Oshqozon meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi



Download 156,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.06.2022
Hajmi156,46 Kb.
#721310
Bog'liq
Gastrit - Vikipediya



Gastrit
Gastrit
(
lotincha

gastritis
 — 
meʼda
, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi;
koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi
bilan birga kechadi. 
Odamlarda
notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, achchiq
va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar
qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning kechishiga
qarab oʻtkir va surunkali Gastrit farq qilinadi. Oʻtkir Gastritda toʻsh ostida noxush ogʻriq
seziladi, qorin dam boʻladi, koʻngil ayniydi, ogʻiz bemaza boʻladi va h.k. Baʼzan bemorning
tinkasi quriydi, t-rasi koʻtariladi, qayt qiladi; qorin quldirashi va ich ketishi mumkin. Oʻtkir
Gastritning ayrim belgilari oʻtkir appenditsit, xolesistit, pankreatit va b. kasalliklarda ham
kuzatiladi, shuning uchun darhol vrachga murojaat etish zarur. Bemor parhez va vrach
buyurganlariga vaqtida amal qilsa tezda tuzalib ketadi, aks holda kasallik surunkali tuye oladi.
Surunkali Gastrit ovqatlanish tarzining muntazam buzilishi, oʻz vaktida ovqat yemaslik yoki bir
oʻtirishda meʼyoridan ortiq ovqat yeyish, nuqul quruq yoki achchiq, issiq, shoʻr ovqatlar
isteʼmol qilish va b. tufayli yuzaga keladi. Koʻpincha ruhiy toliqish, spirtli ichimliklar va
tamakining zararli taʼsirida, shuningdek ayrim dorilar (
aspirin
, butadion)ni muntazam pala-
partish ichib yurish natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bemor tishlarining yoʻkligi yoki
kasalligi, murtak bezi, oʻt pufagi, meʼda osti bezining surunkali yalligʻlanishi ham kasallik avj
olishiga olib keladi. Meʼda sekretor faoliyatining holatiga qarab giperatsid yoki gipoatsid
(meʼda shirasi ajralishi sekretor va kislotaliligining ortishi yoki kamayishi) Gastrit farq qilinadi.
Surunkali Gastritning belgilari ham oʻtkir Gastritga oʻxshash boʻladi, lekin bunda kasallik tezda
oʻtib ketmay uzoq choʻziladi, koʻpincha bemorning ichi buziladi (dam ich ketadi, dam qabziyat
kuzatiladi), tili karash boylaydi. Kasallik zoʻriqqanda uning alomatlari avj oladi. Surunkali
Gastrit vaqt-vaqti bilan (bahor va kuz kezlari) quzib turishi mumkin. Gastrit bilan ogʻrigan
bemorlar oilaviy vrach nazoratida boʻlishi lozim. Parhezga rioya qilish, fizioterapiya
muolajalari, doridarmon, mineral suvlar, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish kerak.


Hayvonlarda ovqatlanish rejimining buzilishi yoki ularga buzilgan yemxashak, iflos suv
berilishi, zaharli oʻt yeb qoʻyishi, kimyoviy dorilarning notoʻgʻri qoʻllanishi natijasida paydo
boʻladi. Kasal hayvon boʻshashib qoladi, ishtahasi pasayadi, ogʻiz shilliq pardasi quriydi,
sargʻayadi, tili oqaradi, ogʻzidan qoʻlansa hid keladi. Baʼzan harorati koʻtariladi, siydik miqdori
kamayadi. Gastrit bilan qattiq ogʻrigan hayvonlarda umuman boʻshashishdan tashqari tomir
urishi susayadi yoki bir tekis urmaydi, qon bosimi pasayadi. Qoramolning beli bukchayib
qoladi, suti kamayadi, tishini gʻijirlatadi, titraydi. Choʻchqalar qornini yerga berib yotadi. Ot
sovuq narsalar va devorni yalaydi.
Davosi: kasallik sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi, hayvon tinch qoʻyiladi, dastlabki 1—2 kun
yarim och qoldiriladi, ich suradigan dorilar ichiriladi. Keyin hayvonni quvvatga kiritadigan
dorilar beriladi. Kasalligi oʻz vaktida aniqlangan va vaktida davolangan hayvonlar 1—2 haftada
tuzalib ketadi. Ularda Gastrit kamdan-kam hollarda surunkali formada oʻtadi (u oʻtkir
Gastritning takrorlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin). Bunda kasallik uzoqqa choʻzilib
ketmasligi uchun Gastritni vaqtida davolash zarur.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gastrit&
action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar

Download 156,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish