1. O‘simlik qoplami har xil o‘tlar, betaga va bug‘doyiqdan iborat bo‘lgan
tog‘ dasht mintaqasi (1300-2300m balandlikda);
2. O‘rmon mintaqasi. Bu mintaqa dengiz sathidan 2000-2100 metrdan
boshlanib, 2700-2800 metrgacha davom etadi. Bu yerda har xil o‘tlar va betagadan
tashqari, archa o‘sadi. Archa o‘rmonlari - Turkiston archasi (o‘rikarcha), yarim
sharsimon archa (sovurarcha) va Zarafshon archasi (qizilarcha) turlaridan iborat.
Archa o‘rmonlarining yoshi o‘rtacha 200 yil. O‘rmon mintaqasida archa
daraxtlaridan tashqari shilvi (uchqat), na’matak, irg‘iy, zirk va boshqa turli xil
butalar o‘sadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |