Greyg lolasi - T. gregii - Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo‘lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog‘larning quyi qismidagi yonbag‘irlarda ochiladi yirik gulli, ko‘rkam o‘simlik. Bo‘yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to‘q binafsha rangli dog‘lari bor. Guli bitta, yirik sarg‘ish - qizil osti qora dog‘li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug‘idan va piyozidan ko‘payadi. Urug‘dan o‘sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o‘sgani esa 4-5 yilda gullab urug‘ beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O‘zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |