P = M1 + M2 +... Mn
bu erda: M1, M2 ... Mn– har bir postning o‘tkazish qobiliyati.
Ortish-tushirish ishlari frontning o‘tkazish qobiliyati ham shu tarzda aniqlanadi. Bu kattalik hamma avtomobillarni omborlar va ortish-tushirish maydonlariga to‘g‘ri taqsimlash uchun kerak.
Punktdagi sutkalik ish hajmi Qc va postning ishlash vaqti (sutka davomida) T bo‘lganda, postlarning zaruriy soni quyidagicha topiladi:
Agar vaqt birligi ichida (mas.smena) ortilishi yoki yuk tushirilishi zarur bo‘lgan avtomobillar soni – A berilgan bo‘lsa, zaruriy postlar soni quyidagicha topiladi:
Bu formuladagi A, ma’lum miqdordagi avtomobillar vaqt birligi ichida bajargan qatnovlar soni bilan teng kuchli.
Ortish-tushirish punktlari va avtomobillar ishini muvofiqlashtirishda punktlarining ish ritmi R va avtomobillarning qatnov intervali la ni hisobga olish kerak.
Punktning ish ritmi, deganda punktdan oldinma-keyin chiqib ketayotgan ikkita avtomobil orasidagi vaqt tushuniladi. Ish ritmi avtomobilning yuk ortish yoki tushirishda turish vaqti – to-t va punktdagi postlar soniga bog‘liq:
Avtomobillarning harakat intervali – oldinma-keyin ikkita avtomobilning punktga kirib kelishi orasidagi vaqt avtomobilning aylanish vaqti - tob ni marshrutda ishlayotgan avtomobillar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
bu erda: thar – avtomobilning harakatlanish vaqti. s; br– yuk bilan qatnash uzunligi, km;
β – yo‘ldan foydalanish koeffitsienti;
to-t – avtomobilning ortish-tushirishda turgan jami vaqti, s; Vt – texnik tezligi, km/s;
to, tt – avtomobilning ortish va undan tushirish vaqti, s.
Punktning ish ritmi bilan avtomobillarning harakat intervali teng (R=Ia) bo‘lsa, punkt bir tekis ishlaydi, avtomobillar esa navbatda kutmaydi.
Bu tenglamadan ortish yoki tushirish punktlarining zaruriy sonini topish mumkin:
Punkt uzluksiz ishlashi uchun zarur avtomobillar soni:
Punktda mavjud ishlar hajmini bajarish uchun zarur avtomobillar soni:
SHuni nazarda tutish kerakki, avtomobillar yuklarni turli mavsofalarsha tashisa, va tob ning qiymati har xil bo‘lsa, keyingi formulalardagi tob ning qiymati o‘rtachalashtirib olinadi.
Xulosa
Ortish-tushirish punktlarining o‘tkazish qobiliyati. Punktlar, avtomobillar, ortish-tushurish ishlarida eng kam vaqt sarflashini ta’minlash kerak. Ortish va tushirish punktlarining muhim parametrlaridan biri ularning o‘tkazish qobiliyatidir. Bu qobiliyat vaqt birligi (odatda, 1 soat) ichida ortish yoki tushirish ishlari bajarilgan transport vositalarining maksimal soni (yoki yuklar hajmi, t) bilan o‘lchanadi. Punktning o‘tkazish qobiliyati avtomobillarning ish unumiga katta ta’sir o‘tkazadi va punktlar soniga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |