OSI protokollari steki. OSI protokollari steki (OSI konseptual modelidan farqli ravishda) standartlar ishlab chiqaruvchilarga bog’liq bo’lmagan moslashtirilgan xalqaro stekni tashkil etadigan aniq protokollar to’plamidan iborat. U to’la OSI modeliga mos keladi va barcha yettita pog’onalar uchun spesifikasiyalarni o’z ichiga oladi (3.29-rasm). Stekni yaratuvchilar stekni OSI modeli bilan moslashtirishga urindilar va ko’plab oldingi ishlab chiqilgan protokollarni jalb etdilar, shuning uchun bu OSI steki murakkab bo’ldi. Fizik va kanal pog’onada OSI steki Ethernet, Token Ring, FDDI, X.25. va ISDN texnologiyalar protokollarini qo’llab-quvvatlaydi.
Tarmoq pog’onasida ham mantiqiy bog’lanishning o’rnatishli, o’rnatishsiz protokollari ishlatilgan. Tarmoq pog’onasi nisbatan kam ishlatiladigan bog’lanish o’rnatiladigan CONP (Connection – Opiented Network Protocol) va bog’lanish o’rnatilmaydigan CLNP (Connection less Network Protocol) protokollarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, oxirgi oraliq tizimlari orasidagi ES-IS (End System-Intermediate System) va oraliq tizimlar orasidagi IS-IS (Intermediate System -Intermediate System) marshrutlashtirish protokollarini quvvatlaydi.
Kerakli xizmat ko’rsatish sifati uchun transport pog’onasida oldingi bo’limda ta’kidlangan 0 dan 4 gacha o’rnatilgan xizmat ko’rsatish pog’onalari ishlatiladi. Transport pog’onasi protokollari TCP, UDP va SPX bo’lishi mumkin. Seans protokollar amaliy pog’ona protokollari bilan birlashtirilgan. Amaliy pog’ona servislari fayllarni uzatish, terminalni emulyasiyalash, kataloglar xizmati va pochta xizmatini o’z ichiga oladi. Ulardan X.400 (elektron pochta), X.500 (kataloglar xizmati), VTP (virtual terminal protokoli), FTAM (fayllarni uzatish, ruxsat etish va boshqarish protokoli), qayta uzatish va JTM (ishni boshqarish protokoli) eng ommaviy hisoblanadi. Yuqori pog’ona servislari orasida X.400 protokoli ajralib turadi, uning doirasida turli ko’rinishlardagi axborotlarni almashish ishlatiladi. X.500 xizmati nomlar va manzillar ma’lumotlari taqsimlangan bazasi hisoblanadi, ma’lumotlar xizmati rolini bajaradi. Bu nomlar va manzillar ma’lumotlar bazasida o’qish (ma’lum nom bo’yicha manzillarni olish), so’rov (manzilning ma’lum atributlari bo’yicha nomni olish), modifikasiya (ma’lumotlar bazasiga yozuvlarni qo’shish va chiqarish) operasiyalari belgilangan.
VTP protokoli terminallar emulyasiyasining turli protokollarining moslashmaslik muammosini yechadi. Hozir tarmoqda VAX kompyuterlari bilan birgalikda ishlash uchun IBM PC kompyuteri foydalanuvchisiga turli protokollari har xil turdagi terminallarni emulyasiyalashning uch xil dasturiga ega bo’lishi kerak. VTP protokolini qo’llab quvvatlaydigan dastur mavjud bo’lganida faqat bitta dastur kerak bo’ladi.
FTAM protokolida fayldagi ma’lumotlarga ruxsat etish xizmati (servisi) ko’zda tutilgan fayllarni uzatish kengroq tarqalgan kompyuter servisi hisoblanadi. FTAM qo’yish, almashtirish va fayldagi ma’lumotlarni tozalash uchun direktivalar to’plamiga ega, shuningdek, faylni yagona butun sifatida ishlov berish, shu jumladan, fayllarni yaratish, o’chirish, o’qish, ochish, yopish va uning atributlarini tanlash vositalarni ko’zda tutadi. JTM qayta uzatish va ishni boshqarish protokoli foydalanuvchiga xost-kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan topshiriqni qayta uzatishga imkon beradi. Ishning uzatilishini ta’minlaydigan topshiriqlarni boshqarish tili xost-kompyuterga qanday harakatlar, qanday dasturlar va fayllar orqali bajarilishi kerakligini ko’rsatadi. JTM protokoli an’anaviy paketli ishlov berish, tranzaksiyalarga ishlov berish, ajratilgan topshiriqlarni kiritish va taqsimlangan ma’lumotlar bazasiga ruxsat etishni quvvatlaydi.
Nazorat savollari: OSI pog’onasining tarixi