Oʻrta Osiyoda
milliy-hududiy
chegaralanish
Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
— mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston
xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida
amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning
yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan
Turkiston ASSR,
BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga
juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar,
turkmanlar, qoraqalpoqlar,
qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi
tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni
qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora
qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924-
yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi.
1924-yil fevral iyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar,
Turkiston, Buxoro, Xorazm
kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari
yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida
maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.
1924-yil 12iyunda RKP(b)MK Siyosiy byurosi Oʻ.Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy
chegaralanishh.ch. toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgach, 15-iyulda RKP(b)MK Oʻrta Osiyo
byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini
tashkil etdi. Hududiy komissiya tarkibiga F.Xoʻjayev, A.
Rahimboyev, S. Xoʻjanov, Q.Otaboyev,
R.Islomov, N.Aytoqov, yilAbdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D.Manjara, I.Mejlauk,
X.SaxatMuratov va boshqalar siyosiy arboblar kirgan edi.
1924-yil 16-sentabrda Turkiston ASSR ning navbatdan tashqari sessiyasi, 20-sentabrda Butun
Buxoro xalq vakillarining 5qurultoyi, 2-oktabrda Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi bu
masalani koʻrib chiqib, Oʻrta Osiyoning milliyhududiy chegaralanishi toʻgʻrisida qaror qabul
qildilar. Mazkur qarorlarda oʻzbek va turkman xalqlariga Oʻzbekiston SSR va Turkmaniston
SSR
tuzish huquqi, Turkiston ASSR ning qirgʻiz (aslida qozoq) viloyatlarini 1920-yilda tashkil
qilingan Qirgʻiziston ASSR (aslida Qozogʻiston ASSR) bilan birlashtirish maqsadida qirgʻiz
(aslida qozoq) xalqiga Turkiston ASSRdan chiqish huquqi, qora qirgʻiz (aslida qirgʻiz) xalqiga
Turkiston ASSRdan chiqish huquqi va Qora Qirgʻiz (aslida Qirgʻiz) avtonom oblastini tashkil
etish huquqi, tojik xalqiga ham Turkiston ASSRdan chiqib, Tojikiston avtonom oblastini tashkil
etish huquqi berilishi kerakligi taʼkidlandi.
RSFSR (Butun Rossiya) Markaziy Ijroiya Komitetining 2sessiyasi (1924-yil 14-oktabr) Oʻrta
Osiyodagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari oʻrnida Oʻzbekiston SSR (OʻzSSR)
va Turkmaniston SSR, shuningdek, Tojikiston ASSR (Oʻz SSRtarkibida), Qoraqalpoq va
QoraQirgʻiz (Qirgʻiz) avtonom oblastlari tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma
qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston
SSR sovetlarining
taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktabrda tashkil qilingan
Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR
tuzilishini boshqarib bordi.
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining
1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "[[
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini
tashkil
etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul
qilingan (1925-yil 13-may). OʻzSSR tarkibida 1929-yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan
(yana q. [[
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
).
Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925-yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR
tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932-yil RSFSR tarkibiga, 1936-
yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi (yana q.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
).
Oʻrta Osiyo xalqlari uchun bu chegaralanish va tashkil etilgan yangi "milliy davlatchilik"
ularning bundan keyingi taraqqiyotiga yangi nozik farqlarni olib kirdi.
Oʻzbekiston SSRning tuzilishi "oʻzbek xalqining milliy davlatchiligi tashkil qilindi", degan fikrni
anglatmaydi. SSSR tarkibidagi OʻzSSR amalda hech qanday suverenitet va mustaqillikka ega
emas edi. OʻzSSR tashkil etilayotgan
vaqtlardayoq uning oldiga, asosan, Markazning
manfaatlariga xizmat qilish, SSSRning markaziy r-nlariga xom ashyo yetishtirib berish kabi
vazifalar qoʻyilgan edi. SSSR inqirozga yuz tutgan va parchalangan paytgacha bu vazifalar oʻz
kuchini yoʻqotmadi.
Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavysimosti, T., 2000;
Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000;
Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001;
Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917—1924-yil), T, 2002.
Raʼno
Rajapova, Qahramon Rajabov.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=O%CA%B
Brta_Osiyoda_milliy-hududiy_chegaralanish&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot