О‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati Nafas olish koeffitsiyenti



Download 130,5 Kb.
bet6/9
Sana13.06.2022
Hajmi130,5 Kb.
#661074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nafas olish

ANAEROB NAFAS OLISH. Uglevodlarning anaerob sharoitda parchalanishi glikoliz ham deb ataladi. Bu jarayonda juda kam miqdorda energaya ajralib chiqadi va oxirgi bosqich mahsuloti pirouzum kislotasi hosil bо‘ladi. Glikoliz anaerob nafas olish va bijg‘ish jarayenlarining boshlang‘ich bosqichidir.
О‘simliklar tarkibidagi nafas olish jarayenining asosiy mahsuloti bо‘lgan monosaxaridlarning reaksiya qobiliyati ancha past bо‘lib, keyingi almashinuv jarayonida ishtirok etish uchun ularni biroz energiya bnlan ta’minlash zarur. Bunga monosaxaridlarni energiyaga boy bо‘lgan birikmalar bilan reaksiyaga kiritish va fosforli efirlar hosil qilish yо‘li bilan erishiladi. Monosaxarialarning fosforli efirlari (masalan, glyukoza-6-fosfat) ancha faol reaksiya qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham glikolizning birinchi bosqichida glyukoza geksokinaza fermenti ishtirokida fosforlanadi va glkjoza-b-fosfatga aylanadi. Buning uchun bir molekulaATFsarflanadi. Glyukoza-b-fosfat fosfoglyukomugaza fermenti ishtirokida izomerlanib, fruktoza-6-fosfatga aylanadi. Fruktoza -6-fosfat ikkinchi marta fosforlanib, frukgoza-1, b-difosfosfatga aylanadi. Bu jarayovda fosfofrukgokinaza fermenti ishtirok etadi va yana bir molekula ATF sarflanadi.
Navbatdagi reaksiyada fruktoza-1, 6-fosfat aldolaza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidi va fosfodioksiatsetonga parchalanadi. Fosfo-dioksiatseton osonlik bnlan triozofosfztizomeraza fermenti ishtirokida 3-fosfoglitserin aldegidiga aylanadi. Bu yerda reaksiyalar ikkita uch uglerodli birikma hosil bо‘lishi bilan borganligi uchun bu yо‘l dixotomik oksidlanish xam deyiladi. Glikolizning ikkinchi bosqichi 3-fosfoglitserin alde-gidining oksidlanib 3-fosfoglitserat kislotaga aylanishidan boshlanadi. Bu glikolizning asosiy reaksiyalaridan biri bо‘lib, unda trizafosfatdegidrogenaza ishtirok etadi. Bufermentning faol qismini NAD tashkil qiladi. Reaksiyalarda ADF va fosfat kislota ishtirok etib,
ATF hosil bо‘ladi. Reaksiya davomida hosil bо‘lgan atsilferment fosforolizga uchraydi va natijada makroergik karboksifosfatga ega bо‘lgan 1,3- difosfoglitserat kislota hosil bо‘ladi. 1,3- difosfoglitserat kislota ADF bilan qayta fosforlanib, ATF va 3- fosfoglitserat kislota hosil bо‘ladi.
Glikolizning oxirgi bosqichida 3-fosfoglitserat kislota fosfoglitseramutaza fermenti ishtirokida izomerlanib, 2-fosfoglitserat kislotaga aylanadi va u bir molekula suvni ajratib, fosfopiruvat kislotaning yenol shakliga aylanadi. Bu reaksiyada yenolaza fermenti ishtirok etadi. Fosfoyenolpiruvat о‘z navbatida, piruvatkinaza fermenti ishtirokida ADF bilan reaksiyaga kirishib, ATF hosil bо‘ladi. Yenolpiruvat kislota pirouzum kislotaga aylanadi:
Natijada nafas olishning boshlang‘ich anaerob bosqichi pirouzum kislotaning hosil bо‘lishi bilan tugaydi. Birmolekula glyukozaning oksidlanishi natijasida ikki molekula pirouzum kislota hosil bо‘ladi.
Bu reaksiyalar natijasida energiyaga boy bо‘lgan birikmalar: 4 mo-lekula ATF va 2 molekula qaytarilgan NAD.N2 hosil bо‘ladi. NAD va NAD.N2 molekulalari tarkibida ham makroergik bog‘lar mavjud. Lekin glikolizning birinchi bosqichida ikki molekula ATF sarflanadi. Shuning uchun ham bu bosqichda ikki molekula samarali ATF ajraladi deb hisoblash mumkin. Har bir molekula NADN ning mitoxondriyalarda oksidlanishi natijasida ajralgan kimyoviy energiya ham uchta ATF ga teng. Demak, ikki molekula NADNning energiyasi xam 6 molekula ATF ga teng. Shunday qilib, glikoliz jarayonida ajralib chiqqan umumiy foydali energiya sakkiz molekula ATF ga teng bо‘ladi. Har bir ATF ning energiyasi 10 kkal deb hisoblasak, u holda glikoliz jarayonida ajralib chiqqan energiyaning umumiy miqdori 80 kkal.ga teng bо‘ladi.

Download 130,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish