Oshqaruv hisobini tashkil etish


Axborotni taqdim etish shakllari



Download 45,69 Kb.
bet6/10
Sana21.10.2022
Hajmi45,69 Kb.
#855029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Bоshqаruv hisоbini tаshkil etish

5. Axborotni taqdim etish shakllari. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi, pul oqimlari to’g’risidagi, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy hisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar» bo’yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar soliqlar, ijtimoiy ta’minot va sug’urta, mehnat birjalariga o’rnatilgan tartibda hisobot topshiradilar.
Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi.
6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo’lib, barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv ob’ekti hisoblanib, chop etilishi shartdir.
Boshqaruv hisobini olib borish korxona rahbariyati talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida ma’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schetlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respubikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo’yiladi.
Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi.
8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.

Download 45,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish