Vardanzi qo‘riqxonasi qadimgi Vardanzi shahri o‘rnida tabiiy va tarixiy
komplekslarni muhofaza qilish uchun tashkil etilgan. 20-yillarning oxirida bu
shaharni qum bosgan edi. 30-yillarda bu yerga saksovul ekilgan. Keyinchalik
saksovullar shu qadar o‘sib ketdiki, ular bugungi kunda butun bir o‘rmonni tashkil
qiladi. Saksovul o‘rmoni bu yer uchun harakterli bo‘lgan qumli cho‘l tabiiy
kompleksining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda bu qo‘riqxonada
tarixiy yodgorliklar muhofaza qilinadi. Qo‘riqxonaning asosiy vazifasi VIII-XVIII
asrlar tarixiy yodgorligi – qum bosib qolgan Vardanzi shahrini saqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |