi kuzatiladi. Nur davosi samaradorligini oshirish, noxush asoratlarini kamaytirish uchun bemorlar radiolog shifokorlar tomonidan puxta tekshiriladi va nur davosi muolajalariga maxsus tayyorlanadi.
Nur bilan davolash mustaqil tarzda yoki boshqa maxsus davolash muolajalari bilan birga olib boriladi. Аgar nur terapiya jarrohlik amaliyoti bilan birga qoʼllanilsa, bemorga nur yo operatsiyadan oldin, yoki keyin beriladi. Nur terapiyasi oʼsma kasalliklarining turi, alomatlari va qanday kechishiga qarab onkolog va radiolog mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi. Bunday davolash usuli bemorning ahvoliga va kasallikning kechishiga koʼra uch haftadan to ikki oyga qadar davom ettiriladi.

Nur bilan davolash, nur terapiyasi – ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar hamda rentgen va gamma nurlarni davo maqsadida foydalanish; har xil oʻsmalar va baʼzi yalligʻlanish jarayonlarini davolashda keng qoʻllanadi.
N. bilan d. ionlovchi nurlarning biologik taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Bunda nurlar toʻqimalar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ularda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirib, nurlantirilgan toʻqimalarning hayot faoliyatini izdan chiqaradi. Ionlovchi nurlar xavfli oʻsma toʻqimalariga sogʻ toʻqimalarga qaraganda koʻproq taʼsir qiladi; oʻsmalarni N. bilan d. da uning ana shu xususiyati nazarda tutiladi. N. bilan d. mustaqil yoki davo usullari bilan birga olib boriladi. N. bilan d. xirurgik davo usullari bilan birga olib boriladigan boʻlsa, nur operatsiyadan oldin yoki keyin beriladi.
Hoz. koʻpchilik mamlakatlarda onkologik bemorlarning 70 % i nur bilan davolanadi. Usmalarga nur borilganda avval hujayralar boʻlinishi va koʻpayishi sekinlashadi, keyin toʻliq toʻxtaydi. Lekin oʻsma hujayralarining bir qismi doimo tirik qoladi. Bu juda xavfli, chunki ularning bir qismi – retsidiv (kaytapangan) oʻsmaga, boshqasi – metastaz (ikkilamchi) oʻsmga aylanadi. Hujayralarning omon qolishi, atrof muhitning turli omillari taʼsirida paydo qilingan zararlarni bartaraf qiladigan (reparatsiyalovchi) fermentli tizim bilan taʼminlanganidadir.
Bu tizim yaxshi ishlasa, shikastlangan hujayraning faoliyati toʻliq tiklanadi. Har bir hujayraning umrida nurga nisbatan yuqori va past sezgirlik davri boʻladi. Agar ionlovchi nur hujayraning yuqori sezgirlik paytida taʼsir etsa, u qattiq shikastlanadi, sezgirlik past vaqtida boʻlsa, faoliyati uncha oʻzgarmaydi.
Koʻpgina tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, oʻsma hujayrasining nur bilan zararlanish darajasi undagi kislorod miqdoriga bogʻliq: kislorod koʻp boʻlsa, nur taʼsiri kuchli, kam boʻlsa, aksincha. Shu bois kislorodga boy oʻsma hujayralari nobud boʻladi, siyrak boʻlsa, omon qoladi.
Klinik amaliyotda N. bilan d. rejasi oʻsma paydo boʻlgan normal toʻqimaning nurga sezgirligiga va oʻsma hujayralarining morfologik yetukpigi darajasiga asoslanadi: limfoid toʻqimadan oʻsib chiqqan sarkomalar biriktiruvchi toʻqima oʻsmalariga nisbatan nurga oʻta taʼsirchan, hazm yoʻli oʻsmalari – nurga chidamli.
Oʻsmalarni N. bilan d. da, asosan, ikki nur manbai: zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (rentgen asboblar, siklik va chiziqli tezlakichlar) va sunʼiy radioaktiv moddalar (gama-moslamalar, radioaktiv moddalarni foydalaniladi. N. bilan d. ning organizmga tashqi (distansion va kontakt usullar) va ichidan nur taʼsir ettirish (nur chiqaruvchi manba bemor organizmiga kiritiladi) yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda koʻproq tashqi nurlash qoʻllaniladi.
Oʻsmalarni N. bilan d. da ularni toʻliq yemrish uchun ionlovchi nurlarning katta dozasini qoʻllashga toʻgʻri keladi: bunda nur reaksiyalari (nurga nisbatan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyalari) kuzatiladi, bunda darhol shifokorga murojaat qilish zarur. N. bilan d. ning samarali boʻlishi bemorning vrach koʻrsatmalariga rioya qilishiga bogʻliq.
Download 18,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish