Rossiyaning Evropa qismida No’xat qo’ng’izi tuxumining samarali paraziti sifatida uskana – Uscana cenex (Hymonoptera turkumi, Trichogrammetidae oilasi) qayd qilingan (Migulin va b., 1983). Uskana oligofag, u esparset, tanjer burchog„i, yasmiq, akatsiya va boshqa donxo’rlar tuxumlarida ham parazitlik qiladi. Qo’ng’izlik fazasida asosan No’xat qo’ng’izi tuxumi ichida qishlaydi. Parazit boshqa donxo’r qo’ng’izlar tuxumida rivojlanganida ular yashash statsiyalarida qishlaydi. Yil davomida uskana to’rt va undan ortiq avlod berib rivojlanadi.
Urg’ochilari No’xat gullashidan 10 kun oldin tuxum qo’ya boshlaydi. Uning 1-avlodi esparset qo’ng’izi tuxumida rivojlanadi.
Mabodo uskananing uchib chiqish muddati No’xat erta navlarining gullash davriga to’g’ri kelsa, unda parazit No’xat qo’ng’izi tuxumlarini 65-70% gacha zararlaydi. Odatda esa bahorgi erta navli no’xatda No’xat qo’ng’izi tuxumi 30% atrofida uskana bilan zararlanadi. Yoz mavsumida parazit rivojlanishi 14-16 kun davom etadi. Parazit 3-avlodining rivojlanishi No’xat o’rimiga to’g’ri keladi. SHuning uchun parazit 3-4-avlodlarining rivojlanishi boshqa donxo’rlar tuxumlarida o’tadi.
Kechki No’xat navlarida avgust oyida No’xat qo’ng’izining parazit bilan zararlanishi 70-85% gacha etadi.
No’xat qo’ng’izi lichinkalarida pardasimonlilar turkumiga oid hasharotlarning 2 turi dinarmus – Dinarmus (Bruchobius) laticeps (Pteromalidae oilasi) va eypelmyc – Eupelmus microzonus (Euphermidae oilasi) parazitlik qiladi.
Dukkaklilar va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarida nabidi oilasiga mansub yirtqich qandalalar keng tarqalgan. Ularning muhim turlaridan ayniqsa kulrang ovchi (Nabis ferus L.) dominant hisoblanadi.
Kulrang ovchi – Nabis ferus (Hemiptera turkumi, Nabidae oilasi) .
Voyaga etgan fazasida ko’p yillik o„tlarda, kuzgi g„allasimonlarda, o’rmon chekkalari va o’rmon ihota daraxtzorlarida qishlaydi. Ular bahorda ekinzorlarga ko’chadi. Jinsiy qo’shilgach, Urg’ochi qandalalar o’simlik poyasi ichiga qatorlab guruhda 25 tadan tuxum qo’yadilar. Optimal sharoitlarda (havo nisbiy namligi 6070%, sutkalik o’rtacha harorat 16-180S) tuxum rivojlanishi 10-15 kun, lichinkalik davri 30-40 kun davom etadi.
Yirtqichlarning asosiy ozuqasi o’simlik bitlari va tripslar hisoblanadi. Jumladan bitta voyaga etgan qandala zoti bir sutka davomida o’rtacha 11 o’simlik biti bilan oziqlanadi (Shamuratova, 2002). SHu bilan bir qatorda nabidlar qo’ng’izlar lichinkalari, tunlamlar tuxumlari va mayda qurtlari hamda qalqonli qandalalar tuxum va lichinkalari bilan ham oziqlanib, ularning sonini keskin kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |