Parxish orqali ko'payish. Parxish usulida ko'paytirilayotgan o'simlik novdasi yerga egilib, uning o'rtarog'i yoki ildiz ortirishga mo'ljallangan qismi 40-50 sm chuqurlikga ko'miladi. Bunda parxish qilingan novdaning uchki qismi ochiq bo'ladi va rivojlanishda davom etadi. Novda ildiz otganligiga ishonch hosil qilingach asosiy o'simlikdan qirqib ajratiladi.
Umuman olganda o'simliklarni vegetativ ko'paytirish usullari ham qishloq xo'jaligida keng qo'llanilib kelinadi. O'simliklarning evolyutsiya mobaynida shakllangan va rivojlanib kelgan eng yaxshi xususiyatlaridan biri ham ularning vegetativ ko'paya olish xususiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |