Bog'liq O’simliklarni individual rivojlanishini tahlil qilish
MINERAL OZIQLANISH. O’simliklarning mineral oziqlanishi ham o’sish jarayonida katta ahamiyatga ega. Zarur elementlarning birontasini chiqarib tashlash avvalo o’sishning to’xtashiga keyinchalik esa nobud bo’lishiga olib keladi. Ammo mineral elementlarning ko’p bo’lishi ham o’sish samaradorligini ancha pasaytirishi mumkin. Ayniqsa azot miqdori ko’p bo’lishi o’simlikning yer ustki qismlarining o’sishini juda tezlashtirib yuboradi. Bu esa vegetasiya davrining cho’zilishiga va urug’lar pishishini kechikishiga olib keladi. Azotning yuqori konsentrasiyasi hujayralarning differensiasiya fazasini kechiktiradi va natijada gullarning hosil bo’lishi ham ancha kech boshlanadi.
Shuning uchun ham o’g’itlardan foydalanish jarayonida vegetativ a’zolarning bir yoqlama o’sib ketishiga yo’l qoymaslik zarur.