187
harakat qilishimiz lozim. Stulni ayollar uchun erkaklar surib, o‘tkazadilar. (Agar
erkak va ayol birga o‘tiradigan marosim bo‘lsa) stol atrofida mezbon ruxsati bilan
hamda ayollar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi. O‘zbek mentalitetida esa kattalar va
erkaklar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi.
Mehmondorchilik ustida biror bir kamchilik sezilib qolsa,
“ishda edim, qo‘lim
tegmadi”
degan bahonalar bilan o‘zini oqlash to‘g‘ri emas. Mehmon huzurida bolalar
sho‘xlik qilsa, ularga tanbeh bermaslik kerak, mehmonning izzat-nafsiga malol
kelishi mumkin. Bolalarni mehmon kelishidan oldin yoki boshqa xonaga olib chiqib
tartibga chaqirib qo‘yish kerak. Bolalar ham yoshligidan shu qoidaga amal qilishga
o‘rganadi.
Umuman, bolalarni kelgan mehmon bilan ko‘rishgandan so‘ng yumshoqlik bilan
chetlatilgani ma’qul, chunki yosh bola dasturxon atrofida o‘zini tutishni yaxshi
bilmaydi, sizni va mehmonni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yadi. Natijada shirin
suhbatga xalal yetadi, gurungning fayzi ketadi.
Mehmonni kuzatayotganda ostonada xayrlashish bilan chegaralanmaslik kerak.
Mehmonni yaxshiroq kutib ololmaganligi uchun uzr so‘ramaslik joiz. Bu takabburlik
alomati sanaladi. Mehmondan minnatdorchilik izhor yetishini kutib turmay uning
kelganligi uchun tashakkur bildirish lozim.
Yana shuni esda tutish kerakki, quyuq ovqat mehmonga chap tomondan, suyuq
ovqat va ichimliklar esa o‘ng tomondan taklif etiladi. Bo‘shagan idish – tovoq
mehmonning o‘ng tomonidan o‘ng qo‘l bilan yig‘ishtirilib, patnisga ustma-ust
taxlanadi, qoshiq, sanchqi va pichoqlar likopchalar yoniga sekingina qo‘yiladi. Bu
vaqtda mehmonlarning yordami talab qilinmaydi. Mehmonning yordami kerak bo‘lib
qolganda odob va hurmat doirasidan chetga chiqmaslik talab qilinadi.
Uy bekasi ovqatni avvalo, mehmonlarga tutadi, o‘ziga eng oxiri oladi.
Mehmonlarni barcha ovqatlardan tanovul qilib o‘tirishlari uchun uy bekasi
g‘amxo‘rlik qiladi. Bo‘shagan likopchalarni uy bekasi yig‘ishtirib oladi, uzoqda
o‘tirgan mehmonlar bo‘sh likopchalarni to uy bekasiga yetib kelguncha qo‘ldan-
qo‘lga uzatishi yoki shu oiladagi qizning qo‘liga berishi mumkin. Onasiga qizi va
o‘g‘li yordam berib, bo‘sh idishlarni oshxonaga olib chiqib kyetishlari mumkin.
Agar oldingizga olib kelingan ovqatni yyeyishni istamasangiz, uni olmasligingiz
mumkin, lekin bunga odob qoidasiga amal qilgan holda javob berish kerak bo‘ladi.
Ovqatni, taomlarni taklif yetish kerak, ammo majburan egizish yaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: