Amerika Qo‘shma Shtatlari.
Amerikada o‘z fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mumkin
qadar ochiqchasiga bildirish qabul qilingan. Amerikaliklar o‘zlari nima haqida
o‘ylasalar, hamisha Shuni gapiradilar.
Boshqa xalqlarda keng tarqalgan tildagi chuqur ma’no, mubolag‘a
amerikaliklarni to‘g‘ri fikrdan yanglishtiradi: ular har bir jumlani so‘zma so‘z qabul
qilishga, aniq ekanligiga ishonch hosil qilib, tushunmagan narsani qabul qilmaslikka
o‘rganib qolganlar.
Amerikaliklar uchun eng asosiysi bu individuallik va shaxs huquqidir. Shu bilan
birga, ularning xususiyatlaridan biri, bu to‘g‘ri so‘zlik va samimiylikdir.
Amerikaliklar sodda va qulay kiyinishni, o‘zaro oddiy va norasmiy muloqotni
hamda korxonalarda rahbar va ishchilar o‘rtasida demokratik munosabatda bo‘lishni
afzal ko‘radilar.
Amerikaliklar sog‘lom, harakatchan, o‘ziga ishongan, o‘zlashtiruvchan bo‘lib
ko‘rinishga harakat qiladilar.
131
Ular vaqtni tejab, punktuallikni qadrlaydilar. Kechga qolishga yo‘l qo‘yilmaydi,
kechga qolish hech bir narsa bilan oqlanmaydi. Muzokaralarda ular tezda asl
maqsadga o‘tadilar va rasmiyatchilikka vaqt ketkazishni yoqtirmaydilar. Muzokaralar
qisqa fursatli, yuzma-yuz olib boriladi va professionalizm va maqsad sari intilishlarga
qaratilgan bo‘ladi.
Yaponiya.
Yaponiya har doim o‘zining an’anaviy yapon xushfe’lligi va
xushmuomaligi bilan tanilgan. Yaponiyada yoshu qari past ovozda gaplashadi.
Yaponlarda birmuncha issiqlik bo‘lmasa-da, juda xushmuomala xalq hisoblanadilar.
Yaponlar uchun xushmuomalik va odob-axloq qoidalari deyarli muqaddas
hisoblanadi.
Yapon etiketi ma’nosini tushuntirish uning tamoyillaridan boshlanadi.
Yaponlarning oilaviy kutubxonasida boshqa adabiyotlar bilan birga etiket bo‘yicha
ko‘rgazmali kitoblar, xushfe’llilik qonunlarini o‘rganish uchun amaliy qo‘llanmalarni
uchratish mumkin. Idoralar va hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul
qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay darajada bilishini tekshiradilar. Yapon
etiketi insoning uyda, ko‘chada, ishda qanday tuta bilishi kerakligini belgilaydi.
Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni, bosh kiyimlardan qanday
foydalanishni bilishlari shart.
Yevropa etiketidan farqli o‘laroq, yapon etiketi qoidalari bo‘yicha zinadan
harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko‘tarilayotgan paytda
erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi orqada
bo‘lishi kerak.
Yaponlar xushmuomala va o‘zini qo‘lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun
boshqa dunyo xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o‘zlarining
an’analariga boshqalarning rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga
rioya qilganlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik bilan muomalada bo‘ladilar.
Yaponiyada bosh egib so‘rashish an’anasi hali ham keng tarqalgan bo‘lgani uchun
mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish tavsiya qilinadi.
Xitoy.
An’analarga alohida yondashish, tartib, o‘rnatilgan qoida va an’analarga
amal qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo‘lib qolgan. Hozirgi paytda
konfutsianlik shartlari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiy vertikal tizimi
ortda qoldi. Muomala qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim shartlari jamoat
ierarxiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda qat’iylik tusini yo‘qotdi. Ayollar erkaklar kabi
bir xil imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan birgalikda, kattalarga hurmat va milliy
madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg‘ulari saqlanib qoldi. Shuni yodda
tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati xushmuomalalikdir.
Xitoyda yoshi katta yoki notanishShaxslar bilan muomualada «siz», deb
muloqotda bo‘lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan
muloqotda bo‘lganda «sen», deb muomalada bo‘ladilar, bu, o‘z navbatida, rus yoki,
132
masalan fransuz kishilik olmoshiga to‘g‘ri keladigan to‘liq analog bo‘lib
hisoblanmaydi. Muloqotda Shaxs hurmat yuzasidan ikkinchi Shaxsga nisbatan
kishilik olmoshi o‘rniga — janob (xonim) va familiyasini qo‘shib murojaat qilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |