Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari
H0N,H1N1, H2N2, H3N2, V va S tipga xos gripp zardoblari. GATR va KBR reksiyalarida gripp virusi serotiplarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Tirik gripp vaksinasi. Gripp virusi asosiy serotiplarining vaksina shtammlari yuqtirilgan tovuq embrionlarining allantois suyuqligidan tayyorlanadi, vaksinaning bir turi burundan, boshqasi og‘iz orqali yuboriladi.
Davo-profilaktika uchun qo‘llaniladigan ko‘p valentli gripp zardobi. Gripp virusining turli serotiplari bilan otlarni giperemlash natijasida olinadi. Quritilgan holda, antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan birga tayyorlanadi. Grippning oldini olish va kasallikning boshlanish davrida davolash uchun burun orqali yuboriladi.
Grippga qarshi donor immunoglobulini. A va V tipli tirik gripp vaksinasi bilan emlangan donorlarning qon zardobidan tayyorlanadi. Epidemik o‘choqlarda gripp profilaktikasi va uni davolashda qo‘llaniladi.
Odam leykositar interferoni. Bu turga xos oqsil bo‘lib, kultural muhitdagi odam peykositlari tomonidan, virus-interferonogen ta’siriga javoban sintez qilinadi. Gripp va boshqa virusli respirator kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda qo‘llaniladi.
Paramiksoviruslar.
Paramiksoviruslar oilasi (lotincha para-o‘xshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen bo‘lgan 3 turkumni: Raramyxovirus, Morbillivirus, Pneumovirus o‘z ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qo‘zg‘atuvchi virusni (OPGV) 1-4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar o‘lat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintisial viruslar kiradi.
Morfologiyasi. Paramiksoviruslar murakkab tuzilgan bo‘lib, sferik shaklga ega, o‘lchami 150–200 nm. Bu virus RNK tutuvchi viruslar ichida eng yirigi hisoblanadi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat. Nukleokapsid tashqi tomondan lipid-uglevod-protein qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib, unda tikansimon o‘simtalar joylashgan, nukleokapsid spiral simmetriya to‘zilishiga ega. Nukleokapsid tarkibida bir necha virusga xos fermentlar bor, jumladan RNK-polimeraza (transkriptaza). Nukleokapsid tashqi qobiqning ichki tomonidan qoplab turuvchi matriks oqsil bilan o‘ralgan. Tashqi qobiq hujayralardan hosil bo‘lgan 2 ta lipid qatlami va 3 ta virusga xos oqsildan tashkil topgan. Shulardan 2 ta oqsil o‘simtalar tarkibiga kiruvchi glikoprotein NH bo‘lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga va neyraminadaza faolligiga ega. Uchinchi F oqsil virusning hujayraga kirishini ta’minlaydi.
Antigenlari. Viruslarda 2 ta turga xos antigen bor. Birinchisi tashqi V-antigeni (o‘simtalarning glikoproteinlari); ikkinchi – ichki S-antigen (nukleoprotein). Shu oilaga kiruvchi viruslarda umumiy antigen yo‘q. Ko‘pgina paramiksoviruslarning V-antigenlari ikkita mustaqil antigen komponentlariga ega, ulardan biri gemagglyutinin (N-antigen), ikkinchisi neyrominidaza (N-antigen).
Ko‘paytirish. Virus hujayraga reseptor yordamida endositoz yo‘li bilan kiradi. Virus reproduksiyasi hujayra sitoplazmasida kechadi. Asosiy xususiyati hujayrada ko‘payganda ko‘p yadroli simplast hujayralarini hosil qiladi. Virus hujayradan kurtaklanish yo‘li bilan chiqadi. Zararlangan hujayralar sitoplazmasida asidofil kiritmalar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |