O’rta osiyoda va o’zbekistonda matematika reja



Download 19,09 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19,09 Kb.
#892401
Bog'liq
orta osiya ozb matem


O’RTA OSIYODA VA O’ZBEKISTONDA MATEMATIKA
REJA:
1.O’zbekistonda matematikaning rivojlanishida ayrim olimlarning olib brogan muhim ishlari. Qori Niyoziy.
2.T. A. Sarimsoqov, S. X. Sirojiddinovlar va boshqa matematik olimlarning roli cheksiz ahamiyati.
3.O’zbekiston istiqlolga erishgandan so’ng matematika fani rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar.

O’zbekistonda matematika rivoji. O’zbekistonda matematika fani rivojlanishi O`rta Osiyo davlat universitetining ochilishi bilan bevosita bog’liq, milliy mutaxassislarning yetishib chiqishida bu maskanni tashkil etishga yordamga kelgan rus matematiklari o’z hissalarini qo’shdilar. Bular orasida Vsevolod Ivanovich Romonovskiy (1879-1954)ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bilan shug’ullanib, bu soha bo’yicha Markov zanjirlarni tekshirishda analitik va algebraik usullarini qo’lladi. Shu bilan birga Toshkentda ehtimollar nazariyasi va matematik statistikasi bo’yicha maktab yaratilishiga asos soldi. O’z shogirdlari bilan matematikaning statistik tatbiqlariga doir ishlarini e’lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining matematika instituti uni nomi bilan ataladi.
Respublikamizda matematikaning rivojlanishida birinchi o’zbek matematiklaridan Niyozovich Qori Niyoziy (1896-1970) muhim ishlarni amalga oshirdi. O’zbek matematika atamashunosligining shakllanishiga katta hissa qo’shdi. O’zbek tilida matematika bo’yicha o’quv qo’llanmalari yozdi: «Matematik analizning asosiy kursi» va «Analitik geometriya asosiy kursi» (1937) kitoblaridir.
Endi V. I. Ramanovskiyning ikki shogirdi to’g’risida hikoya qilamiz. Haqiqatan, ular ikkalasi ham Farg’ona vodiysida tug’ilib o’sgan va o’zbek matematikasi rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan olimlardir. Bular Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) va Sa’di Hasanovich Sirojiddinov (1921-1989).
T. A. Sarimsoqov Orta Osiyo davlat universitetni 1936 yilda tugatib, 1942 yilda fizika-matematika fanlari doktori, professor darajalariga erishdi. ToshDU rektori bo’lib, 1943-45 va 1952-58 yillarda ishladi. 1946-52 yillarda O’zbekiston FA prezidenti va 1959 yildan ma’lum muddat oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri bo’lib ishladi. Keyingi yillarda ToshDU professori, matematika instituti professori lavozimida faoliyat ko’rsatib keldi. 75 yilligi munosabati bilan Mehnat qahramoni unviniga sazovor bo’ldi, 1943 yildan akademik, 1948 yilda Davlat mukofotiga, 1967 yilda (M. Ya. Antovskiy va V. G. Boltayanskiy bilan birgalikda) O’zbekiston Respublikasi Beruniy davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Asosiy ishlari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo’yicha. Markov zanjirlari va uning tatbiqlarini matemetik analiz masalalarini hal qilishda qo’lladi, V. I. Romanovskiyning tekshirishning matritsa usulini chekli, sanoqli va holatlarning uzluksiz to’plamiga ega bo’lgan Markov zanjirlariga qo’lladi. Topologiya bo’yicha yarim tartiblangan topologik xalqalar, Bul’ algebrasi va uning tatbiqlari bo’yicha ilmiy tatqiqotlar olib bordi. Topologik yarim maydonlarni materiklashtirish nazariyasini yaratdi. 1954 yilda uning «Markov jarayonlari nazariyasi asoslari» monografiyasi chop etilgan.
S. X. Sirojiddinov 1942 yilda O`rta Osiyo davlat universitetini tugatgan, 1953 yilda fizika- matematika fanlari doktori, 1956 yilda professor unvonlariga erishgan. 1954-56 yillarda MDU da, 1956 yilda ToshDU da, 1957-67 yillarda va 1983 yildan ToshDU rektori lavozimlarida ishladi. 1970-83 yillarda O’zbekiston Respublikasi FA vitserpezidenti bo’lib faoliyat ko’rsatdi. Funktsiyalar nazariyasi, ehtimollar nasariyasi va matematik statistika bo’yicha ilmiy ishlar olib brogan. Bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan Markov zanjirlari nazariyasiga katta hissa qo’shgan. Shuningdek, ehtimollar nazariyasining amaliy tatbiqlari bilan shug’ullangan. 1956 yildan O’zFA muxbir a’zosi, 1966 yildan esa haqiqiy a’zo bo’lib faoliyat ko’rsatgan. 1970 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, 1973 yilda Beruniy nomli Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
O’zbekistonda xususiy hosilali differentsial tenglamalar, taqribiy va sonli usullarni rivojlantirishda Mahmud Salohitdinov (23. 11. 1933 yilda tug’ilgan)ning ilmiy ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’p yillar davomida (1967-85 yillar) matematika instituti direktori, O’zbekiston Respublikasi FA prezidenti lavozimida faoliyat ko’rsatdi. 1974 yilda «Aralash-murakkab turdagi tenglamalar» monografiyasi bosilib chiqdi, bir nechta o’quv qo’llanmalari muallifi, ayniqsa, ozbek tilida yozilgan «Kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi» o’quv qo’llanmasi matematiklarni tarbiyalab yetishtirishda katta rol o’ynamoqda. 1974 yilda Beruniy davlat muhofotiga sazovor bo’lgan.
O’zbekistonda kibernetikani rivojlantirishda akademik Vosil Qobulovich Qobulov (1921 yil 5 sentyabrda tug’ilgan) ning xizmatlari ulkan. U 1966 yildan kibernetika institutida direktor bo’lib ishlagan, respublikada bu soha bo’yicha ilmiy kadrlarni yetishtirib chiqarishda muhim ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Asosiy ishlari hisoblash va amaliy matematika, mexanika masalalariga bag’ishlangan.
UzMU (TosDU)da ehtimollar nazariyasi va matematik statistika hamda optimal boshqarish va differentsial o’yinlar bo’yicha muhim ilmiy natijalarga erishgan Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938 yil 15 fevralda tug’ilgan) va No`mon Yunusovich Satimov o’zbek matematika fanini rivojlantirishda va sohalar bo’yicha milliy mutaxassislar yetishtirish bo’yicha samarali ishlarni amalga oshiribganlar.
70-yillardan so’ng o’zbek matematikasi rivojida bir qator yosh matematiklarning fanda erishgan yutuqlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bulardan biri Shavkat Orifjonovich Alimov (2. 03. 1945 yilda tug’ilgan), 1968 yilda MDU ni tugatgan, 1973 yilda fizika-matematika fanlari doktori, 1974 yilda professor unvonlariga erishdi. 1974-84 yillarda MDU da ishladi, 1984-85 yillarda ToshDu va matematika institutida, so’ngra esa 1985 yildan SamDU rektori, ToshDU rektori va respublika oily va o’rta maxsus ta’limi vaziri lavozimlarida ishladi. Asosiy ishlari operatorlar spectral nazariyasi va matematik fizikaning chegaraviy masalalariga bag’ishlangan. 1985 yilda Beruniy nomli davlat mukofatiga sazovor bo’lgan.
Samarqand davlat universiteti ham o’zbek matematika maktabining rivojlanishida va milliy matematiklarni tarbiyalab yetishtirishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Universitetda matematikadan ilmiy tatqiqotlarni rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi FA muxbir a’zosi Isaak Samoylovich Kukles (1905-1977) ning xizmatlari katta bo’ldi. U 1947 yildan SamDu da ishlay boshladi va Samaqandda differentsial tenglamalar sifat nazariyasi bo’yicha maktab yaratdi. U Samarqand matematika jamiyati tashkilotchisi va raisi edi. Hosirgi kunda mazkur universitetda akademik S.Laqayev, professorlar B.Xujayorov, A. Haydarov, A. Hotamov, S. Otaqulov, X. Xudoynazarov kabi matematika bo’yicha fan doktorlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Al-Xorazmiy vatani bo’lmish O’zbekistinda istiqlolga erishgandan so’ng maktab va oily o’quv yurtlarida matematika ta’limini rivojlantirish, fanni, jumladan matematika fanini rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalgam oshirilmoqda. Bu ishlarning mevasi o’laroq matematika fanini yuksaltirish uchun haqiqiy jonbozlik ko’rsatadigan, ulkan ilmiy natijalarga erishadigan atoqli matematiklarning etishib chiqishi turgan gap.
Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish