OTB O‘Z E’TIBORINI TA’LIM VA MINTAQAVIY HAMKORLIKKA QARATISHI LOZIM
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘z e’tiborini olti asosiy ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa ko‘proq ta’lim va mintaqaviy hamkorlikka qaratishi lozim, - ta’kidladi O‘zR Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Rustam Azimov OTB navbatdagi 38-uchrashuvida.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Rustam Azimov ta’kidlaganidek, OTB tomonidan asosiy e’tibor birinchi navbatda zamonaviy ta’lim tizimini yaratishga, samarador sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga, transport infratuzilmasini taraqqiy ettirishga, qishloq xo‘jaligi sektorini isloq qilish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratishi lozim.
UzReport.com
Do'stlaringiz bilan baham: |