Armaniston
Armaniston Respublikasi — Zakavkazyening jan. qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegarador. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor . Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti — Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston — Demokratik respublika. Davlat boshligʻi — Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi — Vazirlar Kengashi.
Rasmiy til(lar) Arman tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident Serzh Sargsyan
• Bosh Vazir Hovik Abrahamyan
Mustaqillik
• Ottomon Imperiyadan 28 may 1918 • Sovet Ittifog`idan 21 sentabr 1991
Armanistonning asosiy aholisi — armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari — Yerevan, Gyumri, Vanadzor.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-okt.da oʻrnatgan.
Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar[5].
Armaniston sanoatlashgan va koʻp tarmoqli qishloq xoʻjalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48,3 %, qishloq xoʻjalikning ulushi 25,7 % ni tashkil etadi.
Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Butun jahon savdo tashkilotiga a’zo
XVF, OBSE, BMT, MDH tashkilotlariga a’zo
NATO ning Portnyorstva va imya mira dasturining ishtirokchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |