Oshirish instituti



Download 44,9 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi44,9 Kb.
#19153

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

OSHIRISH INSTITUTI


O.G`AYBULLAYEV

J. ORIPOV


HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHDA O`QUVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI

Samarqand-2016

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

OSHIRISH INSTITUTI

HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHDA O`QUVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI

( umumiy o‘rta ta’lim maktablar o‘qituvchilari uchun uslubiy ko`rsatma)



Samarqand-2016

O.G`aybullayev, J.Oripov. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda o`quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirish zarurati. Uslubiy ko‘rsatma umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`qituvchilari uchun mo‘ljallangan. -Samarqand, 2016, 16 bet.



Taqrizchilar: O.Tursunova – SamDU dotsenti
F. xudoyberdiyev –SamVXTXQTMOI

Ushbu uslubiy ko`rsatma huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda o`quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirish yo`llari hamda ahamiyati to`g`risidagi fikrlar bildirilgan.

SamarqandVXTXQTMOI Ilmiy kengashining 2016-yil ………..da bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ……… -sonli qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan.

KIRISH

O`quvchilarning fan asoslarini egallashga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, qiziqishlarini orttirish va ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va atrof - muhitning o`zaro munosabatlarini uyg`unlashtirish, ta’lim oluvchilarda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda huquqiy jihatdan ongli intizom, insoniy qadr - qimmat tuyg`usi, yuksak huquqiy madaniyat hamda ijodiy fikrlashni tarkib toptirish maqsadida o`qitish jarayoniga yangicha yondashuv asosida qarash shakllandi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash imkonini yaratdi. Bunda ta’lim sifati va samaradorligini tubdan o`zgartirish asosiy maqsad sifatida qo`yildi. Zamonaviy ta’limga xizmat qiladigan o`qitish metodikasi va uning tamoyillari ishlab chiqildi.

Huquqshunoslik va ijtimoiy fanlar tizimida keyingi yillarda fuqarolik jamiyati fenomeniga qiziqish ortib bormoqda. Chunki mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining ma’lum iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda huquqiy asoslari shakllantirilmoqda. Bular iqtisod sohasida xilma-xil mulk shakllarining shakllanishiga shart-sharoit yaratadigan bozor munosabatlaridan iborat bo`lsa siyosiy sohada esa ular hokimiyatning taqsimlanishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi, so`z erkinligi va huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda din va vijdon erkinligidan iboratdir.

Huquqiy madaniyatsiz jamiyatdagi sobit huquqiy tartibot, barqarorlik va hamjihatlilikni tasavvur qilib bo`lmaydi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalqning moddiy farovonligini oshirish, jamiyatni tubdan qayta ko`rish bilan uzviy olib borilmoqda. Aholining huquqiy ongi osib bormoqda, erkin dеmokratik davlatning poydеvori mustahkamlanmoqda. Huquqiy madaniyat kishilarning axloqiy va ma'naviy ongining tarkibiy qismi , fuqarolarning qonunlarni bilishlari, hurmat qilishlari, huquqbuzarlikka murosasizligi, qonunga itoatkorligidan iboratdir.

Qonunga itoatkorlik huquqiy madaniyatning zaruriy unsuri bo`lib, u qonunlarni puxta bilib, o`rganishnigina emas, balki ularga to`la rioya qilish, ular asosida erkin faoliyat yurgizishni taqozo etadi.

Ushbu uslubiy ko`rsatmada huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati, huquqiy madaniyat, qonun, huquq tushunchalari, huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda o`quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirishning dolzarbligi hamda ahamiyati haqidagi fikrlar bildirilgan.


HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHDA O`QUVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish tashabbuslarini uyg`onishi fuqarolarimizning huquqiy madaniyatini oshirish zaruratini dolzarb vazifa sifatida qo`ymoqda. Huquqiy madaniyat keng ma’noga ega bo`lib, shaxslarning qonunlarga, davlat tomonidan o`rnatilgan tartib-qoidalarga rioya etishdagi xulqi, munosabatini bildiradi.

O‘zbekiston o‘ziga xos huquqiy davlat va demokratik fuqarolik jamiyatini qurish takomil bosqichiga kirdi. Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar o‘z natijalarini bera boshladi.

Huquqiy davlatda-huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo`linish tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiradi.



Demokratiya (xalq, hokimiyati) inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining kengligini, fuqarolarning davlat hokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishni, xalq idorasini, demokratik hokimiyatining yagona manbai deb bilishni anglatadi. Xalq hokimiyatchiligi ikki shaklga ega: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.

Vakillik demokratiyasi xalqning o‘z hokimiyatini vakillik idoralari, ya’ni demokratik hokimiyatning va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining saylab qo‘yiladigan organlari orqali amalga oshirishini bildiradi .

Bevosita demokratiya xalqning demokratik hokimiyat masalalarini hal etishda umumxalq ovoz berishi yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishdir.

Ijtimoiy hayotda har bir narsa, jarayon va voqea o`ziga xos belgiga ega bo`lgani kabi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati ham o`ziga xos belgilar bilan farqlanadi.

Demokratik davlatning asosiy belgilari quyidagilar:


  1. huquqning ustuvorligi;

  2. inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi;

  3. davlat va fuqarolarning bir-birlari oldida o`zaro mas’uliyati;

  4. hokimiyatning qonuniyligi;

  5. hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;

  6. sudning mustaqilligi;

  7. huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi;

  8. xususiy mulkchilik;

  9. yuqori darajadagi huquqiy madaniyat;

  10. demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi kabi asosiy belgilari mavjud. Bunda xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquq va erkinliklar kafolatlanadi.

Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan ya’ni uzviy bog`liqlikda bo`lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Bunda nafaqat davlatning kuchi bilan hamda fuqarolarining o`zlari tomonidan boshqarilib turadigan va qat’iy qaror topgan jamiyatdir. Fuqarolik jamiyatida davlatning kuchli ta’siri talab etilmaydi balki u jamiyatning nazoratida bo`ladi.

Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi.

Fuqarolik jamiyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari umummilliy manfaatlarga daxldor eng muhim vazifalarnigina amalga oshiradi. Mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, pul-moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish shular jumlasidandir.

Fuqarolik jamiyati fuqaro va uning erkinligidan boshlanadi. Fuqaro so`zining o`zi shaxsning mustaqilligi, teng huquqliligi, sha’ni va o`z-o`zini hurmatlashining sinonimi sifatida yangraydi. Fuqarolik jamiyati – ochiq, demokratik, o`z-o`zini rivojlantiruvchi jamiyat bo`lib, unda inson, fuqaro, shaxs markaziy o`rinni egallaydi. Aynan shu ma’noda fuqarolik jamiyati siyosiy-mafkuraviy jamiyatga qarama-qarshi turadi.

Fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan o`zini-o`zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda ma’nfaatlarini aks ettiruvchi, muxofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat tashkilotlar va idoralar mavjud bo`ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bo`lib, o`zini-o`zi boshqarish prinsipi asosida jadal faoliyat ko`rsatadi.

Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzularini, niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obro`si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o`zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.

Fuqarolik jamiyati huquqiy teng insonlarning jamiyati bo`lib, u yakka shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini ta’minlashga ko`maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarining tizimidir.

Fuqarolik jamiyati jamoat birlashmalarining yigindisidangina iborat bo`lmay, balki ular faoliyatining natijasida paydo bo`ladigan munosabatlar tizimi iborat jamiyatdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an’analarsiz odatlarsiz, odob-axloq normalarisiz va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Fuqarolik jamiyatining ichki tizimi quyidagilardan iborat bo`lishi e’tirof etiladi.

Iqtisodiy sohada xususiy mulk asosida vujudga keladigan faoliyat va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlar, xo`jaliklari va ularning uyushmalari, ijara asosida ishlovchi jamoalar, hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy jamg`arma hamda uyushmalar, ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalar, tadbirkorlik uyushmalari.

Oila, siyosiy partiyalar, jamoat tuzilmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari, diniy tashkilotlar, madaniy markazlar, jamoatchilik fikrini o`rganuvchi tashkilotlar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va demokratik saylov tizimi kabi fuqarolik jamiyatining instituti (element)lari mavjud.

Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan e’tiboran huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishga astoydil kirishgan edi. Shuni ham qayd etish lozimki, fuqarolik jamiyatida, albatta, huquqning oliy darajada rivojlanganligi, ya’ni yuksak huquqiy madaniyatni shakllanganligi bilan belgilanadi. 1997-yil 29-avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ni qabul qilgan bo`lsa, Prezidentimiz tomonidan 2001-yil 4-yanvarda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi PF-1322-sonli Farmoyishning qabul qilinishi huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayonida muhim omil bo`lib kelmoqda.

Fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyat hayotini tubdan isloh etish va yanada rivojlantirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridandir. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish imkoniyatlari va uning o`ziga xos jihatlarini tahlil qilish uchun keng imkoniyatlar yaratib berildi.

O`tgan yillar davomida yurtimizda olti yuzdan ziyot qonunlar, minglab qonun osti hujjatlari – huquqiy me’yorlar qabul qilindi. Ushbu me’yorlarni to`liq o`zlashtirish, mohiyatini tushunib olishlari har bir fuqaroning burchi desak ham mubolag`a bo`lmaydi. Yurtimizda yashayotgan fuqarolarda to`laligicha huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy madaniyatni boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya va huquqiy targ`ibot ishlarini olib borish lozim. Huquqiy tarbiya va targ`ibot ishlarini tashkil etishning muhim omillaridan biri ta’lim maskanlari bo`lib, bu maskanlarda o`quv-tarbiya ishlari jarayonida darslar samaradorligini yanada oshirish bilan amalga oshiriladi.

Huquqiy madaniyatni oshirishda ta’lim-tarbiya ishlari muhim omil hisoblanar ekan, huquqiy ta’lim-tarbiya nafaqat yoshlarga, balki, barcha aholi qatlamlariga nihoyatda zarur ekanligini e’tirof etish zarur. Mazkur ta’lim fuqarolarimiz ongiga bog`cha, maktab, oliygohlar va ulardan tashqari har-xil ko`rinishdagi targ`ibot ishlari orqali ya’ni, davra suhbatlari, anjumanlar, ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Shu o`rinda huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalariga qisqacha izoh berib o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Xolmamat Hasanov: “… huquqiy ong shaxsning qonunlarni va huquqiy me’yorlarni anglashi, bilishi darajasini belgilasa, huquqiy madaniyat ushbu qonun-qoidalarga naqadar rioya etilish darajasi bilan bog`liqdir. Ya’ni, huquqiy madaniyatni insonning huquqiy olamiga nisbatan olgan tarbiyasi, huquqiy dunyoqarashi deyilsa to`g`ri bo`ladi”, -deb ta’kidlaydi.1

Jamiyatning huquqiy madaniyati uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:



  • qonuniylik printsipiga rioya etish;

  • qonunga itoatkorlik;

  • dеmokratizm, shu jumladan jamoat tashkilotlarining huquq mе’yorlarini ishlab chiqish va ro`yobga chiqarishda, huquqning amal qilish mеxanizmida kеng ishtirok etishi;

  • fuqarolarning qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan huquqlarining kafolatlanganligi;

  • bu huquqlar bilan jamiyat oldidagi majburiyatlarning birligi.

  • Huquqiy madaniyat unga va umuman madaniyatga qonun hujjatlari ham, mansabdor shaxslar, muassasalar va fuqarolar xulq-atvori, faoliyati ham albatta mos kеlishini talab qiladi, o`z navbatida huquqiy madaniyat ko`p jihatdan huquqiy tizimning o`zi bilan, huquqning hamma tarmoqlari va mе’yorlari, huquqiy muassasalarning ishlash amaliyoti bilan bеlgilanadi.

  • Shaxs huquqiy madaniyatining o`ziga xos jihatlari:

  • qonunga itoatkorlik;

  • qonuniy va huquqiy institutlarni chuqur hurmat qilish;

  • yuksak darajada ijtimoiy-huquqiy faollik;

  • huquqni ijtimoiy o`zgarishlari va shaxs manfaatlarini himoya qilishning samarali vositalaridan biri sifatida baholash. Individlarning va odamlar turli birliklarining huquqiy madaniyati ularning huquq mе’yorlariga rioya etishlariga, shuningdеk ularning ijtimoiy-huquqiy faolliklari darajasiga hal qiluvchi ta'sir ko`rsatadi.

Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularning kelajakdagi huquqiy holatni qay darajada bo`lishini baholash, tasavvur qilish va fuqarolik jamiyatida huquqning ahamiyatini tushunish imkonini beradi. Chunki, yoshlar huquqiy munosabatlarda va jamiyat huquqiy hayotida ro`y berayotgan o`zgarishlarning mohiyatini ko`proq bilib borsa, o`zini bu o`zgarishlardagi o`rni va ishtirokini ham shunchalik ko`p anglab boradi.

Yoshlar huquqiy madaniyatining tarkibiy unsurlari huquqiy bilish, tushunish hamda unga rioya etishga odatlanishdan, huquq talablarini hurmat qilish, huquq ko`rsatmalarining to`g`riligiga va adolatliligiga ishonch hamda yuridik sohada faol hayotiy pozitsiyaga ega bo`lishdan iboratdir2.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini o`rganish jamiyatimizning kеlajakdagi huquqiy holatining istiqbollarini baholashga imkon bеradi. Chunki shaxs qaror topib borayotgan davrda uning qadriyatlarga munosabati shakllanadi, huquqqa ijobiy va salbiy munosabat vujudga kеladi, faol yoki passiv ijtimoiy-huquqiy xulq-atvorga qaratilgan yo`l-yo`riqlar vujudga kеladi. Nihoyat, huquqiy tarbiyaning samaradorligi tarbiya obyеktining ahvoli to`g`risidagi bilimlarning chuqurligiga va darajalanganligiga muvofiq kеladi.

Odatda yoshlikda yigit-qizlar o`z mеhnat yo`llarini boshlaydilar, shuningdеk oila quradilar. Ana shu hol ularning mеhnat va oila huquqiga bo`lgan qiziqishida aks etadi. Yoshlar turli guruhlarining yosh xususiyatlari aniq namoyon bo`ladi. Ma’naviy va intеllеktual yеtuklik darajasi oshib borgan sari kriminal adabiyotga, shu tufayli jinoyat huquqiga ham bo`lgan qiziqish kamayadi, buning o`rniga mеhnat, fuqarolik va uy-joy huquqiga bo`lgan qiziqish oshib boradi.

Yoshlarning huquqqa bo`lgan qiziqishining darajasini ularning ommaviy axborot vositalari (radio, tеlеvеdеniе, gazеta va jurnallar) tomonidan yoritilayotgan turli yuridik masalalarga qiziqishini o`rganish asosida aniqlash mumkin. Bu huquq haqidagi bilimlarni olish maqsadi va sabablari to`g`risida tasavvurga ega bo`lish imkonini bеradi. Yoshlarning huquqiy axborotni foydalanishdan ko`zlagan asosiy maqsadi o`zlarining huquq va majburiyatlari to`g`risidagi bilimlarini kеngaytirishdan iboratdir.

Yoshlarning huquqiy madaniyati voqеlikning turli tomonlari va sohalarini aks ettirish bilan huquqiy munosabatlarni aks ettiradi, huquqiy mе’yorlar, g`oyalar, qarashlar esa aks ettirish prеdmеti bo`ladi. Yoshlarning huquqiy madaniyatini bunday tushunish uning ayrim tomonlarini ularni vositalovchi aloqalarsiz va butunning o`ziga xos xususiyatiga bog`liq bo`lmagan holda bosqichma-bosqich yoritib boradi. Bu o`rinda huquqiy madaniyat yoshlarning ijtimoiy-huquqiy faoliyati jarayonida vujudga kеlishini, ijtimoiy ong shakli ekanini va huquqning oddiy ongda bеvosita aks etishidan farqli o`laroq, ijtimoiy ongni tushunishning dunyoqarash bilan bog`liq unsurlarini ozmi – ko`pmi tartibga solgan holda ifodalashini hisobga olish muhim. Bu unsurlar, huquqning muayyan tarixiy davrdagi ijtimoiy qadr-qimmatinigina emas, shu bilan birga huquqiy tizimning g`oyaviy mohiyatini ham aks ettiradi. Shuning uchun ham yoshlarning huquqiy madaniyatini tadqiqi qilish va ta’riflash davlat va huquq taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarini ilmiy bilishga tayanmog`i kеrak.

Davlat va jamiyatdagi o`zgarishlar, rivojlanishlar bir joyda to`xtab qolmagani singari, yoshlarning huquqiy madaniyati ham bir xil darajada qotib qolmaydi, balki yangi huquqiy hayotdagi o`zgarishlar ta’sirida o`zgarib, rivojlanib boradi. Yoshlar huquqiy madaniyatining yuqori darajada ekanligi, yoshlarning huquqiy jarayonlar va huquqiy munosabatlarda faol ishtiroki, huquqiy savodxonligi, qonunlarga itoatkorligi va hurmati bilan belgilanadi.

Zero, kishilarning huquqiy madaniyati yuqori bo`lsa, jamiyat barqaror rivojlanadi va barqaror jamiyat huquqiy madaniyatning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Shuni ham qayd etish lozimki, fuqarolik jamiyati, albatta, huquqning oliy darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. 1997-yil 29-avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ni qabul qilgan bo`lsa, Prezidentimiz tomonidan 2001-yil 4-yanvarda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi PF-1322-sonli Farmoyishning qabul qilinishi huquqiy madaniyatni yuksaltirish jarayonida muhim omil bo`lib kelmoqda.



XULOSA

Huquqiy madaniyatni shakllantirish uchun ta’lim maskanlarida huquqshunoslik o`quv kurslari tashkil etilib, aholi uchun maxsus adabiyotlar chiqarilmoqda, ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda maqolalar chop etilib, radio va televideniyeda maxsus eshittirishlar, ko`rsatuvlar tashkil etib borilmoqda. Bundan tashqari huquqiy bilimlar bo`yicha respublikamizda maxsus gazetalar va jurnallar chop etilmoqda hamda yuridik soha vakillari tomonidan qonunlar yuzasidan tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:

Birinchidan, fuqarolik jamiyatini qurishda huquqiy madaniyati yuqori bo`lgan yoshlar qonunlarni hurmat qiladi;

Ikkinchidan, jamiyatning huquqiy hayotida faol ishtirok etish tuyg`usiga ega bo`ladi;

Uchinchidan, o`zini qonun himoya qilishini bilish bilan bir qatorda har bir qabul qilingan qonunlarning mohiyatini tushunib yetishga va ularga amal qilishga harakat qiladi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish quyidagilarni taqazo qiladi:

- maxsus huquqshunoslik o`quv kurslarini tashkil etib borish;

- aholi va yoshlarbop maxsus adabiyotlarni chop etib borish;

- ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda maqolalar chop etilib, radio va televideniyeda maxsus eshittirishlar, ko`rsatuvlar tashkil etib borish;

- ta’lim maskanlarida huquqiy fanlarni o`qitish samaradorligini va texnik bazasini yanada kuchaytirib borishni taqazo etadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: “O`zbekiston”, 2014-yil.

  2. Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1, – T.: “O`zbekiston”, 1996-yil.

  3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2, – T.: “O`zbekiston”, 1996-yil.

  4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3, – T.: “O`zbekiston”, 1996-yil.

  5. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5, – T.: “O`zbekiston”, 1997-yil.

  6. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T.: “O`zbekiston”, 2005-yil.

  7. “O`zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. PQ – 2099-son 25.12.2013.

  8. O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi. –Toshkent.: ”Adolat” 2010-yil.

  9. Ozbekiston Respublikasi Oila Kodeksi. –Toshkent.: ”Adolat” 2010-yil.

11. «Budjet kodeksi»ni qabul qilish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi O`RQ-360 sonli Qonuni. 26.12.2013-yil.

12.O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi: Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: “Adolat”, 2012-yil.

13.X. Hasanov. “Huqushunos, yurist” .// Ijtimoiy-huquqiy,ilmiy-ommabop jurnal. 2016 yil, 2-son.

Internet saytlari

1.www.ziyonet.uz

2.www.eduportal.uz

3.www.Google uz.

4. www. E-kutubxona.uz

5. www.pedagog.all.ru 


M U N D A R I J A

Kirish ............................................................................................................ 5

Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda o`quvchilar huquqiy madaniyatini shakllantirish zarurati........................................................ 6

Xulosa............................................................................................................ 14



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati .............................................................. 15


G`AYBULLAYEV OTABEK, ORIPOV JAMSHID


HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHDA O`QUVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI
Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60x80 1/16

«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.

1 bosma taboq.

Adadi: 20 nusxa.

Buyurma №_____

Samarqand viloyati xalq ta’limi

xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar, Boysunqur ko‘chasi 3-uy.



1 X. Ҳасанов. “Huqushunos, юрист” .// Ижтимоий-ҳуқуқий, илмий-оммабоп журнал. 2016 йил, 2 сон, 4 бет.


2Таджиханов У.Конституция суверенногоУзбекистана. Вопросы реализации. –Ташкент, 1995. 77-78 бетлар.



Download 44,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish