2.2.Xususiy metodik darajadagi pedagogic texnologiyalarning xususiyatlari
Geografiya darslarida xususiy darajadagi interfaol metodlarning ko’plab turlaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Biz quyida interfaol metodlardan ayrimlarining xususiyatlari va ulardan geografiya darslarida foydalanish metodikasiga to’xtalamiz. Geografik futbol – mazkur metoddan ko’proq darsning uy vazifasini surash jarayonida foydalanish imkoniyati katta. O’yin tartibi: Sinf o’quvchilari asosan 2 ta yoki 4 ta kichik guruhga ajratiladi. Kichik guruhlar 4 ta komandaga bo’linib kuch sinashadi. O’yin shartiga ko’ra guruhlar 4 tadan savolga javob berishlari lozim. 4 ta savoldan 1 tasi bonusli savol bo’lib, bonusli savolga javob bergan o’quvchi koptokni 1 ta yonidagi o’rtog’iga emas, balki 1 ta keyingi o’rtog’iga uzatadi. Aksincha javob bera olmagan guruh 2 marta savol tortish navbatini o’tkazib yuboradi. Mazkur metodda o’quvchilarni yanada darsga qiziqtirish, ko’proq bilim olishga intiltirish maqsadida savollar oddiy va bonusli tarzda tuzilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda bonusli savolga to’g’ri javob bergan jamoa koptogini 2 ta o’yinchidan birdaniga oshiradi. Tez nomini to’g’ri yoz o’yini. O’yin tartibi: Har bir guruhga 4-6 tadan foydali fazilmalarning shartli belgilari tushirilgan kartochkalar tarqatiladi. Belgilangan vaqt ichida o’quvchilar foydali qazilmalarning nomlarini yozib, qaerdan qazib olinishini aytadilar. Mazkur metoddan barcha sinflarda mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda foydalanish mumkin. Masalan, kartochkalarga foydali qazilmalarning shartli belgilari quyidagicha tushirilishi mumkin: O’tilgan yangi o’rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun ham xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunday interfaol metodlarga “To’g’ri joylashtir”, “Tez to’ldir”, “Tez nomini to’g’ri yoz” kabi ko’plab metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, «To’g’ri joylashtir» o’yini. O’yin uchun 1-3-minut vaqt kerak bo’ladi. Bunda yangi o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar, atamalar, qoidalarga oid bir qancha ma’lumotlar beriladi. Berilgan topshiriq va belgilangan vaqt ichida o’quvchilar har bir berilgan atama, tushuncha va qoidalarni o’z o’rniga joylashtirishi lozim. Quyida Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza” mavzusi yuzasidan yuqorida keltirilgan xususiy darajadagi texnologiyalardan foydalanib savollardan namuna keltiramiz.
Darsning mavzusi: Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga aholi, inson omili, aholining ko’payish turalri, soni, zichligi, mehnat resurslari, aholining iqtisodiy tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi, uning jinsiy, milliy tarkibi va ma’lumot darajasiga oid ilmiy tushuncha berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga vatanparvarlik, ahloqiy, baynalmilal, mehnat tarbiyasini berish orqali kasbga yo’llash, milliy g’urur-iftixor tuyg’usini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning Osiyo mamlakatlari to’g’risida ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, darslik, qo’shimcha adabiyot, xarita va yozuvsiz xarita bilan ishlash ko’nikmalarini hamda nutq va muloqat madaniyatini rivojlantirish.
Darsning jihozi: Osiyo mamlakatlari.
Darsda qo’llaniladigan texnologiya: Interfaol metodlar -to’g’ri joylashtir, geografik mazayka, geografik futbol, tez nomini to’g’ri yoz hamda to’g’ri joylashtir metodlari, hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o’qitish metodi.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: (2 minut)
a) salomlashish; b) davomatni aniqlash;
v) sinf tozaligini tekshirish. s) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash
II. Uy vazifasini so’rash uchun topshiriqlar:
Sinf o’quvchilari 7 tadan quyidagi 4 ta guruhga ajratiladi.
1-guruh – Turkiya
2-guruh – XXr
3-guruh – Qozog’iston
4-guruh – Pokiston
Guruhlar dars davomida bir nechta topshiriqlarni bajarish orqali bellashadilar. Har bir topshiriq yakunidan so’ng guruhlar baholanib boradi. O’z navbatida guruhlarning dars jarayonidagi holatiga qarab jarima kartochkalari ham tarqatiladi.
Guruhlar nomlarini izohlaydi va quyidagi topshiriqni bajaradi (vaqt 1 minut).
1-topshiriq.
1-guruh – Turkiya Turkiya Respublikasiga ta’rif bering.
2-guruh – XXR XXR qachon mustaqillikka erishdi.
3-guruh – Qozog’iston Respublikasi qaysi davlatlar bilan chegaradosh.
4-guruh – Pokiston Islom respublikasi haqida umumiy tavsif bering.
Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarni guruhlashtirishda dastlab quyidagilarga asosiy e’tiborimizni qaratishimiz lozim:
1.O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari.
2.O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning turlari.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va o’qitish samaradorligini oshirish masalasi Geografiyani o’qitish metodikasi fanining asosiy muammolaridan biri sanaladi.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish deganda, o’quvchilarda yuqori darajadagi motiv, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga bo’lgan ongli ehtiyoj, natijaning yuqoriligi va ijtimoiy normalarga mos hulqning paydo bo’lishi tushuniladi.
Mazkur tipdagi faollik har doim ham vujudga kelavermaydi, faqat o’qituvchining maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir ko’rsatishi va qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil etish mahorati tufayligina vujudga keladi.
Geografiyani o’qitishda maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatish va qulay ijtimoiy-psixologik muhitni vujudga keltirishi o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik texnologiyalarga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik texnologiyaning quyidagi 3 ta darajalari mavjud: Umumpedagogik texnologiya – turli darajadagi tizimlarni ifodalaydi. U ayrim hududdagi, tumandagi ta’lim muassasidagi yoki ta’limning ayrim pog’onasidagi barcha ta’lim-tarbiya jarayoniga tegishli bo’ladi.
Xususiy texnologiya – ta’lim-tarbiya mazmunining ayrim yo’nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuasini o’z ichiga oluvchi pedagogik tizimlarni qamrab oladi.
Kichik texnologiyalar - o’quv-tarbiya jarayonining ayrim qismlarini o’z ichiga oladi. U ayrim didaktik va tarbiyaviy maqsadlarni hal qilish bilan shug’ullanadi.
Pedagogik texnologiyalarning asosiy mezonlari
Ma’lum ilmiy asosga, kontseptsiyaga tayanish.
Tizimli, o’quv-tarbiya jarayoni va uning qismlarini o’zaro mantiqiy bog’liqligi.
Samaradorligi, ta’lim standartlariga erishishning kafolatlashi,
sarflash talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning ma’yor darajasida ekanligi.
Boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi.
Didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy g’oyani egallaydi:
Didaktik o’yin texnologiyalari.
Muammoli ta’lim texnologiyalari.
Modulli ta’lim texnologiyalari.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.
Loyihalash texnologiyasi.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo’llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o’z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo’llash, mo’ljalni to’g’ri olishga o’rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funktsiyalarni bajaradi.
Biroq, pedagogik texnologiyalarning funktsiyalarini taqqoslaganda bu funksiyalar bir xil darajada o’rin egallamasligi ma’lum bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |