1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug’lilar. Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag’aylar tartibiga bo’linadi. Qarag’aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko’mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. YUra davrida barq urib rivojlangan. Qarag’aylarning 560 turi mavjud bo’lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo’linadi. Qarag’aylar oilasi Pinaceae. Qarag’aylar oilasi vakillari MDH xududida keng tarqalgan o’simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag’ay - sosna, qoraqarag’ay - yel, Tilog’och - list vennitsa, Oq qarag’ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo’lib, mutyovka shaklida yoki juft bo’lib joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo’lib, yon ildizlar hosil qiladi. Qarag’ay bir uyli ayrim jinsli o’simlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |