O‘simlik parazit chuvalchanglari



Download 8,66 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi8,66 Kb.
#910749
Bog'liq
O‘simlik parazitlari


O‘simlik parazit chuvalchanglari.
Fitogelmintlar, fitonematodalar — oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi toʻgarak chuvalchanglarning umumiy nomi. Nematodalar sinfiga mansub. 10000 dan ortiq, jumladan, Oʻzbekistonda 700 ga yaqin turi maʼlum. Gavdasining uz. 0,2—5 (baʼzan 11) mm, yoʻgʻonligi 10—100 mkm. Oʻsimlikning yer ustki yoki yer ostki qismidagi turli organlarda parazitlik qilishga ixtisoslashgan turlari bor. F. bilan zararlangan usimlik usishdan qoladi, soʻliydi; zararlangan organlarda boʻrtma (shish) paydo qiladi; toʻqimalari yemirilib, nekrozta uchraydi. Oʻzbekistonda sabzavot va poliz ekinlari, gʻoʻza, kanop va boshqa oʻsimliklarga boʻrtma nematodalar, kartoshkaga poya nematodasi katta ziyon yetkazadi. Fitogelmintlarni fitogelmintologiya fani oʻrganadi.
BOʻRTMA NEMATODALAR (Meloidogyne) — oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar oilasi. Erkagi ipsimon, uz. 1,2—1,9 mm, urgʻochisi noksimon, uz. 0,8–1 mm. Turli oʻsimliklarning yer ostki qismida parazitlik qilib, shish (boʻrtma) paydo qiladi. Poliz (qovun, qovoq, tarvuz), sabzavot (kartoshka, bodring, pomidor, sabzi), texnika ekinlari (kanop, ayrim joylarda gʻoʻza)ni ayniqsa kuchli zararlaydi. Urgʻochi nematodalar maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga yil davomida bir necha yuztadan 2000 gacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, yosh ildizlarga kirib oladi. Boʻrtma nematodalar taʼsirida oʻsimlikning nematodalar bilan zararlangan joyida diametri 4 mm dan bir necha sm (baʼzan 25—30 sm) gacha boʻlgan boʻrtmalar paydo boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi sekinlashadi, issiq yoz paytlari soʻlinqirab turadi yoki butunlay qurib qoladi. Boʻrtma nematodalar ning Yer yuzida 60 dan ortiq turi, shu jumladan Oʻzbekistonda 5 turi (janub, yavan, arahis, gʻoʻza, shimol Boʻrtma nematodalar ) ekinlarga ziyon keltiradi. Kurash choralari: tuproqni haydab oftob taftida quritish, Boʻrtma nematodalar ga chidamli ekin navlarini ekish, almashlab ekish, tuproqni oftob taftida quritish, issiqxonalarda tuproqni bugʻlash.
Download 8,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish