Osiyo mamlakatlari madaniyati 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 14-mavzu Islom madaniyati va O‘rta Osiyo
Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi – arab sivilizatsiyasi vujudga keldi.
Xususan, xalifa Horun ar-Rashid saroyida IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» – «Donishmandlik uyi» tashkil etiladi.
«Bayt ul-hikma»
Yevropa tibbiyoti esa XVII asrning o‘rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan allomalar – Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy asarlaridan olgan. Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy (IX asr) matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soladi. Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi. Keyinchalik X asrga kelib u fors tiliga tarjima qilina boshlaydi.
Musulmon she’riyati yuksak darajaga erishib, uning ko‘plab turlari shakllanadi.
Xalifalikda san’atning barcha sohalariga nisbatan me’morchilik yuksak taraqqiy etgan.
Granada (Ispaniya) dagi Al-Hamro saroyi, Kordova (Ispaniya)dagi masjid, Qohiradagi Hasan masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi– arablar davri me’morchiligi durdonalari hisoblanadi.
Kordova masjidining naqshindor shifti (gumbazi)
Qohira. Hasan masjidi
Musulmonlarning xattotlikdagi muvaffaqiyatlari hayratlanarli. Xattotlar ko‘plab yozish usullarini ixtiro qilib, ulardan yozilayotgan matn mazmuniga qarab foydalanishgan. Musulmonlar turmush madaniyati o‘zining nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan.
Ularning ayrim jihatlari keyinchalik yevropaliklar tomonidan qabul qilingan.
Hind madaniyati
Hind olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Ayrim hind shaharlarida osmon jismlarini kuzatish uchun rasadxonalar qurilgan.
Hind me’morchiligi o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turgan.
Ulardan eng mashhuri miloddan avvalgi II asrdan
– milodiy VII asrga qadar g‘or ichida o‘yib ishlangan Ajanta (Markaziy Hindiston) ibodatxonalari majmuasidir.
Ajanta ibodatxonasiga
o‘yib ishlangan rasm
Xitoy madaniyati.
Eng qadimgi yozuvlardan birini ixtiro
qilgan xitoyliklar, undan hozirga qadar foydalanib kelmoqdalar.
Xitoy imperatorlari saroyida VIII asrda olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilib, u keyinchalik Xanlin akademiyasi nomini olgan. Xitoyda dastlabki pantomima – imo teatri tashkil etilgan. Buddizmning tarqalishi nafaqat xitoyliklar hayotiga, balki ularning me’morchiligiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Tan sulolasi davrida tog‘da o‘yib
ishlangan Budda haykali
Savol va topshiriqlar 1. Nima sababdan Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar faoliyatlari ham «Jahon tarixi», ham «O‘zbekiston tarixi»da beriladi? 2. Xalifalikda ilm-fanning qaysi sohalari yuksak rivojlangan? 3. 49, 50, 51, 52-rasmlarni nimalar birlashtirishi va nimalar farqlashini qiyoslang. 4. Osiyo mamlakatlari madaniyatlaridagi o‘xshash va tafovutli tomonlar haqida fikr yuriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |