Oshxonada lozim bo’ladigan foydali maslahatlar



Download 16,03 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi16,03 Kb.
#575816
Bog'liq
Oshxonada idishlarini tozalash


Oshxonada lozim bo’ladigan foydali maslahatlar
Ayollar vaqtining ko’p qismini oshxona o’tkazadi. Oshxonada mazali ovqatlar pishirish bilan bir qatorda ko’pgina yumushlarni ham bajarishga to’g’ri keladi.Quyida ushbu yumushlarni bajarishni osonlashtiradigan bir necha maslahatlarni keltiramiz.

  1. Billur (xrustal) idishlarni idishlarni spirtda ho’llangan latta bilan yaxshilab artib, so’ngra yumshoq –paxmoq mato bilan ishqalasangiz, yaltirab turadi;

  2. Pichoqning dami tez qaytmasini desangiz, uni qoshiq, vilkalardan bo’lak saqlang, qaynoq suvda yuvmang;

  3. Sutdan bo’shagan idishni avvalo sovuq suv bilan chayib, keyin issiq suvda yuvish lozim. Idishga birdaniga issiq suv quyilsa, sut yuqi yelimshak moddaga aylanib, idish devorchasiga yopishib qoladi;

  4. Piyoz to’g’ralgandan keyin pichoqqa quruq tuz ishqalansa piyoz hidi yo’qladi;

  5. Sarimsoq tozalash va to’g’rashdan so’ng qo’lga mo’l qilib tuz ishqalab, so’ngra iliq suvda yuvsangiz, qo’ldan sarimsoq hidi kelmaydi;

  6. Qoramtir bo’lib qolgan chinni idishni choy sodasi bilan ishqasangiz yana oppoq bo’ladi.

  7. Shisha stakan, vaza, rumka va shu kabilarni yuvganda, suvga 1-2 qoshiq sirka va 1 qoshiq tuz solinsa, bu idishlar billur kabi yaltiraydigan bo’ladi;

  8. Pichoqlar issiq joyda tursa, dami qazib ketib, po’latning mustahkamligi, elastikligi kamayadi, pichoq o’tmaslanadi, uni juda issiq suvda yuvish yaramaydi;

  9. Oshxonadagi havo nam bo’lganida tuz oziga nam tortmasligi uchun unga 8-10% kartoshka uni qo’shing, bunday tuz doimo quruq bo’ladi, bu miqdordagi kartoshka uni esa uning mazasini ham, rangini ham o’zgartirmaydi;

  10. Non qopqog’i jips bekiladigan chinni yoki sirlangan idishda saqlansa, ancha vaqtgacha yumshoq turadi va suvi qochmaydi;

  11. Agar issiq gaz plitasiga sut to’kilib ketsa, darhol tuz seping va qog’oz bilan yopib qo’ying – shunda sutning kuygan hidi uy bo’ylab tarqalmaydi;

  12. Shishsa idishlarni tozalash vositalarsiz ham yarqiragan ko’rinishga keltrirish mumkin. Buning uchun iliq suvga ozgina sirka va yirik tuz solib tozalaymiz. Idishlaringiz yaltirab toza bo’lib qoladi;

  13. Agar sirli idishlarga taom ko’yib qorayib qolsa, bir oz sovuq suv va tuz solib qo’ying. Bir necha soatdan so’ng osongina tozalab olishingiz mumkin. Yana bir usul: idishga bir qoshiq soda qo’shilgan qaynoq suv solib bir necha soatga qoying, so’ngra qaynating – ovqat kuyganlar qoldiqlaridan tozalaydi;

  14. Skovorodkalarni oson tozalash mumkin. Buning uchun skovorodkani qizdirib unga bir oz tuz solamiz, so’ngra pergamentli yoki oddiy qog’oz bilan tozalaymiz;

  15. Unga hasharotlarni bo’lishini istamasangiz, un solingan xalta atrofiga bir necha bo’lak po’sti ajratilmagan sarimsoq bo’laklarini quying;

  16. Go’sht qiymalagichni oson tozalash uchun ish oxirida bir oz pishmagan kartoshka o’tkazib yuborish mumkin;

  17. Go’sht qiymalagichni issiq joyda quritsangiz pichog’i o’tmaslashib qoladi.

  18. Folgalarni muzlatgichda saqlasangiz u uzoq vaqt ishlashga yaroqli bo’ladi. Yopishqoq bo’lib qolmaydi;

  19. To’g’rash taxtalaridan piyoz hidini ketkazish uchun unga bir oz quruq tuz sepiladi;

  20. Idishdagi tuzga ozgina gurunch aralashtirib qo’yilsa, tuz o’ziga nam tortmaydi;

  21. Sirli idishlarni qaynoq suvga ko‘p solib bo‘lmaydi. Shuningdek, qizib turgan sirli idishga sovuq suv yoki yog‘ quyib ham bo‘lmaydi. Siri o‘chib ketadi;

  22. Alyuminiydan yasalgan idish-tovoqlarni simqirg‘ich bilan ishqab yuvmang, chunki simqirg‘ich idishni tirnab, tez kirlanadigan qilib qo‘yadi.

Download 16,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish