TASHRIF
– sizga bo‘lgan iliq munosabatni anglatadi. Sizni taklif qilishsayu,
siz bormasangiz, bu hurmatsizlkidir. Kechki ovqatdan voz kechishning eng oxirgi
muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan sababingiz jiddiy bo‘lishi lozim. Bunga
yo‘l qo‘ygan taqdiringizda imkon qadar tezroq og‘zaki ravishda uzr so‘rashni
unutmang. Mehmondorchilikda ko‘p bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga
chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. Agar o‘z uyingizda mehmon qabul qilishga
sharoitingiz bo‘lmasa, uning boshqa yo‘llarini qidirib ko‘rish mumkin, masalan,
qahvaxona, restoran, teatr, agar mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga
taklif qilish mumkin.
XALQARO ETIKET
- xalqaro etiketning asosiy xususiyatlari uning
universalligidadir. Turli mamlakatlar vakillarining, siyosiy qarashlar va turli dinlarga
e’tiqodning, milliy an’analar va psixologiyaning, turli hayot tarzi va
madaniyatlarning bevosita muloqotlari xalqaro etiketning asosini tashkil etadi. Har
bir millatning ehtirom qoidalari bu milliy urf~odatlar va xalqaro etiketning murakkab
uyg‘unligidir. Bugungi kunda zamonaviy xalqaro etiket barcha mamlakatlar va o‘tib
ketgan avlod-ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o‘zlashtirib
kelmoqda. Uning rivojlanib borish jarayoni davomida u turli mamlakatlar vakillari
muloqoti orqali xalqlarda mavjud eng yaxshi ehtirom normalarini mujassam qilgan
holda boyitilib bormoqda. Har bir mamlakat o‘z etiket tamoyillariga ega va ular
xalqaro etiketning ajralmas qismi hisoblanadi.
RASMIY QABULLAR
- davlat rahbarlari o‘rtasida rasmiy munosabatlarni
keng tarqalgan va umumiy qabul qilingan shakllaridan biri rasmiy qabullarni
o‘tkazishdir. Qabullarni tashkil yetish odati bizga o‘tmishdan kelgan bo‘lib,
tinchlikparvarlik, yaxshilik belgisi hisoblangan. Mehmondo‘stlik esa, Shu kunga
qadar davlatning sha’ni, xalqning to‘kin-sochinlik ko‘rsatkichi bo‘lib kelmoqda.
Rasmiy qabul marosimlarida mehmonning an’anaviy taomlarining tortilishi mehmon
davlatga bo‘lgan alohida hurmat-e’tibordan dalolat beradi. Hozirgi kunda xalqaro
amaliyotda hamma ishtirokchilar uchun bajarilishi shart bo‘lgan va o‘z etiketiga xos
bo‘lgan bir nechta rasmiy qabullarning turi mavjud. Diplomatik qabullar chog‘ida
suhbat olib boriladi, aniq belgilanmagan muzokaralar, tanishuv va boshqa tadbirlar
amalga oshiriladi. Ishtirokchilar bir-birlarining o‘zaro aloqasi, yig‘ilish xarakteri,
yoshiga qarab, bir—birlarini to‘liq ism-shariflarini aytib o‘tishlari yoki faqatgina
familiyalarini aytish bilan chegaralanadilar. Diplomatik uchrashuv yoki diplomatik
qabulning xarakteri o‘zaro muloqotning me’yori va shaklini, salomlashish darajasini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |