O`rta Osiyoni Arab xalifaligi tomonidan fath etilishi. Arab xalifaligi bosqiniga qarshi kurash



Download 31,7 Kb.
bet2/2
Sana09.09.2021
Hajmi31,7 Kb.
#169596
1   2
Bog'liq
6-Topshiriq

badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda, shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo‘ysunish” ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan.Muhammad(s.a.v)payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni “muslim”, ya’ni “itoatkorlar” deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g‘arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, uni Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvod” o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.Muhammad(s.a.v) payg‘ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson Yaratgan, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko‘ra og‘irlashib borgandan so‘ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo‘ldilar. Muhammad(s.a.v) ham o‘ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o‘zining eng yaqin do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha).
2-JAVOB

Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o`ljalarga ega bo`ldilar. O`lkalarni bosib olish chog`ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashiandi. Ko`pgina joylarda qurg`oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o`ljalar, Buxoro, Poykand va So`g`d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi.Arablar O`rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamrna shaharlaf aholi joylarida o`z qo`shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o'z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmroriligi aholi uchun og`ir yuk bo`lib qoldi.Arab qo`shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko`plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo`ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o`z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba'zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o`rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko`prik qurish, binolarni ta'mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo`shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta'minlab turishi kerak edi. Iqtisodiy hayotni O`z qo`llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig`i-hiroj (hosilning o`ndan bir yoki o`ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig`i ham qo`shildi. Arablar o`z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e'tibor berdilar. O`rta Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo`q qilindi. Uning o`rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so`g`d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo`q qilinib yuborildi."Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din Peshvolarini qirib lashlab, ularning kitob va qo`lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan edi. Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo`lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o`tishi bilan bu unutilib, faqat o`zlari uchun mos bо`lgan xotiralargina saqlanib qoldi", So`g`d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo`q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o`qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig`ini o`z vaqtida to`lamagan kishilar tutib olinib bo`yinlariga "qarzdor" deb taxtachalar osib qo`yilgan.Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi.Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi.

3-JAVOB

So‘g‘dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko‘rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So‘g‘ddagi qo‘zg‘olon umumxalq qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va e’tiborli vakillarni qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘lolmadi. Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so‘zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720-yilda So‘g‘d aholisi bosh ko‘taradi. Qo‘zg‘olonga Samarqand ixshidi G‘urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo‘zg‘olonini bostirishda o‘z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo‘zg‘olonchilar bilan olib borgan muzokaralar natijasida G‘urak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o‘tib ketadi. Qo‘zg‘olonchilardan bir qismi esa kurashni davom ettirishni lozim ko‘radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan boshqa hamma Sug‘d qo‘zg‘olonchilarini qirib tashladilar. Qo‘zg‘olonchilarga yordam bergan Xo‘jand ahli ham jazolandi. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 y.) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig‘i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ‘ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g‘aznaga kam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni qayta tiklaydi. O‘z siyosatini targ‘ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo‘natadi. Xiroj solig‘i zodagonlardan ham, kambag‘allardan ham zo‘rlab undirila boshlanadi.Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so‘g‘dliklar xiroj to‘lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o‘tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o‘sha yerning o‘zida uni va safdoshlarini zindonband etadilar.O‘zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg‘oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo‘lib, bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi qo‘zg‘olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta’limotiga ko‘ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo‘lishlari kerak edi.Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o‘z qo‘li ostida to‘pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi.Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo‘shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg‘usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo‘lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo‘shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurash boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo‘shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo‘zg‘olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi.
Download 31,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish