Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/184
Sana09.12.2022
Hajmi2,49 Mb.
#882723
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Tayanch tushunchalar: 
 
Turist, etiket, tog‘, teatr, kino, kafe, restoran, vernisaj, stadion, chekish odobi, 
eshik oldi, avtomobilga o‘tirish, tushish etiketi, qo‘shnilar, do‘kon, bozor, lift, 
ekskalator, zinapoya, ko‘cha, sayohat vaqti. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
 
1.
Turistlarning o‘ziga xos etiketi qanday bo‘lishi lozim? 
2.
Ko‘chada o‘zini tutishning eng asosiy qoidasi nimalardan iborat? 
3.
Tog‘da, pansionatlarda o‘zini tutish etiketi? 
4.
Teatr, kino, kafe, restoran, vernisaj yoki stadionda qanday etiket qoidalariga 
amal qilinadi? 
5.
Katta do‘konlar va ko‘pchilik xizmat ko‘rsatadigan muassasalarda o‘zini tutish 
etiketi nimalardan iborat? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1.
Karimov I. A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T., 
O‘zbekiston, 2011. 
2.
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – T., 
2010. 293-b. 
3.
Javliev T. An’analar – hayot sabog‘i. - T., “O‘zbekiston”, 1992. 
4.
Этикет от А до Я. www. еtiksite. ru. 11. КБ. 
5.
Правила этикета. www. еtiksite. org. 3 КБ. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


145 
10-MAVZU. TURMUSH ETIKETI 
 
Oila 
Oila — tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, uning 
a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro 
huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh zaminida 
vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat 
tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi. 
“Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va 
anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi”.
32
Oilamuqaddas urf – odatlarimizni saqlaydigan tarbiya o‘chog‘idir. 
Yoshlarning ma’naviy qiyofasi, ularning hatti–harakatlari, xulq–atvorlari dastlab 
oilaviy munosabat madaniyatida ifodalanadi. Oilaviy munosabat madaniyati nima? 
Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini to‘la 
bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq – odobi, 
dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir.
Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni
mustahkamlash, oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirishga alohida 
e’tibor berib kelmoqda. 
Oila, jamiyat va davlat bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va ular bilan bir vaqtda 
rivojlanib boradi. Oila nafaqat axloqiy balki demografik, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy 
va boshqa muhim funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun jamiyat va davlat oilaning 
farovon bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.
Oila a’zolari bir – birlari bilan umumiy turmush, o‘zaro iqtisodiy – mulkiy, 
huquqiy, axloqiy, ruhiy a’loqalar bilan bog‘lanadi. Oilaning birinchi vazifasi o‘z nasl 
– nasabini davom ettirishdan, tarbiyali farzandlarni o‘stirishdan, oila a’zolarining 
tirikchiligini, bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishni ta’minlashdan iboratdir. 
Nikoh – erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, u 
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish 
maqsadiga xizmat qiladi.
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonunlar asosida o‘tkazilgandagina 
haqiqiy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining birinchi moddasida 
nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd yetish organlarida tuzilishi lozimligi 
ko‘rsatilgan. 
Nikohdan o‘tivchilar FHDYOga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, 
Shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 
32
Abdulla SHer. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 293-b. 


146 
Uzrli sabablarga ko‘ra FHDYO bir oy sinov muddati o‘tgunga qadar nikoh 
tuzishga ruxsat berishi mumkin. 
Balog‘atga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sog‘ligini 
himoya qilish maqsadida hamda oilani qurish uchun ma’lum hayotiy tajriba, jismoniy 
va ma’naviy etuklik talab qilinishini e’tiborga olgan holda, qonun nikoh yoshini 
erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilangan. 
Uzrli sabablar bulgan, alohida hollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga bir 
yoshga kamaytilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi ayol 
homilador bo‘lib qolishi, bir taraf og‘ir kasal bo‘lgan yoki harakatdagi armiyaga 
ketayotgani va boshqa Shunga o‘xshash hollar kiradi. Bunda nikoh davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga 
kamaytirishi mumkin. 
Nikoh, nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi. 
Nikohni tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda yetish qobiliyatiga 
ega bo‘lishi kerak. Agar shaxs o‘z hatti-harakatlari oqibatni tushunmaydigan holda 
(qattiq mastlik, ruhiy holatining vaqtincha buzilishi) yoki aldov oqibatda nikohdan 
o‘tgan bo‘lsa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi. 
Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan taqiqlanadi. Ayolni o‘z erkiga xilof 
ravishda erga tegishga majbur qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 
136-moddasiga ko‘ra jazolanadi. 
Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatlar: pasport, 
harbiy bilet, ofitser, praporshikning shaxsiy guvohnomasi, nikohlanuvchilarning biri 
ilgari nikohda bo‘lgan bo‘lsa, nikohdan ajralganlikni tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma 
yoki sud qarori), nikohni haqiqiy emas deb topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori, er-
xotindan birining o‘limi to‘g‘risidagi guvohnoma ko‘rsatilishi kerak. 
Nikoh nikohlanuvchilarning xohishiga ko‘ra tantanali ravishda qayd etilishi 
mumkin. 
Bu oila tuzilishi va yaratilishining huquqiy jihatlari. Axloq nazariyasi nuqtai 
nazaridan oilaning asosi bo‘lmish nikoh – ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga 
zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan 
ko‘rinishi. Sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘lishini hisobga olinadigan 
bo‘lsa, nikohni ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga 
moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin.
33
O‘zbek oilasining 
dunyodagi boshqa oilalarga o‘xshash tomoni ko‘p, shu bilan birga o‘ziga xos jihatlari 
bor. Xalqimizning: "Nikoh eng avvalo Arshi a’loda o‘qiladi, keyin esa yerda" degan 
naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari bo‘yicha nikoh 
ilohiy ahd, oila muqaddasdir. "Xotinlaringiz ziroatgohingizdir" deyiladi Qur’oni 
33
Qarang Abdulla Sher. Axloqshunoslik. O‘zbekiston milliy faylasuflari jamiyati. – Toshket, 2010. 294-b. 


147 
karimning Baqara surasi 223-oyatida. Oila qurishdan asosiy maqsad farzand 
ko‘rishdir. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish