II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash(5daqiqa)
III.Yangi mavzuni tushuntirish(20daqiqa)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash(13daqiqa)
V.O`quvchilarni baholash(3daqiqa)
VI.Uyga vazifa berish(2daqiqa)
I Tashkiliy qism :
Salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish.
Sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lish,o`quvchilar mevalar rasmi tushurilgan varaqchalarni olib 3guruhga bo`linadilar.
1-guruh-Limon
2-guruh-Olma
3-guruh-Anor
Bizning maqsadimiz :
,,Kelib ketma,o`qib ket,
O`qib ketma,uqib ket’.
Burchimiz:: Onamizday mehribon,
Bergan shuncha ne`matni.
Ko`zimiz qorasiday,
Asraymiz tabiatni!
O`qituvchining kirish so`zi.
Assalomu alaykum aziz ustozlar va o`quvchilar !!!Tabiat rang-barang o`simliklar olamisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.Bu o`simliklarni jazirama cho`llardan tortib,to baland tog`lar cho`qqisigacha bo`lgan joylarda uchratishimiz mumkin.
Shu o`rinda ma`lumot o`rnida aytishimiz mumkinki,yer yuzida o`simliklarning 500.000 dan ortiq turi ma`lum.
O`zbekistonda tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning 4500 turi malum.
II- O’tgan mavzuni mustahkamlash
Savollar
1.O’simlik qachon nafas oladi ?
2.Fotosintez jarayonini tushuntiring.
3.Barg og’ozchalari qachon ochiq bo’ladi ?
4.Fotosintez natijasida nima hosil bo’ladi ?
BARGLAR SUV BUG`LATISINI
AHAMIYATI
SUV BUG`LATISH O`SIMLIK
ORGANLARI QIZIB KETISHDAN SAQLAYDI
SUV BUG`LANISHI TUFAYLI
ILDIZ SUV VA MINERAL
TUZLARNI SO`RILISHI
TEZLASHADI
0‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan у ana biri suv bug‘latishdir. Suv bug‘lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlaming so‘rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo‘ylab harakat qiladi. Suv bug‘latish o‘simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi.Bum tajribada oson tekshirib ko‘rish mumkin. Masalan, gultuvakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og‘zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin (64-rasm). Bu o‘simliklar bargidan bug" shaklida ajralgan suvdir.
Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi. Bir tup o‘simlikdagi barglar qancha suv bug‘latishini hisoblab chiqish mumkin.
Buning uchun o‘simlikning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qo‘yib pallalar muvozanatga keltiriladi. Barglar suvni bug‘latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko’tariladi. Oradan bir sutka o'tgandan keyin tarozi pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug‘langanligi aniqlanadi. 0‘simliklar turiga va qayerda o‘sishiga qarab tuproqdan ola- digan suvni turli darajada bug‘latadi. Issiq va quruq sharoitda o‘sadigan o‘simliklar suvni nisbatan kam bug‘latadi. Chunki ayrim cho‘l o‘simliklarining barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda) yoki shaklini o'zgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan. Boshqa bir tur o‘simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug‘latadi. Ayrim cho'l 0‘simliklari (shuvoq, qora boyalich va boshqalar) suvni kam bug‘latishi uchun yoz oylarida barglarini to‘kib yuboradi.
Olimlarning aniqlashicha bir tup g‘o‘za yoz davomida o‘z vaznidan 500-600 hissa ko‘p suv bug‘latadi.
Bir tup makkajo‘xori yoz davomida 64-rasm. Bargning bug‘latgan suv 200 I ga to‘g‘ri keladi. suv bugslatishi
Bir tup o‘rta yoshdagi (30-40 yillik) shirinmiya (qizilmiya) yoz davomida 500-600 I suv bug‘latadi. Suv bug‘lanishi jarayoni barglardagi og‘izchalar orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |