O'simliklarning ekologik guruhlari. Antropogen faktorlarning o’simliklarga tasiri biotik osimliklarni osimliklarga ta’siri. Reja


O`simliklar haroratga moslanishgan guruhlari



Download 1,15 Mb.
bet3/14
Sana01.01.2022
Hajmi1,15 Mb.
#300288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
osimliklar

O`simliklar haroratga moslanishgan guruhlari

O`simliklar haroratga moslanishi bo`yicha quydagi guruhlarga ajratiladi:

1. Termofil o`simliklar – issiqni sevuvchi megaterm o`simliklardir. Bu guruhga yuqori haroratli joy hamda tropik, subtropikaning quruq quyoshli yerlariga moslashgan o`t-o`simliklar, butalar, daraxtlar, madaniy o`simliklar kiradi.

2. Kriofil o`simliklar – bu guruhga sovuqqa chidamli, mikroterm, harorati past joylarga moslashgan o`simliklar kiradi. Ularning optimal hayot faoliyatlari past haroratda o`tadi. Bu guruh o`simliklarga tundraning lishayniklari, moxlari, doim yashil ninabargli butalar, yuqori tog`li rayon o`simliklari, qor va muz ustida rivojlanayotgan ayrim suvo`tlar, bakteriyalar kiradi.

3. Mezoterm o`simliklar guruhining vakillari harorat o`rtacha bo`lgan yerlarga moslashgan o`simliklardir. Haroratning chidamlilik nuqtasiga qarab, mezoterm o`simliklar o`simliklar sovuqqa chidamli va issiqqa chidamli guruhlarga bo`linadi.

Issiqlik yetishnasligi bo`yicha o`simliklar quyidagi ekologik guruhlarga bo`linadi:



  1. Sovuqqa chidamsiz o`simliklar harorat pasayib ketgan vaqtda zararlanadi yoki nobud bo`ladi. Bu guruhga tropik o`rmonlar, ularning o`simliklari, issiq dengiz suvo`tlari va ayrim zamburug`lar kiradi;

  2. Muzlashga chidamsiz o`simliklar mutloq past haropratga hamchidamsiz bo`lib, ular to`qimalarida muz hosil bo`lishi bilan nobud bo`ladi;

  3. Muzlashga chidamli o`simliklar iqlimning fasllar bo`yicha o`zgarishiga moslashgan. Juda yuqori darajada sovuq bo`lganda o`simliklar, (daraxt, butalar)ning yer ustki qismi muzlasa ham ularning hayotchanligi saqlanib qoladi. Hujayra protoplasmasining chiniqishidagi harorat -15oC, -20o, -35oC ga pasayganda ham chidamlilik, hayotchanlik darajasini yo`qotmaydi.

O`simliklarning yuqori haroratga moslashishi ham fasllar bo`yicha o`zgarish kuzatiladi, lekin juda katta amplituda bo`lmaydi va o`simliklar rivojlanish davrlari bilan boshqariladi.

Bunday holatlar o`simliklarning evolyutsion rivojlanish jarayonida muhitga moslashish natijasida yuzaga keladi.



  1. Psixrofitlar - shimoliy kengliklarning namli, sovuq joylariga moslashgan o`simlik bo`lib, ular yuqori tog`li tumanlarda ham uchraydi.

Bu guruh o`simliklar sovuq, harorati past sharoitda tuproqning fizikaviy quruq bo`lganligi sababli, undagi namlikdan yaxshi foydalana olmaydi. Psixrofillarga shimoliy ninabarglilardan: Sibir qarag`ayi, qora qarag`ay, kedr, sadaqayrag`och, ayrim buta va bytachalar kiradui.

  1. Kriofitlar – guruhiga sovuqqa chidamli, mikroterm, haarorati past joylarga moslashgan o`simliklardir. Ular tundraning quruq joylari, tosh to`plamlari orasi, yuqori to`g`li sovuq cho`llarda uchraydi.

Bu guruh o`simliklar uchraydigan joylarda harorat kun davomida keskin o`zgarib turadi, quyosh radiatsiyasining tushishi tufayli katta va haddan ziyod kuchli shamol bo`lib turadi. Shunday sharoitda o`simliklarning yostiqsimon shakllari, masalan, akantolimon, azorella turlari, teresken, ayrim hollarda yer bag`irlab o`sadigan daraxtlar (O`rta Osiyo sharoitida archa – Juniperus Turkestanika Kom., tundrada qutb toli, pakana qayin) misol bo`ladi.

O`simliklarn harorat omiliga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:

1) terofillar - bular yuqori haroratga chidamli, issiqsevar o`simliklar kiradi. Ular asosan mo`tadil, tropic, subtropik va ekvatorial mintaqalarda o`sadi.

2) Psixrofillar – past harorratga chidamli o`simliklar, sovuqsevar o`simliklar bo`lib, bularga shimoliy arktik, subarktik, tundra va taiga o`rmonlarida hamda baland tog` mintaqalarida o`sadigan o`simliklar kiradi. Masalan, lishayniklar, moxlar, bir hujayrali suvo`tlar, qutb toli, qutb ko`knorisi va boshqalar. Ularning sovuqqa chidamliligi protoplazmasida va hujayra shirasidagi konsentratsiya bilan bog`liq.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish