Vazirlar mahkamasining 1992 yil 20-iyuldagi qarori asosida tashkil etilgan.
Tojikiston Milliy bog‘ini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi shundan iboratki:
noyob va xilma-xil landshaftlarni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini saqlash;
tog‘li yerlarni xo‘jalik va rekratsion o‘zlashtirishni tartibga solish; shu maydonda
Tojikiston Milliy bog‘i tabiatni bir butun muhofaza qilish hududi bo‘lib,
o‘zining maydoni bo‘yicha Markaziy Osiyoda tengi yo‘qdir. Maydoni 2,6 mln.
gektar (Tojikiston Respublikasining 18%) tashkil etib, tog‘ va juda baland tog‘lar
ekosistemalari (landshaftlari) spektrlariga ega, bog‘ hududi shu makroregion uchun
harakterli bo‘lgan hamma komplekslarni saqlash va barqaror rivojlantirishni
ta’minlash qobiliyatiga ega. O‘zining kelib chiqishi, geologik tuzilishi, joyning
relefi va iqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha milliy bog‘ hududiga uchta makro-region
kiradi. Pomir – bu, yuqori balandlikda joylashgan oblast bo‘lib, mutlaq balandligi
3700-5000 m joylashgan, berk cho‘kmali daryo vodiylari va balandligi 6000
metrga yetgan tog‘ tizmalaridan iborat. Daryo vodiylarining kengligi 10-15 km
yetib, ko‘pincha morena yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yerda muzlik va
o‘pirilma (qulab tushish) natijasida kelib chiqqan juda chiroyli ko‘llar ko‘p.
taamga ega. Pomirda keng bo‘ylab cho‘zilgan Oloyorti, Pshart, Janubiy va
Shimoliy Alichur, Bozar-Dara va boshqalar, shuningdek meridional joylashgan:
Zulmurat, Muzko‘l va Sariqol joylashgan. Bu yerda balandligi dengiz sathidan 5-6
ming m bo‘lgan cho‘qqilar ko‘pdir. Badaxshon boshqacha manzaraga ega. U
ko‘pincha tik kesib tushgan yon-bag‘irlari tog‘ tizmalaridan (Vang, Yozgilam,
Darvoz, Ravshan, Shugian) baland ko‘tarilgan g‘arb tomon oquvchi chuqur va tor
darali daryolar bilan kesilgan. Balandlik farqi tebranish (amplitudasi) bu yerda
5000 m yetadi. Daryolari ko‘pgina ostonalarga ega bo‘lib juda tez oqadi. Bu
shubhasiz suv sayyohlari uchun katta qiziqishga ega. Badaxshonning yuqori
qismida, 3330 m balandlikda, Pomirning gavhari (durdonasi) bo‘lgan Sarez ko‘li
yotibdi. Bu ko‘l kuchli yer qimirlash vaqtida tog‘ yon-bag‘irning qulab tushishi
natijasida 1911 y hosil bo‘lgan. Ko‘lning uzunligi 60 km, eng chuqur joyi 505 m
bo‘lib, suv zahirasi 17 km
3
.
Tojik milliy bog‘ining Shimoli-G‘arbiy mintaqasi, bu – Fanlar Akademiyasi,
Belsulin, Shimoliy Tonimas tizmalari bilan baland – tog‘ tugunidir. Bu yerda
mamlakatdagi eng baland cho‘qqilar joylashib, ular orasida eng balandi I.Somoni
7495 mm cho‘qqisidir. Muzliklar bir necha yuz kvadrat kilometrlarni qoplab
yotadi. Ular orasida uzunligi 72 km bo‘lgan Fedchenko muzligi ajralib turadi.
Tojik Milliy bog‘ida 2000 turdan ortiq o‘simliklar o‘sadi. Ulardan ko‘plari
endemik bo‘lib, Respublika Qizil Kitobiga kiritilgan. Milliy bog‘ning hayvonot
dunyosi ham o‘ziga xos noyobdir. Sut emizuvchilarning 16 turi uchraydi, ulardan
ayniqsa og‘irligi 250 kg yetadigan va uzunligi 180 sm yetadigan katta burama
shoxli Pomir arhari diqqatga sazovordir. Bog‘ning qoyali rayonlarida tog‘ takasi
galalari yashaydi. O‘sha joylarda esa ularni ovlovchi qor yo‘l barsi uchraydi. Tog‘
yon-bag‘irlari va vodiylarda yilning 8-oyi uyquda, faqat yozda faol hayot
kechiruvchi uzun quyruqli sug‘urlar to‘dasi joylashgan. Uzoq vaqtga qadar
Pomirning noyob tabiati va chiroyi dunyo jamoasi uchun yetib bo‘lmaydigan o‘lka
bo‘lib keldi. Tojik Milliy bog‘ining tashkil etilishi turizmni rivojlantirish va milliy
bog‘ning rekratsion imkoniyatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shimoli-G‘arbiy
Pomirda joylashgan va alpinistlarning qadimdan diqqatini jalb qilib kelayotgan
Ismoil Somoni (avvalgi Kommunizm cho‘qqisi), Lenin cho‘qqisi, Revolyutsiya
cho‘qqisi va boshqalarga chiqish uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Milliy bog‘
bo‘ylab o‘rtacha va oliy kategoriya murakkabligidagi bir qancha turistik
marshrutlar o‘tkazilgan. Bu marshrutlar ekologik turizm nuqtai nazaridan katta
o‘rganish (bilish) ahamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: