Osiyo iqlimi va uni hosil qiluvchii omillar



Download 101,26 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi101,26 Kb.
#688949
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi

4.Osiyo iqlim mintaqalari
Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil bo‘ladi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil bo‘yi bir xil havo massalari hukmron bo‘ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi: ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo‘tadil, subarktika va subantarktika, arktika va antarktika. Ekvatoril iqlim mintaqasi. Ekvatordan har ikki tomondagi 5-10° kengliklami o‘z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil davomida doimo harorat va namlik yuqori bo‘ladi. Havo harorati 24°C dan 28°C ga o‘zgaradi.Yiliga 1000-2000 mm yog‘in yog‘adi. Ko‘pincha havo issiq hamda rutubatli boiib, tez-tez momaqaldiroq turib, jala quyadi. (Amazonka havzasining g‘arbiy qismi, Kongo havzasi, Malayya to‘plam orollari). Mazkur iqlim quyidagi omillar ta’sirida tarkib topadi: a) yil bo‘yi issiqlik balansi yuqori. Bu yerda Quyosh radiatsiyasining 60% dan 75% gacha boigan qismi, ya’ni yiliga 80-120 kkal/sm2 issiqlik sarf bo’ladi; b) atmosferaning 10-12 kmli qalin qismida havo massalarining issiqlik konveksiyasi uzluksiz davom etadi. Issiqlikning 75% i bug’lanishga sarflanganligi tufayli harorat uncha baland boimaydi. Kechasi havo sovib, bug‘ hosil boiishiga ketgan yashirin issiqlik ajralib chiqishi tufayli sutkalik harorat farqi katta emas. Tuproqning juda semamligi, o‘simliklaming qalinligi, daryolaming juda ko‘pligi ham haroratning bir me’yorda turishiga yordam beradi. Havoning mutlaq namligi 30 g/sm3 gacha, nisbiy namlik 70-90% ga boradi. Bulutlik ancha katta, to‘p-to‘p va to‘p-to‘p momaqaldiroqli bulutlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari zich, sersuv. Okean va materik iqlimi bir xil. Subekvatoril iqlim mintaqasi. Havo massalari mavsumga qarab o‘zgaradi. Yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari kirib keladi. Yozda ekvatorial havo massalari kirib kelgani uchun mo‘l yomg‘ir yog‘adi. Qishda esa tropik havo massalari kirib keladi, shuning uchun qish quruq va yog‘insiz bo‘ladi, harorati yoznikidan deyarli farq qilmaydi. Materiklaming ichki qismlarida 1000-1500 mm, mussonlarga ro‘para tog‘ yonbag‘irlarida yillik yog‘in miqdori 5000-10000 mm.ga yetadi. Yog‘inlar asosan yozda yog‘adi. Qish quruq bo‘lib havo ochiq bo‘ladi. Subekvatorial iqlim mintaqasi ekvatorial iqlim mintaqasiga nisbatan katta maydonni egallab, ekvatorial iqlim mintaqasini har tomondan halqa sifatida o‘rab turadi. Ushbu iqlim mintaqasiga Janubiy Amerikada Gviana va Braziliya tog‘liklari, Markaziy Afrikaning Kongo daryosi havzasidan shimol, sharq va janubdagi qismi, Hindiston, Hindixitoy va Shimoliy Avstraliya kiradi. Tropik iqlim mintaqasi. Har ikkala yarimsharda joylashgan. Havo ko‘p vaqt ochiq bo‘ladi. Qish iliq bo‘lsa ham, yozdan ko‘ra ancha salqin bo‘ladi. Mazkur iqlim mintaqasi doirasida uch xil iqlim turi vujudga kelgan: materiklar markazidagi, materiklaming g‘arbiy chekkasi va sharqiy sohildagi iqlim. Materiklaming markaziy qismlarida cho‘l iqlimi vujudga kelgan (Sahroi Kabir, Arabiston, Tar cho‘li va Avstraliya). Havo bulutsiz bo‘lganligidan bu yerda Quyosh issiqligi ekvatordagiga qaraganda katta bo‘ladi, biroq qumning numi qaytarishi katta bo‘lgani uchun radiatsiya balansi 60 kkal/sm2dan oshmaydi. Cho‘llaming yuzasi quruq bo‘lganidan bug‘lanishgakam issiqlik sarflanadi, natijada issiqlikning 70% atmosferaga o‘tadi. Shu sababli cho‘llarda yoz jazirama bo‘ladi, juda katta hududni 30°C li izoterma o‘rab turadi. Materiklaming g‘arbiy qismlarida havo salqin bo‘lib, deyarli yomg‘ir yog‘maydi, havo juda nam bo‘ladi, sohillarga tez-tez quyuq tuman tushib, kuchli briz shamollari esib turadi (Atakama cho‘li, Sahroi Kabir cho‘lining g‘arbiy sohili, Namib cho‘li, Avstraliyaning g‘arbiy sohili). Nam tropik mintaqa ekvator yaqinida 10° shimoliy va janubiy kengliklar yaqinida vujudga kelgan. Sutkalik o‘rtacha harorat 25° dan 27° С gacha boradi. Yog‘in miqdori joy relyefi va boshqa omillarga Bog’liq holda yilda 2000 mm gacha boradi. Bu iqlimning muhim xususiyatlaridan biri fasllar deyarli farqlanmaydi. Subtropik iqlim mintaqasi. Shimoliy va janubiy yarimsharlarda 30° va 40° kengliklar oralig‘idagi hududlami o‘z ichiga oladi. Uning chegaralari qutbiy frontining shimoliy va janubiy chegaralari bilan aniqlanadi. Yozda qutbiy front shimolga, o‘rta kengliklarga siljiganda subtropik mintaqaning hamma qismlarida subtropik antitsiklonning issiq va quruq tropik havosi hukmron boiadi. Qishda qutbiy front janubga siljigan paytda mazkur mintaqada salqin va nam mo‘tadil havo massalari hukmron bo’ladi. Eng sovuq oyning harorati musbat bo’ladi, shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etadi. Subtropik iqlim mintaqasida to‘rtta iqlim turi ajratiladi: materiklaming ichki qismidagi arid, o’rta dengiz, musson va okean iqlimlari. Materiklaming ichki qismlaridagi subtropik arid iqlim uchun jazirama va quruq yoz xos (iyulning o‘rtacha harorati 30-32°C). Haroratning mutlaq maksimumi tropik chollarnikidan farq qilmaydi. O‘rta dengiz iqlimi yozi issiq va quruq, qishi iliq va yomgirli. Mazkur iqlim turi O‘rta dengiz sohillarida, AQSHning Tinch okean sohillarida (janubi-g‘arbida), Avstraliyaning janubi-g‘arbida, Chilida, Qrimning janubida tarqalgan. Subtropik musson iqlimi Osiyo va Shimoliy Amerikaning sharqiy qismlarida tarkib topadi. Qutbiy front janubga katta masofada kirib boradi. Shuning uchun subtropik kengliklar sovuq va quruq mo‘tadil havo massalari bilan ishg‘ol qilinadi. Qish sovuq va quruq boiadi. Yozda esa mazkur hududlarga okeandan nam tropik havosi kirib keladi va kuchli yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo’ladi. Subtropik okean iqlimi yumshoq va nisbatan namroq. Yozda havo musaffo, qishda esa yomgirli va shamolli boiadi. Mazkur iqlim okeanlaming subtropik kengliklarida tarqalgan. Mo'tadil mintaqa har ikkala yarim sharning 40° va 65° kengliklari oralig‘idagi hududlami o‘z ichiga oladi. Mazkur iqlimning eng muhim xususiyatlari yil davomida mo‘tadil havo massalarining va g‘arbiy shamollaming hukmronligi, siklonlar harakatining faolligi, iliq yoz va sovuq qish, qalin qor qoplami, okeanlarda esa suzib yuruvchi muzlaming ko‘pligidir. Haroratning o‘rtacha farqi shimolda 29°C, janubda 12°C. Mo‘tadil iqlim doirasida ham to‘rtta iqlim turi ajratiladi: materik ichkarisidagi kontinental, materik sohillaridagi yumshoq (dengiz), musson va okean iqlimlari. Materik ichkarisidagi kontinental iqlim Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Yoz iliq (shimolda) va issiq (janubda). Qish sovuq, qor qoplami qalin. Sharqiy Sibirda yanvaming o‘rtacha harorati - 40°C ga tushadi. Yillik harorat farqi 60° С va undan yuqoriroq. Atmosfera yog‘inlarimng miqdori ko‘p emas. Shimolda yog‘inlar bug‘lanishdan ko‘p, janubda esa bug‘lanish yog‘in miqdoridan ortiq. Yog‘inlar yil davomida yog‘adi, ammo ularning ancha qismi shimolda qishda yog‘sa, janubda esa bahorga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun o‘rmonlar janubda cho‘l bilan almashinadi. Materiklar chekkalaridagi yumshoq (“dengiz”) iqlim Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘oqlarida tarkib topgan. Yil davomida okeandan nam g‘arbiy shamollar esib turadi. G‘arbiy shamollar qishda iliq, yozda salqin bo‘ladi, yanvaming o‘rtacha harorati 0°C atrofida, doimiy qor qoplami hosil bo‘lmaydi. Yog'in miqdori ko‘proq va yil davomida bir tekis taqsimlangan. Bu yerda keng bargli o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Mo'tadil musson iqlimi. Yevrosiyoning Tinch okean sohillarida tarqalgan (shimoli-sharqiy Xitoy, Yaponiya, Rossiyaning Primore oMkasi va Saxalin). Yoz seryog‘in, qish sovuq, qor qoplami qalin. Yog‘inlaming 85-95% i yozga to‘g‘ri keladi. Mo‘tadil okean iqlimi semam, bulutli, harorat farqlari kam, g‘arbiy shamollar hukmron. Janubiy yarimsharda g‘arbiy shamollaming tezligi 10-15 m/sek. Qutblardan uzoqda faqat shimoliy yarimsharda (janubiy yarimsharning 50-60° kengliklari suvlikdan iborat) boreal iqlim shakllangan. Yozi salqin va nam, qish harorati juda past. Kanadaning Edmonton stan-siyasida iyulning o‘rtacha harorati 15°C ga yaqin, yanvarda -8°C kuzatilgan. Subarktika va Subantarktika iqlim mintaqalari. Yil davomida muz bilan qoplanib yotadi. Yog‘inlar kam, fasllar bo‘yicha haroratning farqi katta. Yozi salqin, tuman bo‘lib turadi. Quyidagi iqlim turlari ajratiladi: a) qishi nisbatan iliq iqlim (Bofort dengizi sohili, Baffin Yeri, Severnaya Zemlya, Novaya Zemlya, Shpitsbergen orollari, Taymir, Yamal yarimorollari); b) qishi sovuq iqlim (Kanada to‘plam orollari, Novaya Sibir orollari, Sharqiy Sibir va Laptevlar dengizi sohillari); d) qishi juda sovuq iqlim. Yoz harorati 0°C dan past iqlim (Grenlandiya, Antarktida). Qutblar yaqinida qutbiy zona iqlimi yaqqol namoyon boigan. Qutb doirasida qishda qutb kechasi va yozda qutb kuni (Quyosh gorizontdan ko‘tarilmaydi) bo’ladi va bu bir necha haftadan bir necha oygacha davom etadi. Harorat juda past. Grunt doimiy muzloqlardan iborat. Balandlik iqlim mintaqalari. Troposferada yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat pasayib boradi. Chunki atmosfera qatlamlari issiqlikni yer yuzasidan oladi. Yer yuzasining relyefi yetarli darajada baland bo’lgan joylarda yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat pasaya borishi natijasida balandlik iqlim mintaqalari hosil bo’ladi.
Osiyoning iqlimi boshqa materiklar iqlimiga qaraganda ancha xilma-xil. Materik iqlimining xususiyatlari, avvalo, Yevrosiyo hududining shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab juda katta masofaga cho‘zilganligiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, okeanlardan keladigan havo massalariga va relyefiga bog‘liq. Geografik kenglikning iqlimga ta’siri. Quruqlikning shimoldan janubga qarab uzoq masofaga cho‘zilganligi issiqlikning taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. siyoda iyul oyining o‘rtacha harorati ancha yuqori. Uning shimolida bu harorat +12°C ga va janubida +28°C ga teng. Arabiston yarimorolida esa +32 °C ni tashkil etadi. Qish materikning g‘arbida iliq, lekin shimoli-sharqida juda sovuq bo‘ladi. Ayniqsa, Sibirda yanvar oyining o‘rtacha harorati –48 °C gacha pasayadi. Ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda –71 °C ga tushib ketgan. Shuning uchun bu yer Shimoliy yarimsharning „sovuqlik qutbi“ deb ataladi. Qish Yevropaning janubi-g‘arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq (+20 °C) bo‘ladi. Asosiy iqlim elementlaridan hisoblangan yog‘in miqdori ham materik ichkarisi tomon kamayib boradi. Dunyodagi eng ko‘p yog‘in tushadigan joy Hindistondagi Cherrapunja qishlog‘idir. Bu yerda o‘rta hisobda yiliga 12 665 mm yog‘in yog‘adi. 1856- yilda bu yerga 23 000 mm ga yaqin yog‘in tushgan. Okeanlarning iqlimga ta’siri. Yevrosiyoda iqlim sharoiti faqat kenglik bo‘ylab o‘zgarib qolmasdan, balki g‘arbdan sharqqa tomon ham o‘zgaradi. Iqlimning bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismi doimo Atlantika okeanidan keladigan iliq va nam dengiz havo massasi ta’sirida bo‘lganligidir. Natijada, G‘arbiy Yevropada yog‘in ko‘p yog‘adi, qish ancha iliq, yoz esa salqin bo‘ladi. Sharqqa borgan sari dengiz havo massasining tarkibida namlikning kamaya borishi natijasida yog‘ingarchilik miqdori ham kamayadi, iqlimning kontinentalligi orta boradi, yoz oylarining harorati ko‘tariladi, qishning harorati esa juda pasayadi, natijada qish va yoz oylarining haroratlari o‘rtasida katta farq vujudga keladi. Yozda Tinch okeandan keladigan dengiz havo massasi, ya’ni yozgi musson shamollari o‘zi bilan ko‘p miqdorda yog‘in keltiradi. Qishda materik ustida, ayniqsa, Markaziy Osiyoning katta qismida yuqori havo bosimi markazi tarkib topadi, natijada ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, yog‘in kam tushadi, sovuq havo hukmronlik qiladi. O‘zbekiston hududida ham ana shunday ob-havoning kuzatilishiga Markaziy Osiyodan kirib keladigan havo sababchidir. Relyefning iqlimga ta’siri. Yevrosiyo Yer yuzasining tuzilishi ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va sovuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Yevrosiyo tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham o‘zgaradi. Balandlik iqlim mintaqalari Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan, Himolay kabi tog‘larda ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Tibet va Pomir tog‘liklaridagi iqlim baland tog‘ iqlimi bo‘lib, yozining iliqligi, qishining qattiq sovuqligi va atmosfera yog‘inlarining juda kam yog‘ishi bilan boshqa joylardan farq qiladi.
Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika iqlim mintaqalari kiradi. Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning Arktikadagi orollarini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan qismini ishg‘ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1 +3 °C) bo‘ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi juda qisqa bo‘lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz ko‘tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi. Qishning o‘rtacha harorati (–40 °C) past bo‘lib, qor bo‘ronlari takrorlanib turadi. Yillik yog‘in 50 — 100 mm atrofida qor shaklida yog‘adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qoplangan. Subarktika iqlim mintaqasi g‘arbda Skandinaviya yarimorolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom etadi. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4°C dan +14°C gacha ko‘tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kunlar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200—400 mm atrofida yog‘in tushadi. Mo‘tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini egallab olgan. U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib, sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo‘tadil mintaqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan keladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘tadil iqlim mintaqasining dengiz, mo‘tadil-kontinental, kontinental va musson iqlim tiðlari hosil bo‘ladi. Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladigan iliq havo massalarining ta’siri tufayli qish yumshoq, yoz salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0 °C atrofida, iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1 000 mm dan oshadi. Mo‘tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘tadil mintaqaning musson iqlim tiðini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo‘ladi (yillik yog‘in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to‘g‘ri keladi), qishda esa aksincha, yog‘in kam tushadi (100 mm).

Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, subekvatorial (2 tadan) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat. Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi Pireney yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan qismini egallaydi. Yozda tropik havo, qishda esa mo‘tadil havo massalari hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massalari ta’sirida harorat +30 +35 °C gacha ko‘tariladi, havo ochiq bo‘ladi, yomg‘ir juda kam yog‘adi. O‘rta dengiz sohillarida qish iliq bo‘ladi. Yomg‘ir tez-tez yog‘ib turadi, havoning o‘rtacha harorati hamma joyda 0 °C dan yuqori. Shuning uchun o‘simliklar vegetatsiyasi (o‘sishi) yil davomida to‘xtamaydi. Yomg‘irni Atlantika okeanidan esadigan g‘arbiy nam shamollar keltiradi. Bu subtropik iqlim tiði O‘rta dengizbo‘yi iqlimidir. Gruziyaning Qora dengiz sohillarida ham nam subtropik iqlim tarkib topgan. G‘arbdan sharqqa, materik ichkarisi tomon borgan sari havoning namligi kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada subtropik mintaqaning o‘rta qismida subtropik kontinental iqlim tarkib topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kam, 100 — 150 mm atrofida yog‘adi. O‘rta Osiyoning janubiy qismlari iqlimi ana shunday iqlimga to‘g‘ri keladi. Ozarbayjonning Kaspiybo‘yi tekisliklari, Turkmaniston, O‘zbekistonning janubi quruq subtropik hududga kiradi. Materikning sharqiy — Tinch okean sohilidagi subtropik mintaqada mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson iqlimi vujudga keladi. Tropik iqlim mintaqasi Arabiston yarimoroli, Eron tog‘ligi va Hind daryosi havzasini egallaydi. Mintaqaning janubida yil davomida quruq va issiq kontinental tropik havo massalari tarkib topadi. Yozi juda issiq (+30 +35 °C), qishi iliq (+18 +24 °C) bo‘lib, 500 — 1000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Subekvatorial iqlim mintaqasi Hindiston yarimorolining markaziy va sharqiy qismidan Tinch okeanga qadar davom etadi. Xitoyning janubiy qismi (25° sh. k. gacha), Filiðpin orollari ham shu mintaqaga kiradi. Bu hududlarga musson iqlim tiði xos. Yog‘in ko‘p yog‘adi. Yer sharining eng ko‘p yog‘in yog‘adigan joyi bo‘lgan Cherrapunjada yillik yog‘in 12 000 mm dan oshadi. Ekvatorial iqlim mintaqasi Shri-Lanka oroli bilan Malakka yarimorolining janubiy qismlari hamda Osiyoning janubi sharqidagi orollarni qamrab oladi. Bu mintaqada yil davomida harorat yuqori (+24 °C), yog‘in mo‘l (3 000 mm dan ko‘p) bo‘ladi. Janubiy subekvatorial mintaqaga Yava orolining yarmi va undan sharqdagi orollar, Yangi Gvineya orolining janubi g‘arbi kiradi. Iqlimi ekvatorial mintaqa iqlimiga o‘xshash. Faqat yog‘inlar miqdori biroz kam (1 000 — 2 500 mm). Demak, Yevrosiyoda beshta issiq iqlim mintaqasi shakllangan bo‘lib, subtropik mintaqa nisbatan eng ko‘p maydonni egallasa, janubiy subekvatorial mintaqa Osiyoda kam maydonda shakllangan.
Download 101,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish