Afgʻoniston
Afgʻoniston Islom Respublikasi Davlati — jan.-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Oʻrta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 258,57mln.kishi (2012). Poytaxti — Qobul shahri Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 31 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.
Rasmiy til(lar) Dari (Forscha), Pashtuncha
Hukumat Prezidentlik Respublika
Islomiy Respublika
• Prezident Ashraf Gʻani
• Vitse prezident Muhammad Fahim
• Vitse prezident Karim Haliliy
• Bosh prokuror Abdul Salom Aʼzimiy
Mustaqillik - Birinchi Afgʻon Davlati 1747-yil oktabrda
- Mustaqil (Birlashgan Qirollikdan) 1919-yil 19-avgustda
Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), xazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. . Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon[3].
Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktyabrda oʻrnatilgan.
Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — Burhoniddin Rabboniy);
Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — Gulbiddin Hikmatyor);
„Tolibon“ harakati (Rahbari — Mulla Muhammad Umar);
Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Rashid Do`stum);
Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Mujaddadiy);
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — Abdu Rasul Sayyof);
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy);
Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — Muhammad Haliliy).
Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shim. Ittifoq qolgan. Shim. Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.
Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shim. viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |