- Hamma mikrobli preparatlar kukun, pasta, dust, granula, kapsullangan poroshoklar yoki kristallar kо‘rinishida ishlab chiqariladi. Turli xil formadagi bu preparatlarni ishlatish mobaynida ularning samaradorligini oshiruvchi emulgatorlar, erituvchi va yopishqoq qо‘shilmalar ishlatildi.
- Sanoatda ishlab chiqariladigan hamma mikrobli patogen preparatlar ichida bakteriyali preparatlar eng kо‘p ishlatiladigan va keng tarqalgan preparatlar hisoblanadi. Ular о‘zlarining zararli hasharotlarga nisbatan yuqori darajadagi virulentligi, tevarak-atrofdagi fauna va flora uchun umuman bezararligi, zararkunandalarga nisbatan yetarli darajada yuqori tezlikda ta’sir qila olishi bilan ajralib turadi. Dunyo amaliyotida zararli hasharotlarga qarshi kurashda 160 dan ortiq entomopatogen bakterial preparatlardan foydalaniladi.
- Hamma entomopatogen bakteriyalardan tо‘liqroq о‘rganilgani grammusbat bakteriya Bac.thuringiensis hisoblanadi. Bu bakteriya hasharot tanasiga kirib, uning tanasida septitsimiya yuzaga keltiruvchi spora hosil qilish bilan bir qatorda, uning asosida tayyorlangan preparatning samaradorligini oshiruvchi bir qator toksinli birikmalar hosil qiladi.
Bakteriyalardan olinadigan entomopatogen preparatlar - Bu bakteriyalarda ishlab chiqariluvchi toksinli mahsulotlar orasida 4 xil komponent ajratiladi:
- a) b – ekzotoksin yoki S-fosfolipaza-о‘suvchi bakteriya hujayrasi mahsuloti,
- b) v – ekzotoksin yoki issiqlikga (termostabil) chidamli toksin. Bu toksin tarkibiga bir xil mikdorda adenin, riboza va fosfor kiradi. Uning ta’siri nukleotidaza va ATF bilan bо‘lgan DNKga bog‘liq RNK-polimerazani ishini tо‘xtatib, RNK sintez bо‘lishini tо‘xtatishga olib keladi. Toksin hasharotlarga bо‘lgan keng ta’sir doirasi bilan xarakterlanadi, ayniqsa, uning boshlang‘ich rivojlanish davrida.
Bakteriyalardan olinadigan entomopatogen preparatlar - v) g – ekzotoksin. Bu hozirda kam о‘rganilgan komponent bо‘lib, identifikatsiya qilinmagan ferment. Bu toksinni ta’sir mexanizmi tо‘liq isbotlanmagan.
- g) d - endotoksin yoki parasporali kristall endotoksin. Ularning о‘lchami 0,5x1,3 dan 1,0x3,5 mkm gacha о‘zgarishi mumkin. Ular organik eritmalarda erimaydi. Kristallar 100°Sgacha qizdirilganda 30-40 min.dan keyin parchalanadi va о‘zlarining toksinli ta’sirini yо‘qotadi. Kristallar kimyoviy tarkibi uglerod, azot, vodorod, kislorod, oltingugurt kabi moddalardan tashqari yana 19 ta elementdan iborat. Binobarin, yetarli miqdorda kalsiy, magniy, kremniy, temir, oz miqdorda nikel, titan, rux, alyuminiy, xrom, mis, marganets ham mavjud bо‘lib, fosfor deyarli yо‘q. Kristallning tarkibiy yaxlitlash oqsillarning kremniy bilan bog‘langanligi orqali ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |