Reaktor-kislotaga chidamli po'latdan yasalgan sferik tubli va qopqoqli silindrik apparat 1 bo'lib, uning ichida 59 min"1 chastota bilan aylanadigan turbinali aralashtirgich 4, bu aralashtirgich ostida vodorodni yuborish uchun mo'ljalangan barbotyor 5, moyni qizdirish va sovitishga mo'ljallangan oltita zmeyevik 2 o'rnatilgan. Odatda, sxema bo'yicha uchta ketma-ket ulangan reaktorlar batareyasi ishlatiladi. Qisman gidrogenlangan moy tashib o'tuvchi patrubkalar 3 orqali birinchi reaktordan ikkin-chisiga, so'ngra esa uchinchisiga o'tadi. Moyni gidrogenlash harorati oziqabop salomas uchun 210-230 °C, texnik salomas uchun 240-250 °C. Dispers katalizator miqdori 11 moy uchun 0,5 kg dan 2 kg gacha (nikel hisobida). Vodorodning reaktordagi bosimi 0,5 MPa. - Reaktor-kislotaga chidamli po'latdan yasalgan sferik tubli va qopqoqli silindrik apparat 1 bo'lib, uning ichida 59 min"1 chastota bilan aylanadigan turbinali aralashtirgich 4, bu aralashtirgich ostida vodorodni yuborish uchun mo'ljalangan barbotyor 5, moyni qizdirish va sovitishga mo'ljallangan oltita zmeyevik 2 o'rnatilgan. Odatda, sxema bo'yicha uchta ketma-ket ulangan reaktorlar batareyasi ishlatiladi. Qisman gidrogenlangan moy tashib o'tuvchi patrubkalar 3 orqali birinchi reaktordan ikkin-chisiga, so'ngra esa uchinchisiga o'tadi. Moyni gidrogenlash harorati oziqabop salomas uchun 210-230 °C, texnik salomas uchun 240-250 °C. Dispers katalizator miqdori 11 moy uchun 0,5 kg dan 2 kg gacha (nikel hisobida). Vodorodning reaktordagi bosimi 0,5 MPa.
- Moyni statsionar katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash uchun kolonnali reaktorlar qo’llaniladi. Apparat balandligi 10 m gacha bo'lgan vertikal silindr l bo'lib, uning ichida, taxminan 7 m balandlikda katalizator korzinalari 2 o'rnatilgan. Katalizator ustida 1-1,5 m li gaz bo'shlig'i ko'zda tutilgan. Apparatning pastki qismida ichidan qizdiruvchi bug' o'tadigan zmeyevik 3 va vodorod yuborib turish qurilmasi joylashgan. Agar kolonnali reak-torlar statsionar katalizatorlarda emas, dispers katalizatorlarda ishlasa, kolonnali reaktorlar harn ketma-ket ulangan ikki-uchta apparatdan iborat batareyalar sifatida ishlatiladi.
- Kolonnali reaktorlarni qo'llab, statsionar katalizatorlarda moylarni gidrogenlashning yana bir o'ziga xos tomoni shundaki, batareyadagi har bir reaktorga turli tarkibli statsionar katalizatorlar harn yuklanishi mumkin.
- Bu esa gidrogenizatsiya jarayoni parametrlarini bosqichma-bosqich har bir reaktorda qo'llaniladigan statsionar katalizatorlarning o'ziga xos xususiyatlariga asoslanib, boshqarish imkonini beradi. Shuning uchun hozirgi paytda statsionar katalizatorlarni qo'llab, moylarni gidrogenizatsiyalash yo‚li bilan asosan, texnik salomaslar olinayotgan bo'lsa ham, kelgusida bunday katalizatorlar yordamida turli iste'mol ehtiyojlarini qondira oladigan salomaslar tshlab chiqarish mo'ljallanmoqda.
- Qo'llash davomida statsionar katalizatorlar harn (1-3 oy ishlashi natijasida) o'z faolligini yo'qotadi. Bunda ularni bevosita reaktorning o'zida regeneratsiyalash (1-5% li ishqor eritmasida ishlov berish) yoki yangisiga almashtirish zarur.
- Salomaslarning sifat ko'rsatkichlari tegishli Standart talablariga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |