Hujayraning ko`payishi
O`simlik hujayrasi asosan 2 xil yo`lda bo`linib ko`payadi.
1. Oddiy yo`lda bo`linish. Amitoz
2. Murakkab bo`linish. Mitoz
Bakteriyalar hamda ba`zi suv o`tlari oddiy yo`lda bo`linib ko`payadi. Prof. Karolinskaya 1947 yil gulli o`simliklarning ham ba`zi birlari oddiy yo`lda bo`linishligini ko`rsatadi.
Buni piyozni po`stida va ba`zi bir o`simliklarning poyasida ko`rish mumkin. Hujayraning murakkab yo`lda bo`linishi o`z galida 2 ga bo`linadi.
1. Kariokinez yo`lda bo`linish.
2. Reduksion yo`lda bo`linish.
O`simliklarning vegetativ organlarining (ildiz, poya, barg) hujayralari Kariokinez yo`lda ko`payadi. O`simlikning generativ organlari (gul, meva, urug`) ning hujayralari reduksion yo`lda bo`linadi.
Kariokinyez.
Kario - yadro, kinez - o`zgarish. Hujayraning kario-kinez yo`lda bo`linib ko`payishini 1874 yilda Moskva universitetining prof. Chistyakov topdi. Hujayra kariokinez yo`lida bo`lingan, o`z boshidan 4 ta davrni kechiradi:
1. Profaza
2. Metofaza
3. Anafaza
4. Telofaza
Yadro profazada yadroning xromatin moddadan xro-mosoma vujudga keladi. Xromosomaning borligini 1871 yilda Moskva universitetining prof. Chistyakov topgan. Xromasomaning soni har xil o`simlik hujayrasida har xil bo`ladi. Xromosomaning shakli taqasimon bo`ladi. Xromasomaning bo`yi 20 mk, eni 3 mk. Xromasomaning soni va sifatini tashqi muhit hamda odamlar ta`sirida o`zgartirish mumkin. Rus olimlari xromasoma sonini o`zgartirish bilan bahorgi bug`doyni kuzgi bug`doyga aylantirganlar.
(bahorgi) 28 ta xromosoma
(kuzgi) 42 ta xromosoma
Metafaza yadroning pardasi va yadrocha erib ketadi.
Xromosomalar hujayraning markaziga to`planadi. Bu fazada xromosomalar uzunasiga har qaysisi o`rtasidan 2 ga bo`linadi. Demak, xromosomalarning soni 2 marta oshdi.
Anafaza xromosomalarning yarmi hujayraning bir tomoniga, ikkinchi yarmi 2 tomoniga joylashadi. Xromosomalar bir - birlari bilan axromatin iplari yordamida tortilib turadi. Demak, bu faza xromosomalar hujayralarning 2 ta qutbiga joylashadi.
Telefazada hujayraning har ikkala tomonidan 1 tadan 2 ta yadro hosil bo`ladi. Shundan so`ng hujayra o`rtasidan 2 ga bo`linadi. Natijada, «bitta ona hujayradan 2 ta qiz hujayrasi hosil bo`ladi».
Ona hujayraning xromosomalarining soni qiz hujayralarining xromosomalar soni bilan teng bo`ladi.
Mitoz fazalari va sitokenez. 1-interfaza, 2-3-profaza, 4-metafaza, 5-anafaza, 6-7- telofaza, 8-sitokenez, 9- qiz hujayra
Reduksion
Hujayraning reduksion yo`lda bo`linishi 2 tipdan iborat:
1. Geterotipik
2. Gomeotipik
Reduksion bo`linishda ham yadro 4 davrni boshidan kechiradi: Reduksion bo`linishning geterotipik tipida metafazada xromasomalar 2 ga bo`linmaydi. Shuning uchun ham geterotipik bo`linishning oxirgi davri telofazada hosil bo`lgan qiz hujayralarda xromasoma-larning soni ona hujayrasinikidan 2 marta kam bo`ladi. Hosil bo`lgan hujayra diploid reduksion bo`linishning gomeotipik tipda hosil bo`lgan qiz hujayralar yadrosi yana bo`lina boshlaydi. Bu bo`linish kariokinezga o`xshash bo`ladi, ya`ni metafazada xromasomalar o`rtasidan 2 ga bo`linishadi. Bu tipda 1 ta ona hujayradan 4 ta qiz hujayra hosil bo`ladi. Bu hujayralarning tetrada deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |